uchun to'layotganligidan to'liq xabardor bo'lishi kerak. Ko'p holatlarda
xizmatlar
uning narxi asosida tavsiflanadi, ya'ni narx asosiy farq qiluvchi va belgilovchi omil
sifatida ishlatiladi.
Xizmatlar uchun taqsimot kanali. Ishlab chiqarish va iste'mol ajralmas bo'lganligi
uchun xizmatlarni etkazib berish qulay joylashish o'rnini tanlashga asoslanadi.
Shuningdek, ko'p xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar
franchayzing tizimidan keng
foydalanadi. Franchayzing shartnomasi asosida firmalar asosiy firma markasidan
va vositalaridan foydalanganlari uchun foydaning bir qismidan to'lab turadilar.
Kommunikasiya. Xizmatlarni sotib olishdan oldin baholab bo'lmasligi uchun
reklama va pablisiti muhim ahamiyatga ega. Reklama qilganda ham nomoddiy
xususiyatlarni ma'lum bir
mezonlar asosida baholab, tushuntirib berish kerak
bo'ladi. Kommunikasiya orqali bu xizmat iste'molchiga qanday ta'sir qilishni
etkazish muhim ahamiyatga ega.
Mavzuning qisqacha mohiyati
Xizmat ko'rsatuvchilarning ko'pchiligi marketing tamoyillaridan to'liq
foydalanmayaptilar. Buning sababi marketingli fikrlashning cheklanganligi,
raqobatning cheklanganligi, boshqaruvning zaifligi, eskirishning yo'qligi, xizmatlar
taqsimot kanalining uzgarmasligi bo'lishi mumkin. Mahsulotlardan farq qilib,
xizmatlar quyidagi xususiyatlarga egadir: nomoddiylik, ajralmaslik, mijoz
ishtiroki, sifat o'zgaruvchanligi, nobud bo'lish, o'ziga xos taqsimot kanali, mijozlar
bilan yaqin munosabat. Foydalaniladigan vositalarga qarab xizmatlar ikki turga
bo'linadi: jonsiz ashyolarga asoslangan va insonlarga asoslangan. Tashkilotlar
turiga qarab xizmatlar quyidagicha bo'linadi: biznes korxonalari xizmatlari, davlat
xizmatlari va notijorat tashkilotlari xizmatlari. Mijozlar
turiga qarab xizmatlar ikki
turda bo'lishi mumkin: pirovard iste'molchiga yo'naltirilgan xizmatlar va biznes
tashkilotlariga yo'naltirilgan xizmatlar. Mahsulotlarga moddiy xususiyatlari
asosida
baho berilsa, xizmatlar esa quyidagi nomoddiy omillar asosida baholanadi:
ma'lumot manbalari, baholash va tajriba. Xizmatlar har bir mijoz talabiga mos
ravishda turlicha shaklda bo'lishi mumkin. Xizmatni standartlashtirish juda ham
qiyin. Xizmatlar narxi xizmat ko'rsatish uchun ketgan xarajatlar va foydani qamrab
oladi. Ishlab chiqarish va iste'mol ajralmas bo'lganligi uchun xizmatlarni etkazib
berish qulay joylashish o'rnini tanlashga asoslanadi. Xizmatlarni sotib
olishdan
oldin baholab bo'lmasligi uchun reklama va pablisiti muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: