Marketing uning vazifalari va turlari


O‘z firmasining yashirin imkoniyatlarini tadqiq etish



Yüklə 145,13 Kb.
səhifə7/8
tarix01.06.2023
ölçüsü145,13 Kb.
#121671
1   2   3   4   5   6   7   8
MARKETING UNING VAZIFALARI VA TURLARI

4. O‘z firmasining yashirin imkoniyatlarini tadqiq etish:
· firmaning xo‘jalik faoliyati yakunlarini tahlil qilish; moliyaviy ahvolni baholash, firmaning infrastrukturasi, bevosita kapital qo‘yilmalar hajmi va joylari to‘g‘risida ma’lumotlar, iqtisodiy va ilmiy tadqiqot quvvatini baholash;
· firma mahsulotlarining raqobatbardoshligini tahlil etish;
· firmaning raqobatbardoshligini tahlil qilish, firmaning raqobat imkoniyatlarini baholash.
5. Reklamani tadqiq etish tartibi:
· reklama tarqatish vositalarining samaradorligi va qiyosiy qiymatini tahlil etish;
· iste’molchining javob harakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni tahlil etish;
· reklama murojaati, reklama dizayni, tasviri va uni tayyorlash ishlarini o‘rganish;
· reklama ishini tashkil etishni o‘rganish;
6. Mo‘ljallarni tahlil etish.
7. Tashqi marketingni tadqiq etish.
Yuqorida keltirilgan ro‘yxat to‘liqlikka aslo da’vo qilmaydi, faqat umumiy ma’noda tadqiqot faoliyati uchun chegaralarni bir qadar oydinlashtiradi, holos. Yuqorida sanab o‘tilgan har bir guruh doirasida aniq tadqiqot tadbirlari bajariladi, ularning soni va ko‘lami esa qo‘yilgan muammoning muhimligi bilan belgilanadi.
Marketing amaliyotida eng ko‘p tarqalgan ayrim tadqiqot turlarini ko‘rib o‘tamiz.
Talabni o‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tadqiq etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo‘linadi:
1. Bozor segmentatsiyasi.
2. Iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish.
3. Qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
Tahlil usullari bankka marketing tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy uslublarini, mahsulot bo‘yicha hamda korxona bo‘yicha ishlab chiqilgan marketing dasturi, axborotni tahlil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi. Ular tanlab olingan ma’lumotlar bilan ularning statistik jihatdan ishonchli bo‘lishi o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishni, asosiy o‘zgarishlarni aniqlash, bu o‘zgarishlarning kamayishi yoki ko‘payishi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga ko‘rsatadigan ta’sirini belgilash, shuningdek ulardan har birining boshqarish tarkibidagi muhimlik darajasini oydinlashtirishga imkon beradi.
Andoza modellar banki - marketingning matematik modellari to‘plami bo‘lib, shartli tarzda mavjud bo‘lgan tizim, jarayon yoki natija deb qabul qilinadigan o‘zaro bog‘liq o‘zgaruvchan miqdorlar majmuyidan iborat. Andoza modellar javob olishni osonlashtiradi. Keyingi yigirma yil davomida chet el marketingida sohalari uzluksiz holda yangilanib, to‘ldirib turiladigan juda ko‘p, xilma-xil modellar yaratildi. Andoza modellardan foydalanish harakat strategiyasiga oid juda ko‘p yechimlarni olish, tang ahvoldan chiqish yo‘llarini topish, bozorni segmentlash, narx o‘sishi, yangi tovarlarning sotilishini bashorat qilish, reklama kompleksini tuzish kabi imkoniyatlarni beradi.
Yordamchi tizimlar - marketing tadqiqotlari va marketing tahlili - yagona marketing axboroti tizimining eng murakkab tarkibiy qismi hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotimiz sharoitida ularni tashkil etish nuqtayi nazaridan bu fikrni dadilroq aytmoq lozim. Respublikamizdagi korxonalar xo‘jalik faoliyati tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning birontasida ham to‘liq shakllangan marketing tadqiqotlari va tahlili kompleksi yo‘q. Bozorni o‘rganish reklamaning ayrim tarkibiy qismlari hali xaridorga ma’lum bo‘lmagan yangi mahsulot ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan joylarda paydo bo‘lmoqda. Ochiq oydin ko‘rinmaydigan marketing tadqiqotlari ishlab chiqarish, savdo xodimlari, konstruktorlar, loyihachilar tomonidan mustaqil tarzda boshlandi. Tijorat - axborot markazlari, marketing, konsalting xizmatlari soni o‘sib bormoqda. Ular tayyorlagan materiallar qimmatligi hamda sifatining talabga javob bermasligi bilan ajralib turadi. Ammo hozir bizning iqtisodiyotimiz uchun mustaqil axborot xizmatlarini rivojlantirish, ularning faoliyatini tartibga solish, sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish eng muhim masalalardan biridir. Respublikada axborot xizmatlari uyushmasini tashkil etish har qanday tashkilot ishining malaka va mahorat darajasini kafolatlashi mumkin.
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga chet el firma va kompaniyalari katta mablag‘lar sarflaydi. Masalan, AQSHda yillik sotish hajmi 25 mln. dollar bo‘lgan kompaniyalar o‘z marketing budjetlarining 3.5 foizga yaqinini marketing tadqiqotlariga sarflaydi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish vositalari yetkazib beruvchi korxonalarga nisbatan bu sohaga ko‘proq, mablag‘ sarflaydilar.
Bozor bir qarashda oddiy bir tizimini tashkil etsa-da, haqiqatda esa bunday emas. Chunki uning barcha unsurlari doim harakatda bo‘ladi. Shuning uchun bozorda yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar, unda vujudga kelgan mutanosibliklarni o‘rganmasdan turib bozorda ish yuritish mumkin emas.
Kompaniya yoki firma (korxona) bozorni o‘zlashtirishdan oldin, albatta kompleks tadqiqotlar o‘tkazadi va unga albatta katta mablag‘ sarflaydi. Kerakli izlanishlarni o‘tkazmasdan tavakkal qilish yaramaydi. Bozor raqobati sharoitida tijorat tavakkalchiligi juda yuqori va qimmatlidir. Korxona marketing xizmati bo‘limlarida tovar yoki xizmatni bozorga kiritish, unga bo‘lgan talab va iste’mol darajasi, ishlab chiqarish va sotish sharoitlari to‘g‘risida juda katta miqdordagi axborot to‘planadi va tahlil qilinadi.
Marketing xizmati tomonidan qanchalik katta miqdordagi murakkab axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish lozimligini tushunish uchun, mahsulot iste’mol xususiyatlarini tadqiq qilish texnologiyasini ko‘rib chiqish kerak.
Avvalambor, yangi mahsulotlarni yaratib olmoq lozim. Keyin yangi tovarga xaridorlarning munosabatini o‘rganish lozim. Ya’ni, tovarning foydalanishi sifati qanchalik darajada iste’molchi talabiga javob berishi aniqlanadi. Bunday tekshirish faqatgina o‘z mahsuloti ustidangina emas, shu bilan birga raqobatchi firma mahsuloti yuzasidan ham amalga oshiriladi. Xaridorning mahsulot ta’mi, xidi, rangi, o‘lchami, fasoni, mustahkamligi, foydalanishdagi qulayligi va boshqa iste’mol xususiyatlariga bo‘lgan munosabati maxsus ishlab chiqilgan metodika asosida tahlil qilinadi. Bir vaqtning o‘zida mahsulotning markasiga, nomiga va uning imidjiga bo‘lgan psixologik munosabat tadqiq qilinadi va nihoyat, qadoqlash xususiyati, konstruksiyasi, tashqi ko‘rinishi bilan kishini jalb qilishi, qayta foydalanish imkoniyatlari baholanadi.
Bularning barchasi hali bozorga chiqarilayotgan tovarning marketing konsepsiyasini yaratish uchun yetarli axborotni bermaydi.
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. Faqatgina shartli ravishdagina ularni marketing tadqiqotlarining asosi deb qabul qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi:
· bozorga kiritilayotgan yoki unda mavjud bo‘lgan mahsulotning mumkin bo‘lgan sotish miqdori;
· tovarning iste’mol xususiyatidagi va boshqa xarakteristikalarining o‘zgarishi tendensiyasi;
· yoshi, jinsi, xududiy, ijtimoiy, oilasidagi kishilar soni, o‘zini tutishi, daromad darajasi bo‘yicha iste’molchilar guruhini aniqlash;
· assortimentni rejalashtirishda, sotish va reklamani tashkil qilishda xaridorlarning istagini aniqlash;
· mahsulotning sotilishi miqdori, uning umumbozor sig‘imidagi ulushi (hududlar va segmentlar bo‘yicha ham);
Ko‘rinib turibdiki, bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar miqdori katta va turli xarakterga ega. Shuning uchun bozorni tadqiq qilishda turli bilim sohalarining mutaxassislari qatnashadilar va bu tadqiqotlar ancha qimmatga tushadi, lekin firmalar bozorni iloji boricha tezroq o‘zlashtirish maqsadida xarajatlardan qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo‘lishini oldini olish uchun qarshi choralar ko‘radilar. Shuning uchun tadqiqotlar jarayoni, ayniqsa, uning natijalari firma tomonidan sir saqlanadi. Bozorni tadqiq qilish natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilinganidan so‘ng tovarni sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, firmaning bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘zgarishidir.
Iste’mol tovarlarini bozorga kiritishdagi marketing dasturining asosiy mo‘ljali, aholining talabi, didi va xarid qobiliyati hisoblanadi. Mana shular asosida bozor tadqiqotining asosiy unsurlari aniqlanadi. Iste’molchilarning talabi to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash usullari va manbalari rang-barangdir, qayta ishlash, uzatish va saqlash obyekti bo‘luvchi ma’lumotlar - axborot bo‘lib hisoblanadi. Talabni o‘rganishda barcha ma’lumotlar ham axborot bo‘lib hisoblanmaydi. Faqatgina boshqarish darajasida qarorlar qabul qilishda ishlatiladigan ma’lumotlargina axborot hisoblanadi. Axborot haqqoniy, to‘liq, uzluksiz, aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi lozim. Haqqoniylik talabiga javob berish uchun to‘plangan axborot, jarayonlar rivojini to‘g‘ri aks ettirishni va aloqalarning birlamchi va ichki mohiyatini ocha olishi kerak. Masalan, aholi talabini o‘zgarishini xarakterlovchi katta tovar zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hali axborot bo‘lib hisoblanmaydi. Sotib olish miqdori, savdo korxonalarida u tovarga talabni hisobga olib jamg‘arilganligini bilish zarur. Bundan tashqari axborot uzluksiz, o‘z vaqtida va yetarli miqdordagi obyektlardan bo‘lishi kerak.
Axborotlarning foydalanishiga ma’qulligi qabul qilinayotgan qarorlar xarakteriga bog‘liq. Masalan, ma’lum tovarga talabning oshishi aniq. Savdo korxonasi bu tovarni ko‘proq olishga qaror qilishi mumkin. Ammo, bundan oldin sotib olish miqdorini qanchagacha oshishini aniqlash lozim. Bunda esa tovar zaxiralari aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi asosida ishlab chiqiladi.
Aholi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar manbayi maxsus aholining ro‘yxatta olish materiallari hisoblanadi. Savdo statistikasi mamlakat, alohida xududlar, alohida shaharlar va shahar tipidagi qo‘rg‘onlar, qishloq joylarda ta’minlangan talab miqdori to‘g‘risida davlat va kooperativ savdo tashkilotlarida alohida tovar guruhlari va umumiy tovarlarning sotilishi zaxiralari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichlar asosida mamlakat, alohida shahar va qishloq joylari uchun o‘rtacha bir kishiga to‘g‘ri keladigan savdo oboroti hisoblanadi. Iste’molchilar talabi to‘g‘risidagi axborotlar manbayi - statistik hisobotlar, oila byudjeti statistikasi ma’lumotlari, talabni o‘rganish maqsadida savdo va sanoat korxonalari tomonidan o‘tkazilgan maxsus kuzatishlar natijasi, savdo va sanoat korxonalarining buxgalteriya va operativ ma’lumotlari hisoblanadi. Aholi talabini shakllantirish jarayonini o‘rganishda tovar ishlab chiqarishni, aholining daromadi, aholining soni va tarkibi, jamg‘armalarni xarakterlovchi statistik hisobotlar talab qilinadi. Talabni istiqbollashda sanoat statistikasi hisobotlaridan, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning darajasi va sur’ati natural ko‘rsatkichlari tanlanadi.
Daromadlarni xarakterlovchi eng muhim ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar: aholi daromadi, shu jumladan, ishchi va xizmatchilarning ish haqlari, jamoa xo‘jaliklari mehnatkashlari mehnat haqi, nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar, shaxsiy xo‘jaliklardan olinadigan daromadlar, ishchi va xizmatchilarning oylik ish haqlari darajasi bo‘yicha taqsimlanishi hisoblanadi.
Iste’molchilar talabi to‘g‘risidagi axborotlarning muhim manbayi savdodagi buxgalteriya va operativ hisobining ma’lumotlaridir (masalan, ulgurji savdo ko‘rsatkichlari, ichki guruhli assortimentlar bo‘yicha tovarlarning kelib tushishi va zaxiralarini o‘z ichiga oluvchi ulgurji bozordagi tovarlar harakatining miqdoriy va summaviy hisobi). Iste’molchilar to‘g‘risidagi axborotlarning maxsus manbalaridan birortasi to‘liq va ishonchli tushuncha bermaydi. Shuning uchun barcha ma’lumotlardan kompleks foydalanish va maxsus kuzatishlar materiallari bilan to‘ldirilishi lozim. Maxsus tuzatishlar o‘tkazish katta xarajatlar talab qilsa-da, hali ularning ishonchliligi yuqori emas. Shuning uchun mutaxassislar axborotlarni boshqa manbalardan olish mumkin bo‘lgan hollardagina kuzatishlar olib boradilar. Talabni o‘rganishda asosiysi yig‘ilgan ma’lumotlar miqdori emas, balki talab rivojlanishi tendensiyasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlarni qamrab olish hisoblanadi.
Foydalaniladigan axborotlar tartibi, uni olish usullari hamda o‘tkazish usullari jihatidan marketing tadqiqotlarini bir necha turga bo‘lish mumkin.
«Kabinet» tadqiqotlari ikkilamchi ma’lumotlar to‘plash maqsadida rasmiy bosma axborot manbalari asosida amalga oshiriladi. Bunday ishlar mavjud axborotni tartibga solish, keyingi marketing tadqiqotlariga zarur bo‘ladigan ma’lumotlar doirasini aniqlashda foydalaniladi, umumxo‘jalik konyunkturasi holati va ayrim bozorlar taraqqiyot yo‘nalishlari, ayrim mamlakatlardagi iqtisodiyot ahvoli, o‘rganiladigan masalalar bo‘yicha statistik ma’lumotlar to‘g‘risida umumiy tasavvurlar beradi. Ichki firma materiallari hisobotlar hukumat muassasalari materiallari tashkilotlar savdo uyushmalari nashrlari, jurnallari, tashkilot tadqiqotlari dokladlari axborot manbalari bo‘lib xizmat qiladi. «Kabinet» tadqiqotlari qimmatga tushmaydi va qiziqtirgan masalalar bo‘yicha qisqa muddatda javob olish imkonini beradi.
«Dala» tadqiqotlari bozorni o‘z joyida o‘rganishdan iborat bo‘lib, eng murakkab va qimmatga tushadigan, ammo to‘liq axborot olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Birinchi navbatda bu usulning afzalligi bevosita bozorning talablari, savdo tartib-qoidalari, sotish usullari, narx va boshqa shartlar bilan har tomonlama tanishish imkonini berishdadir. «Dala» tajribalarida boshlang‘ich axborotlar olinadi va tartibga solinadi, bu ma’lumotlar qimmatga tushadi, lekin xaridorlarning firma mahsulotlariga bo‘lgan talab va istaklarini aniq rivojlantirishga hamda rahbariyat tomonidan bozorda narx, tovarni sotish, reklama va boshqalar bo‘yicha faoliyat olib borish yo‘nalishlarini ishlab chiqishda tadqiqot xulosalarini e’tiborga olishga imkoniyat beradi.
«Sinama sotish» usullari bozor haqida zarur ma’lumotlar yo‘qligida, shuningdek firmaning bozorni har tomonlama o‘rganishga vaqti bo‘lmaganda tadqiq etilayotgan bozor uchun yangi va noyob tovarlarni sotishda qo‘llaniladi. Bunday savdoda firma zarar ko‘rish xatariga yo‘l qo‘yadi, ammo bu usul muvaffaqiyat qozonganda yoki yutqazgan taqdirda ham mahsulotning bozorga kirib kelishi va marketing qulay dasturini belgilashga katta ta’sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos omillarni o‘rganishga imkon beradi.
Har qanday marketing tadqiqotlarni o‘tkazishda ikki asosiy axborot manbayidan, dastlabki hamda ikkilamchi ma’lumotlardan foydalaniladi.
Dastlabki ma’lumotlarni kuzatish tajriba va tanlab tekshirish usullaridan biri yordamida yoki ularni uyg‘unlashtirgan holda to‘plash mumkin. Eng oddiy usul-kuzatishdir, ba’zida tadqiqotchi o‘rganilayotgan omil bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni bevosita kuzatib boradi. Masalan, savdo binolarini oqilona rejalashtirish maqsadlarida magazinda xaridorlar oqimini kuzatish. Tajriba tadqiqotlar jami o‘zgaruvchanliklarni tashkil etuvchi bir xil qiymatli bir xil guruhlarni, hozir o‘rganilayotgan guruhni mustasno etganda qiyoslash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Tanlab kuzatishda keng omma munosabatini belgilaydigan iste’molchilar guruhlarini («iste’molchi paneli») o‘rganish natijasida olinadigan axborotdan juda keng foydalaniladi. «Iste’molchilar paneli» deganda odatda ko‘p marta tadqiqotlar uchun maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmuyi tushuniladi. Bunday tadqiqotlar muntazam davriylikda odatda bir predmet doirasida o‘tkaziladi. «Iste’molchilar panelini» o‘rganishdan asosiy maqsad xaridorlar qilgan xaridlar to‘g‘risida axborot olishdir. Shunday qilib iste’mol miqdori va tuzilmasini aniqlash, yangi mahsulotlarni sinash, turli davriy nashrlarning radio va televizion eshittirish va ko‘rsatuvlarining ommaviyligi, reklama vositalarini qo‘llashning samaradorligi va boshqalarni aniqlash mumkin bo‘ladi. «Iste’molchilar paneli»ning bozorni tadqiq etishdagi eng muhim ijobiy tomonlaridan biri shundaki, u qanday tovarlar xarid qilinayotganini yozma, og‘zaki yoki texnika vositalari bilan qayd etish bilan chegaralanmaydi, balki ayni paytda xarid bilan bog‘liq holda iste’molchining uy xo‘jaligi, odatlari haqida ham axborot beradi. Bu esa iste’molni ijtimoiy-iqtisodiy struktura nuqtayi nazaridan, shuningdek, xaridorlarning niyat va istaklarini chuqurroq bilishga imkoniyat tug‘diradi.
Ikkilamchi manbalar-tadqiqotchi qo‘l ostidagi hamisha birinchi navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardir. Ularga quyidagi bosma nashrlar kiradi:
· davriy matbuot-gazetalar, jurnallar, axborotnomalar;
· maxsus nashrlar-monografiyalar, bozorlar sharxi, savdo palatalari va ishbilarmonlar uyushmalari, bank, firma, reklama agentliklari nashrlari;
· davlat tashkilotlarining tashqi savdo va boshqa masalalar bo‘yicha hukumat ko‘rsatmalari va qonunlari e’lon qilinadigan to‘plamlari;
· statistik ma’lumotlar;
· yirik brokerlik firma axborotlari;
· telegraf agentliklari axborotnomalari.
Matbuot axborotlaridan foydalanish ko‘p hollarda o‘rganilayotgan bozor haqida faqat umumiy tasavvur beradi. Aniq qiziqtirgan savollarga javob olish uchun hukumat muassasalari savdo palatalari, firmaga mansub bo‘lgan uyushma, xususiy axborot agentliklari va ilmiy tadqiqot firmalarining maxsus ma’lumotnomalaridan foydalaniladi.
Rossiyaning har bir rezidentini iste'molchi deb atash mumkin. Rus tilini bilmaydigan kishi ham iste'molchi hisoblanadi, shundan keyingina u spozhivach (ukrain), iste'molchi ("iste'molchi", inglizcha) yoki verbraucher (avstriyalik nemis) yoki konsument (nemis) yoki boshqa narsa deb ataladi. Har safar biror narsani iste'mol qilganimizda, biz o'zimiz uchun sezilmaydigan ijtimoiy-iqtisodiy muhitga ta'sir qilamiz. Iste'mol qilish orqali biz sotuvchilarga ta'sir qilamiz. Sotuvchilar sotuv aktini tuzib, bu bilan distribyutorlarga ta'sir ko'rsatadilar, ular o'z navbatida ishlab chiqaruvchilarga va xom ashyo etkazib beruvchilarga ta'sir qiladi. Har safar bunday sezilmaydigan iste'mol harakati o'sib borayotgan ta'sir to'lqinlariga olib keladi, bu esa iqtisodiy sub'ektlar sonining ko'payishiga olib keladi. uzluksiz jarayon… Totalitar sotsializm yoki monarxiya sharoitida bu jarayon yuqoridan qat'iy tartibga solinadi. Liberal (yoki bizning holatimizda "bir oz liberalroq") iqtisodiyotda bu jarayon "bozor tomonidan boshqariladi". Jarayonning har bir ishtirokchisining alternativi bor - nima iste'mol qilish kerak. Kamida ikkita taklifdan birini tanlashda biz ba'zi mezonlarga amal qilishimiz kerak. Ko'pincha bu juda aniq mezonlar, masalan, narx. Ba'zan ularni tushunish qiyinroq bo'ladi (masalan, brend afzalligi), boshqa paytlarda ba'zi bir chuqur ehtiyojlarni qondirish zarurati bo'lishi mumkin (masalan, boshqa odamlar ustidan hokimiyatni his qilishning qondirilmagan ehtiyoji sport avtomobilini sotib olishga olib kelishi mumkin). Bozorda o'zini yaxshi his qilish uchun, amerikacha tarzda nomlangan xulq-atvor qoidalari ixtiro qilindi marketing. Bunday qoidalar (yaqinroq o'rganib chiqqach, unchalik oddiy emas) har qanday ruxsat beradi Rossiya kompaniyasi Procter & Gamble kabi global gigantlar bilan raqobatlashing. Ha, ular marketing bo'limining etakchi mutaxassislarini birlashtirdilar. Ha, ular yaxshi to'laydilar ish haqi. Lekin hamma narsa unchalik achinarli emas, chunki "marketing" degan so'z bor. Marketing bozor o'yiniga qo'llanma. Marketingni o'zlashtirgan har bir kishi, agar xalqaro yirtqich hayvonlarni mag'lub etmasa, hech bo'lmaganda o'z pirogidan bir parcha tortib olishi mumkin. Shunga qaramay, bizning maqsadimiz sizga marketing usullarini o'rgatish emas, balki sizga shunday muhim masalada yordam berishdir bozor tadqiqoti, uning natijalari marketing faoliyati uchun axborot bazasi hisoblanadi. Ushbu xizmat haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish uchun siz bizning call-markazimizning xizmatlar bo'limiga o'tishingiz mumkin -.
Bozor tadqiqoti Muvaffaqiyatga intilayotgan har qanday kompaniya uchun marketing tadqiqotlari marketing faoliyatining har qanday tsiklining boshlanishi va mantiqiy yakuni bo'lib xizmat qiladi. Bozor tadqiqotlari muhim marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni sezilarli darajada kamaytiradi, bu sizga biznesning yangi cho'qqilariga erishish uchun iqtisodiy salohiyatni samarali taqsimlash imkonini beradi! Marketing tadqiqotlari, tashqi va ichki muhit va har qanday korxona uchun uning muntazam monitoringi strategiyaning muhim elementi hisoblanadi muvaffaqiyatli rivojlanish sharoitlarda bozor iqtisodiyoti. Tadqiqotning roli shakllanmagan bozor segmenti sharoitida yoki yangi biznesning noaniqligi bilan bir necha bor ortadi. Qanday qaror qabul qilsangiz, bozorga to'liq taklif qiling Yangi mahsulot yoki mavjud bilan chiqish yangi bozor, siz bozorga muvaffaqiyatli kirish uchun bozor sharoitlari va boshqa zarur komponentlar haqida ma'lumot etishmasligi muammosiga duch kelasiz. Bozor sizning mahsulotingizga muhtojmi va agar kerak bo'lsa, qaysi hajmda? Ehtimol, siz bozor haqida ma'lum bir tasavvurga egasiz. Lekin, ehtimol, bu to'g'ri strategiyani tanlash uchun etarli emas. Aynan shunday vaziyatda bizning mutaxassislarimiz bozorni batafsil o'rganishga va raqobatbardosh marketing konsepsiyasini ishlab chiqishga yordam beradi. Birinchi qadam sifatida quyidagi vazifalarni birgalikda va alohida hal qilish imkonini beradigan zarur: Haqiqiy va aniqlang potentsial quvvat bozor. Bozor sig‘imini o‘rganish ushbu bozorda o‘z imkoniyat va istiqbollaringizni to‘g‘ri baholashga hamda asossiz xavf va yo‘qotishlardan qochishga yordam beradi; Bozor ulushingizni hisoblang yoki taxmin qiling. Ulanish allaqachon haqiqatdir va kelajakdagi rejalarni shakllantirish, keyin uni kelajakda oshirish mumkin.

Xulosa
Marketing amaliyotida eng ko‘p tarqalgan ayrim tadqiqot turlarini ko‘rib o‘tamiz.
Talabni o‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tadqiq etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo‘linadi:
1. Bozor segmentatsiyasi.
2. Iste’molchi talabi sabablarini o‘rganish.
3. Qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash.
Tahlil usullari bankka marketing tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy uslublarini, mahsulot bo‘yicha hamda korxona bo‘yicha ishlab chiqilgan marketing dasturi, axborotni tahlil etishning zamonaviy usullarini o‘z ichiga oladi. Ular tanlab olingan ma’lumotlar bilan ularning statistik jihatdan ishonchli bo‘lishi o‘rtasida o‘zaro bog‘lanishni, asosiy o‘zgarishlarni aniqlash, bu o‘zgarishlarning kamayishi yoki ko‘payishi, mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga ko‘rsatadigan ta’sirini belgilash, shuningdek ulardan har birining boshqarish tarkibidagi muhimlik darajasini oydinlashtirishga imkon beradi.


Yüklə 145,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin