M atnda ostiga chizilgan so‘zlarga e’tibor bering. Ularni o‘zi bog‘lanayotgan so‘zlar bilan ko‘chirib yozing. (Bog‘lanayotgan so‘z oldin yoki keyin kelgan bo‘lishi mumkin)
Marketologning asosiy vazifasi tovarlar va xizmatlar bozoridagi talab va taklifni o‘rganish, tahlil qilishdir. Keyin u kompaniyaning rivojlanish strategiyasini shakllantiradi. Asosiy maqsad – iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish. Shuning uchun marketologning asosiy vazifasi ehtiyojlarni o‘rganish va aniqlashdir. Va shundan keyingina siz xaridorning turli xususiyatlariga eng mos keladigan mahsulotni yaratishingiz mumkin. Agar siz marketolog sifatida ishlamoqchi bo‘lsangiz, funksional majburiyatlarni bilishingiz kerak: taklif etilayotgan tovarlar narxlarini kuzatish, raqobatbardoshligini tahlil qilish; potentsial raqobatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish va keyingi tahlil qilish; tahliliy hisobotlarni tayyorlash; muayyan turdagi mahsulotni sotish bozorini (yoki bozor segmentini) o‘rganish; turli hududlar va aholi guruhlarining xarid qobiliyatini tahlil qilish; media-rejalashtirish, reklama kompaniyalarini ishlab chiqish; sotish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Namuna:
Marketologning vazifasi Asosiy
Marketologning vazifasi
Asosiy vazifasi
Ikki yoki undan ortiq so‘zlarning mazmunan va shaklan tobe birikuvi natijasida hosil bo‘lgan bog‘lanish so‘z birikmasi deyiladi.
Y uqorida ajratgan so‘z birikmalaringizni quyidagi tartibda jadvalga joylang:
Qaratqich kelishigi vositasida (-ning) bog‘langan birikmalar.
Boshqa kelishiklar yoki yordamchi so‘zlar vositasida bog‘langan birikmalar.
Hech qanday vositasiz (ohang yordamida) bog‘langan birikmalar