Marketing psixologiyasi. Reja: Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy fenemon sifatida


Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə9/13
tarix19.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7-bob. Tadbirkorlik va marketing psixologiyasi

Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki iste’molchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi iste’moli ko’p bo’lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining ko’pligi bilan emas, balki bu tovar massalarning qanchalik darajada iste’molchilarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste’mollarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste’molchilarning talabining qondirilish darajasini o’rganish to hozirgi kungacha muammoligacha qolmoqda.
Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish.Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligi maksimal ta’minlash va iste’molchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi is’molchining talabiga to’liq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak.
Iste’molchi xulqi – iste’molchilar bo’lmish, uy xo’jaliklari va shaxslarning shaxsiy iste’moli maqsadi yo’lidagi xulq atvori hisoblanadi. Ushbu barcha iste’molchilar iste’molchi bozorini tashkil etadi. Amerika iste’molchi bozori, yiliga 14 trillion AQSh dollariga teng keluvchi hizmatlar va tovarlarni iste’mol qiluvchi 313 million kishidan tashkil topgan bo’lib, ushbu omil uni dunyodagi eng jozibador iste’molchi bozorlaridan biri bo’lishiga asosiy sabab bo’lmoqda.
Iste’molchilar dunyo bo’ylab yoshi, daromadi, ta’lim darajasi va didi orqali keskin farq qiladi va shu sababdan ular turli xil ko’rinishdagi hizmat va mahsulotlarni xarid qilishadi. Ushbu turli iste’molchilarni nima birlashtirishi hamda ularning turli xil mahsulot, hizmatlar ichida iste’mol qarorlariga qanday omillar iste’mol qilishini o’zgartirishiga quyida ko’rib chiqamiz.
Iste’molchilar har kuni turli xil iste’mol qilishlari uchun o’z qarorlarini qabul qilishga to’g’ri keladi va eng so’nggi iste’mol qarorini anglab yetish marketologlarning eng asosiy maqsadi hisoblanadi. Ko’p yirik kompaniyalar iste’molchilarni nima sotib olishi, qayerda sotib olishi, qachon sotib olishi, qanday miqdorda va nima uchun sotib olishlarini o’rganish maqsadida batafsil marketing tadqiqotlarini olib borishadi. Zero, iste’molchi qarorini anglab yetish unchalik ham oson ish emas, ba’zan iste’molchilarning o’zlari ham qarorlariga aynan nima ta’sir qilishini o’zlari ham tushuntirib bera olishmaydi. 5

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin