Marketing mix Bajardi: Sultonov Muhriddin Toshkent 2016 Reja


Xizmatlar uchun marketing -miks



Yüklə 379,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix06.04.2023
ölçüsü379,12 Kb.
#94121
1   2   3   4   5   6
111739 (1)

 
 Xizmatlar uchun marketing -miks
Xizmat turi qanday bo'lishidan qat'i nazar sifat uchun ma'lum bir standartlar 
o'rnatilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Shuningdek, xodimlar vakolatini 
kengaytirish ham xizmatning tez va qulay bo'lishini ta'minlaydi. Masalan, bank 
xodimi biror chekda xato borligini ko'rgan taqdirda mijozni qayta yozishga majbur 
qilmasdan, menejerdan ruxsat so'rab yurmasdan o'zi chekni tuzatishga vakolati 
bo'lsa, bu xizmatdan qoniqish yanada yuqori bo'ladi. 
Yuqori sifatli xizmat o'nta asosiy tamoyilga tayanadi: 
• Hech qachon «bu mening ishim emas» demaslik kerak; 
• Xizmatni yuqori sifatli qilish mijozning vazifasi emas;
• Kompaniya siyosati va ish usuli mijozlar uchun noqulaylik tug'dirmasligi kerak; 
• Hech kachon mijozni dardini va muammosini bir necha marta va bir necha 
kishilarga aytishga majbur etmaslik kerak; 
• Mijozni o'z yaqin kishisidek hurmat qilish zarur; 
• Mijozning quvonchi sizning quvonchingiz bo'lishi kerak; 
• Xizmatchining shaxsiy ishi o'z ishiga to'sqinlik qilmasligi zarur; 
• Mijozlarga nisbatan yomon munosabat albatta o'z natijasini ko'rsatadi; 
• Ko'p mijozlar yomon xizmatli joyga qaytib kelmaydi. Ular hech qachon siz bilan 
urishmaydi, sizga baqirmaydi va noroziligini aytmasligi qam mumkin, oddiygina 
umuman sizga qaytib kelmaydi, vassalom; 
• Yomon xizmat sabali mijozni yo'qotsangiz, buning sababini bilish hech qachon 
sizga nasib etmaydi. 
Xizmatga narx belgilash. Xizmatlar narxi xarajatlar va foydani qamrab oladi. 
Xizmatlar nomoddiy bo'lganligi uchun mijoz uning tarkibida nima borligi va nima 


uchun to'layotganligidan to'liq xabardor bo'lishi kerak. Ko'p holatlarda xizmatlar 
uning narxi asosida tavsiflanadi, ya'ni narx asosiy farq qiluvchi va belgilovchi omil 
sifatida ishlatiladi.
Xizmatlar uchun taqsimot kanali. Ishlab chiqarish va iste'mol ajralmas bo'lganligi 
uchun xizmatlarni etkazib berish qulay joylashish o'rnini tanlashga asoslanadi. 
Shuningdek, ko'p xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar franchayzing tizimidan keng 
foydalanadi. Franchayzing shartnomasi asosida firmalar asosiy firma markasidan 
va vositalaridan foydalanganlari uchun foydaning bir qismidan to'lab turadilar.
Kommunikasiya. Xizmatlarni sotib olishdan oldin baholab bo'lmasligi uchun 
reklama va pablisiti muhim ahamiyatga ega. Reklama qilganda ham nomoddiy 
xususiyatlarni ma'lum bir mezonlar asosida baholab, tushuntirib berish kerak 
bo'ladi. Kommunikasiya orqali bu xizmat iste'molchiga qanday ta'sir qilishni 
etkazish muhim ahamiyatga ega. 
Mavzuning qisqacha mohiyati 
Xizmat ko'rsatuvchilarning ko'pchiligi marketing tamoyillaridan to'liq 
foydalanmayaptilar. Buning sababi marketingli fikrlashning cheklanganligi, 
raqobatning cheklanganligi, boshqaruvning zaifligi, eskirishning yo'qligi, xizmatlar 
taqsimot kanalining uzgarmasligi bo'lishi mumkin. Mahsulotlardan farq qilib, 
xizmatlar quyidagi xususiyatlarga egadir: nomoddiylik, ajralmaslik, mijoz 
ishtiroki, sifat o'zgaruvchanligi, nobud bo'lish, o'ziga xos taqsimot kanali, mijozlar 
bilan yaqin munosabat. Foydalaniladigan vositalarga qarab xizmatlar ikki turga 
bo'linadi: jonsiz ashyolarga asoslangan va insonlarga asoslangan. Tashkilotlar 
turiga qarab xizmatlar quyidagicha bo'linadi: biznes korxonalari xizmatlari, davlat 
xizmatlari va notijorat tashkilotlari xizmatlari. Mijozlar turiga qarab xizmatlar ikki 
turda bo'lishi mumkin: pirovard iste'molchiga yo'naltirilgan xizmatlar va biznes 
tashkilotlariga yo'naltirilgan xizmatlar. Mahsulotlarga moddiy xususiyatlari 
asosida baho berilsa, xizmatlar esa quyidagi nomoddiy omillar asosida baholanadi: 
ma'lumot manbalari, baholash va tajriba. Xizmatlar har bir mijoz talabiga mos 
ravishda turlicha shaklda bo'lishi mumkin. Xizmatni standartlashtirish juda ham 
qiyin. Xizmatlar narxi xizmat ko'rsatish uchun ketgan xarajatlar va foydani qamrab 
oladi. Ishlab chiqarish va iste'mol ajralmas bo'lganligi uchun xizmatlarni etkazib 
berish qulay joylashish o'rnini tanlashga asoslanadi. Xizmatlarni sotib olishdan 
oldin baholab bo'lmasligi uchun reklama va pablisiti muhim ahamiyatga ega. 
 

Yüklə 379,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin