Marketing psixologiyasi. Reja: Tadbirkorlik psixologiyasi ijtimoiy-iqtisodiy fenemon sifatida


Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə4/13
tarix19.04.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#100608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
7-bob. Tadbirkorlik va marketing psixologiyasi

Tadbirkor rahbarning odamlarga munosabati:

  • o’z va’dasi, so’zining ustidan chiqishi;

  • odamlarni bir-biridan ajratmasligi – hammaga bab-baravar munosabatda bo’lishi;

  • o’z qo’l ostidagilarga va boshqalarga tavozeda bo’lishi va o’zini tuta bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi;

  • odamlarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo’lishi.

  • Tadbirkor rahbarning o’z-o’ziga talabchanligi:

  • o’z hatti harakatlarini tanqidiy baholay olishi;

  • o’z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;

  • boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil etib, ulardan tegishli xulosa chiqarishi.

Rahbar o’zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy, ma’naviy va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:

  • nutq va tafakkur sifatlari – kuchli xotira, doimiy diqqatning barqarorligi, sog’lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi, muammo moxiyatini tez anglab olish, ijodiylik, fikrni og’zaki va yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.

  • xarakter sifatlari – maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik, ishonch, o’zini tuta bilish, o’zi va boshqalargi nisbatan talabchanlik, tavakkal qilish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham o’zini yo’qotmaslik, xazil-mutoyiba tuyg’usi.

  • xis-tuyg’u sifatlari – xis-tuyg’ularning turg’unligi,aniqligi, ifodaliligi, kuchli xayajonli holatlarda to’g’ri harakatlar qilish qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar kayfiyatini, xis-tuyg’ularini hisobga olish, o’z xis-xayajonlarini va kayfiyatlarini boshqara olish.

  • hulq-atvor sifatlari – yanada yaxshilashga intilish va uni himoya etish, odamlar bilan munosabatda samimiylik, halollik.

Tadbirkor rahbar mehnat jamoalarining uyushishi, jipslashishi va rivojlanishining ruhiy-psixologik jarayonlari bosqichlarini ham hisobga olishi kerak.

  1. Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi. Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi.

  2. Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa har bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, o’zining bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbar etadi. Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo’lishi mumkin. Tadbirkor rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish, mehnatga munosabatini o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish bilan qo’shib olib boradi.

  3. Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qoloqlar», «ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqishlari va ehtiyojlari jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.

  4. Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa xis-tuyg’ulari bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqishlari va intilishlarini jamoa xayoti bilan bog’laydi.

Atrofdagilarga ishoni ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi. Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.
Bunda tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo’ladi.
3-rasm



Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, shijoatli bo’lib, ishchi-xizmatchilarning fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, demokratik usulda ish ko’radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat bilan ko’rsatkichni e’tibordan chetda qoldirmaydi.

Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. O’zining qobiliyatiga ob’ektiv baho bera oladi. Kadrlarni tanlashda, ish jarayonida tanish-bilishchilikka emas, asl mutaxassislarga suyanadi.


Haridorlarning kasbi ham ularning qanday tovar va xizmatlarni iste’mol qilishi, xaridiga ta’sir qiladi.
Masalan boshqaruvchilar ko’proq jiddiy, sipo kiyimlarni kiysa, konchilar esa g’adir-budur kiyimlarda yurishadi. Marketologlar ma’lum bir kasbiy guruhning u yoki bu mahsulotga nisbatan o’rtachadan-yuqori qiziqishi bor bo’lsa, shuni zudlik bilan aniqlashga intilishadi. Korxona xattoki ma’lum bir kasbiy guruh uchungina mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tishi mumkin.2
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo’l ostidagilar bilan muloqot-muomalada ham ziddiyatli holatlar ro’y berishi mumkin. Bunga rahbarning yoki xodimning kalondimog’ligi, muomala madaniyatining pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo’rsligi, qo’polligi, tundligi va boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi, maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi ruhiy psixologik ziddiyatlar kelib chiqishga sabab:

  • mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;

  • shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;

  • jamoa a’zosining o’ziga xosligidir.

Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, taxlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega.
Agar rahbar har bir ziddiyatli xodisaga holisona, do’stona, samimiy munosabatda bo’lsa, masala to’g’ri echimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o’zini tutishi, bosiq bo’lishi, uzoqni ko’zlashi, murosa-madora qilishi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat qilishi yaxshi natija beradi.

Ilmiy izlanishlari asosida, amerikalik psixolog J.Rotter insonlarni o’z xulq-atvorlari va ularga aloqador voqealar ustidan nazorat omillarida ustuvorlikka ega bo’lish bo’yicha ayrim mulohazalarini bayon etgan.


Fikrimizcha, tadbirkorlar tashqi lokus nazoratga (eksternal) ega bo’lishlari bilanoq faoliyatlarida tashqi vaziyatlar orqali sodir bo’ladigan asosiy voqeliklar (tashqi sharoitning yaxshiligini, boshqa tadbirkorlarning ta’siri, ta’sodifiy vaziyatlar)ni anglab yetadilar. Tadbirkorlarning ichki lokus nazoratga ega bo’lishi esa, aksincha, o’ziga tegishli hodisalarni yuqori darajada nazorat qilishga xizmat qilib, o’z navbatida u muvaffaqiyatga erishish kabi mag’lubiyatdan qochish motivasiyalarining ta’siri doirasida mas’uliyatni qabul qilishga moyilligini aniqlashda qo’l keladi.
Bu borada olib borilgan qator ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning natijasi, yutuqqa erishish motivasiyasi bilan internallik aloqasini ijobiy ekanligini tasdiqlaydi. Ma’lumotlarning asoslanganligi professional-notadbirkorlikka nisbatan yuqori internallik darajasi bilan tavsiflanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin