O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Mavzu : Marketing mix
Bajardi:Sultonov Muhriddin
Toshkent 2016
Reja:
1.Kirish.
2.Asosiy qism.
1)Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi…
2)Marketing-miksning moxiyati va elementlari…
3) Xizmatlar uchun marketing -miks
3.Xulosa.
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
.
Kirish.
Bozor sharoitlari va uning o`ziga xos xususiyatlarini, undagi raqiblar
salohiyatiyu, raqobat usullarini, muayyan tovar va xizmatlarga bo`lgan talab va u
erda mavjud bo`lgan taklifni puxta va atroflicha o`rganish tovar ishlab
chiqaruvchilar va xizmat ko`rsatuvchilar uchun yutuq va barqarorlik garovidir.
Ana shu aytib o`tilgan ishlarni amalga oshirish hozirgi
zamon tilida marketing deb yuritiladi. Bozor
mexanizmining asosiy elementlari (tovarlar taklifi,
xaridorlar talabi, narx-navo) bir-biri bilan shu qadar uzviy
bog`liqki, ularni o`rganmay turib, bozordagi jarayonlarni
to`g`ri tushunib etish anchagina mushkul ishdir. Shuning
uchun xo`jalik amaliyotining chalkashliklari, uning siru
asrorlarini bilmoq uchun har qanday tadbirkor, birinchidan,
maxsus bilimlarga ega bo`lmog`i va, ikkinchidan, marketing tadqiqotlarini o`tkazib
turmog`i lozim.Marketing faoliyati tijorat ishlarida xavf-xatarni kamaytirish,
mavjud sharoitu vaziyatlarni eng maqbulini tanlab olish, ishlab chiqarish va
sotuvning yuqori foyda berib turishini ta`minlash va xaridorlar uchun to`g`ri
keladigan baholarni belgilashga yordam beradi. Marketingning asosiy tamoyillari
bozorni bilish, bozorga moslashish va bozorga ta`sir o`tkazishdan iboratdir.
Bozorni bilish deganda, iste`molchilarni har tomonlama o`rganish, ularning
did va istaklarini bilish ko`zda tutiladi. Demak, bozorga moslashish muayyan
talabni qondiradigan mahsulotlarnigina ishlab chiqarmoqni bildiradi. Nima ishlab
chiqarilgan bo`lsa, shuni sotmaslik, balki bozortalab mollarnigina ishlab
chiqarmoq zarur. Bozorga ta`sir o`tkazish talabni shakllantirish demakdir, ya`ni
tovarni yaratish bilan iste`molchini ham “yaratmoq” lozim.
Marketingning umumiy tamoyillari va vazifalariga qarab faoliyatning aniq
yo`nalishlari va mazmuni belgilanadi. Ularning orasida eng muhimlari: bozorni
atroflicha o`rganish, mahsulot turlarini rejalashtirish, mahsulot sifatini qiyomiga
etkazish, tovar reklamasini tashkil qilish, uning eng maqbul bahosini belgilash
hamda savdosini tashkil etishdir.
Dostları ilə paylaş: |