Marketing psixologiyasi. Reja: Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy fenemon sifatida


Markrting psixologiyasida reklamaning mohiyati



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə11/13
tarix19.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
7-bob. Tadbirkorlik va marketing psixologiyasi

7.4.Markrting psixologiyasida reklamaning mohiyati.



Reklama faoliyatining kelib chiqish tarixi qadimga borib taqaladi. Eng qadim davrlarda kurash tushuvchi polvonlarni davrada va boshqa joylarda ularning janglari haqida jar solib gapirganlar. Reklama ingliz tilidan olingan bo‘lib, “qichqirmoq” ma’nosini anglatadi. Reklama faoliyati insoniyat tarixida oldi-berdi jarayonlarining boshlanishi bilan tarkib topgan desak noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak.Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi bu tamg‘a bo‘lgan, sotuvchilar ularni o‘z tovarlariga bosganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi va savdogarlar tovar sifatini tekshira turib, tamg‘a qo‘yganlar.
Reklama AQSHda eng katta ravnaqqa erishdi. Benejamin Franklin Amerika reklamasining otasi hisoblanadi. U 1728-yilda Amerika ro‘znomalari orasida eng katta nusxa va eng ko‘p hajmdagi reklama e’lonlariga erishdi. Hozirgi vaqtgacha reklama faoliyatining rivojlanishiga bir necha omillar ta’sir qildi, bularga:

  • birinchidan, sanoat ishlab chiqarish jarayonida qo‘l mehnatidan foydalanish tugatildi, buning natijasida tovarlar bozorda ko‘payishiga olib keldi;

  • ikkinchidan, suv yo‘llari, shosse va oddiy yo‘llar chorrahalarning yaratilishi natijasida tovarlar va reklama vositalarining boshqa joylarga yetkazish imkoniyati yaratildi;

  • uchinchidan, mamlakat miqyosida kiritilgan majburiy boshlang‘ich ta’lim savodxonlik darajasini oshirdi, ro‘znomalar va jurnallar chiqarishning o‘sishiga yordam berdi. Radioning keyingi paytda, televideniyening kashf etilishi reklama faoliyatida kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi.

Reklama – reklama beruvchi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarning har xil matnlarini, u foydalangan tahlil yoki boshqa vositalardan qat’i nazar, shu jumladan, bosma, nashr qilish yo‘li bilan, efirga uzatish yo‘li bilan iste’molchilarni ommaviy o‘rganish, foydalanish yoki yetkazish maqsadida uchinchi shaxslarga nisbatan reklama beruvchi to‘g‘risida uning tovarlari, ularning xususiyat, ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa holatlar to‘g‘risida, shu maqsadlarning reklama beruvchi uning tovarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirishga yoki ushlab turishga xizmat qiluvchi, bozorda ularni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan harakatga aytiladi.
Shubhasiz, inson hayoti davomida xarid qiladigan tovar va xizmatlar turlari vaqt o’tishi bilan o’zgarib boradi. Ovqat, kiyim-kechak, jihozlar tanlashdagi didi hayoti davomida shakllanadi. Hayot bosqichi ham xarid xulqiga ta’sir etishi mumkin. Hayot bosqichidagi o’zgarishlar-demografiya,hayot o’zgatiruvchi voqea-hodisalar bo’mish: oila qurish, ajrashish, bola ko’rish, uy sotib olish, farzandlarining maktabni bitirishi, shaxsiy daromadidagi o’zgarishlar, bir uydan boshqa uyga ko’chishi va nafaqaga chiqishi kabilar natijasidir. Marketologlar ko’pincha o’zlariga kerak bo’lgan hayot bosqichini tanlashadi va shu bosqichga to’g’ri keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga moslashadi.
115-rasm

Xaridor qaroriga uning yoshi, kasbi, iqtisodiy holati, yashash tarzi, shaxsiyati, o’zini anglashi kabi shaxsiy faktorlar ta’sir qiladi.





Misol uchun “Axioms Personix” kompaniyasi Amerika fuqarolari hayot bosqichlariga qarab ularni 70 ta iste’molchi segmentiga va 21 ta hayot bosqichiga bo’lgan holda guruhlarga ajratadi. “Axioms Personix”kompaniyasi hayot bosqichiga qarab guruhlarni, boshlang’ich, qabul qiluvchilar, pul va karyera, oila, o’tish davri, oltin davr kabi nomlar bilan nomlab chiqqan. Qabul qiluvchilar guruhi o’z ichiga yosh, serg’ayrat, ijtimoiy hayotda faol sport bilan shug’ullanuvchi insonlarni olsa, o’tish davri kam daromadlilikdan barqarorlik, daromadli hayotga o’tayotgan, oila qurishni ko’zlayotgan insonlarni o’z ichiga kiritadi.10
Marketing faoliyati davomida asosiy iste’molchilar talablarini batafsil va to‘la o‘rganishni, ushbu talabni qondirish, sotishning jarayonini o‘stirish va tadbirkorlik faoliyatida umumiy samaradorligini oshirish maqsadida talabni shakllantirish va rag‘batlantirishni hal qilishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqsadga, birinchi navbatda, kommunikatsion siyosat deb nomlangan tizim javob beradi, reklama uning tarkibiga bozorga ta’sir qiluvchi kompleks choralar sifatida kiradi.
Har bir insonning shaxsiyati uning his tuyg’ulariga, xaridor xulqiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Shaxsiyat bu insonni farqlantiruvchi ruxiy xususiyatdir. Shaxsiyat ko’pincha o’ziga ishonch, kirishimlilik, ko’nikuv-chanlik kabi insonlarning o’ziga xos husuiyatlarini o’z ichiga oladi. Shaxsiyatni o’rganish insonlarning turli xil mahsulot va brendlarga bo’lgan qarashi, iste’molchi xuqlini o’rganishda foydali bo’lishi mumkin.
Asosiy fikr shuki, brendlar ham o’zida shaxsiyatni aks ettiradi va shuning uchun iste’molchilar o’z shaxsiyatiga to’g’ri keluvchi brendlarni tanlashga urinadi. Brend individualligi bu shaxs va brend o’ziga xos husuiyatlari jamlanmasidir. Bir tadqiqotchi, brend individualligining besh turi mavjudligini aniqlagan bo’lib, ular Samimiylik (haqiqatgo’y, xush-chaqchaq), ruxlanish(jasur, matonatli), qobiliyat (ishonchlilik, donolik va muvaffaqiyatlilik), nafslilik (o’ziga jalb etuvchi), bardoshlilik kabilarni o’z ichiga oladi.Sizning shaxsiyatingiz nimani iste’mol qilishingiz, qanday ko’rsatuvlarni ko’rishingiz va qanday qarorlarni qabul qilishingizga ta’sir o’tkazadi.
Ko’p mashhur brendlar ayni bir xususiyat, masalan Ford kompaniyasi “mustahkamlik”, Washington Post kompaniyasi “qobiliyat”, Metod kompaniyasi “samimiylik”, Gucci kompaniyasi “nafislik” bilan bog’lanadi. Jumladan, ushbu brendlar shu xususiyat-larga ega bo’lgan haridorlarni ko’proq o’ziga jalb etadi.11
Reklamaning muhim elementlaridan - sotishni rag‘batlantirish vositasi, servis siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqa ruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin