A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
Kichik davrlarda qaysi elementlar joylashgan?
faqat metallar;
faqat s- va p-elementlar;
faqat asosiy guruh elementlari;
ham asosiy, ham qo‘shimcha guruh elementlari.
2 va 3 B) faqat 2
C) 2, 3, 4 D) barchasi
Karbonat angidrid va suv molekulalarida valent burchak qiymati qanday bo‘ladi?
A) 180º va 107º B) 180º va 105º C) 120º va 107º D) 120º va 105º
Hajmi 4 litr bo‘lgan reaktorda 8 mol modda 20 sekunddan keyin 2 molgacha kamaygan bo‘lsa, reaksiyaning o‘rtacha tezligini (M·s-1) hisoblang.
A) 0,025 B) 0,075 C) 0,1 D) 0,3
X2Y4(g) → 2XY2(g) reaksiya uchun 2,4 mol X2Y4 gazi olindi. Muvozanat qaror topganda ekvimolyar nisbatdagi moddalar aralashmasi olingan bo‘lsa, sistemaning muvozanat konstan- tasini (mol/l) hisoblang (V = 2 litr).
A) 0,4 B) 0,8 C) 1,6 D) 2,4
40 ml eritma (d = 1,2 g·ml-1) bug‘latilganda 12 g sof tuz kristallari qoldi. Boshlang‘ich eritma foiz konsentratsiyasini hisoblang.
A) 25% B) 20% C) 15% D) 10%
20% li eritmaning titri 80 mg/cm3, molyarligi 2 mol/dm3 bo‘lsa, eritmaning molyalligini (mol/kg) hisoblang.
A) 6,25 B) 3,75 C) 2,5 D) 1,25
Noma’lum tuzning 50ºC da to‘yingan 208 g eritmasi 40ºC gacha sovutilganda, 8 g tuz cho‘kmaga tushdi. Agar tuzning 50ºC dagi eruvchanlik koeffitsiyenti 30 ekanligi ma’lum bo‘lsa, shu tuzning 40°С dagi eruvchanlik koeffitsiyentini hisoblang.
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
Natriy gidroksid eritmasi quyidagi modda- larning qaysi bilan reaksiyaga kirishadi?
A) mis (II) sulfat B) kalsiy karbonat
C) temir (II) sulfid D)
bariy nitrat
500 ml bariy gidroksid (c = 0,03 mol·l-1) eritmasining pOH qiymatini 1 ga teng qilish uchun qancha (ml) suv bug‘lanishi kerak?
A) 100 B) 150 C) 200 D) 300
Qaysi tuzning gidrolizi natijasida muhit kislotali bo‘ladi?
A) kaliy sulfit B) aluminiy sulfid
C) natriy xlorid D) rux sulfat
KCrO2 + Br2 + KOH → K2Cr2O7 + KBr + H2O reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig‘indisini hisoblang.
A) 18 B) 19 C) 20 D) 21
Mis va aluminiydan iborat 10 g aralashma mo‘l miqdordagi xlorid kislota eritmasida erishi natijasida 6,72 litr (n.sh.) gaz ajralgan bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi misning massa ulushini hisoblang.
A) 19% B) 32% C) 46% D) 64%
0,5 mol bariy bromid saqlagan eritmani elektroliz qilish uchun 2 F tok sarflangan bo‘lsa, ushbu jarayonda sarflangan suv miqdorini (mol) hisoblang.
A) 0,5 B) 0,75 C) 1,0 D) 1,5
Oktanning yonish tenglamasida kislorod atomlarining necha foizi uglerodga bog‘lanadi? A) 32,5% B) 36% C) 62,5% D) 64%
Metilsiklogeksan olish uchun necha xil digalogenli alkanga rux metali ta’sir qilinadi?
A) bir xil B) ikki xil
C) uch xil D) to‘rt xil
Alkenning yonish reaksiya tenglamasi bo‘yicha uzilgan σ-bog‘lar soni π-bog‘lar sonidan ikki marta ko‘p bo‘lsa, alkenning brutto formulasini aniqlang.
A) C2
H4
B) C3
H6
C) C4
H8
D) C5
H10
Ekvimolyar nisbatda olingan etilen va asetilendan iborat aralashmaning 1/3 qismini to‘liq yondirish uchun 1,1 mol kislorod gazi sarflandi. Aralashmaning qolgan qismini to‘liq gidrogenlash uchun necha mol vodorod gazi sarflanadi?
A) 1,1 B) 1,2 C) 1,3 D) 1,4
C6H6 + 3H2 → C6H12 ushbu jarayonda nimalar o‘zgaradi?
uglerod atomlari oksidlanadi;
vodorod atomlari oksidlanadi;
uglerod atomlari qaytariladi;
vodorod atomlari qaytariladi.
A) 1, 3 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 3, 4
Glitserin molekulasida qanday kimyoviy bog‘lanish(lar) mavjud?
qutbsiz kovalent bog‘lanish;
donor – akseptor bog‘lanish;
metall bog‘lanish;
ion bog‘lanish;
vodorod bog‘lanish;
qutbli kovalent bog‘lanish. A) 1, 5, 6 B) 1 va 6
C) 2, 3, 4 D) faqat 6
Quyidagi aldegidlardan qaysi birining suvda eruvchanligi eng kam?
A) n-pentanal B) n-butanal
C) etanal D) propanal
Kraxmal sulfat kislota ishtirokida 36 g suv bilan to‘liq ta’sirlashganda, qanday massadagi
(g) glukoza hosil bo‘ladi?
A) 72 B) 90 C) 180 D) 360
178 g 20% li α-aminopropan kislota eritma- sini to‘liq neytrallash uchun 36,5% li xlorid kislota eritmasidan qanday massada (g) kerak bo‘ladi?
A) 50 B) 40 C) 20 D) 10
nH2C = CH2 → [– H2C – CH2 –]n ushbu jarayonda qanday o‘zgarishlar kuzatilmaydi?
valent burchak ortishi;
uglerod valentligining o‘zgarishi;
gibrid orbitallar soni ortishi.
barchasi B) 1 va 3
C) faqat 2 D) 1 va 2
Tuzuvchi:
Ma’ruf TONGOTAROV