Ma’rupov akmaljon akbarovich genetika fanidan maxsus qo`llanma farg’ona-2016


GENLARNI BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISHI VA MORGANIDAGA DOIR MASALALAR…



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/25
tarix20.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#162103
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
GENETIKADAN KITOB

GENLARNI BIRIKKAN HOLDA IRSIYLANISHI VA MORGANIDAGA DOIR MASALALAR… 
 
Har bir organizmda genlar soni ko`p, xromosomalar soni esa nihoyatda ozchilikni tashkil etadi. 
Chunonchi, odam hujayrasida 80 mingga yaqin gen bo`lib, xromosomalar esa, 46 tadir. Bundan har bir 
xromosomada bir gen emas, balki ko`p gen joylashgan degan xulosaga kelish mumkin. Odatda bir 
xromosomada joylashgan genlar majmuasi 
genlarning birikish 
guruhi deb nomlanadi. Genlarning 
birikish guruhi xromosomalarning gaploid to`plamiga teng. Genlarning birikkan holda irsiylanishini 
dastlab ingliz genetigi Pennet tasvirlab berdi. Bu hodisani u genlarning bir-biriga «tortilishi» deb atadi. 
Amerika genetigi T.Morgan o`z shogirdlari bilan genlarning birikkan holda irsiylanishini atroflicha 
o`rgandi hamda birikkan holda irsiylanish qonunini ixtiro etdi. Agar Mendel o`z tadqiqotlarini no`xat 
o`simligi ustida olib borgan bo`lsa, T.Morgan va shogirdlarining tadqiqot obyekti bo`lib, kichik meva 


Ma’rupov Akmaljon Akbarovich 
pashshasi- drozofila melanogaster hisoblanadi. T.Morgan tadqiqotlarining birida drozofilaning tana rangi 
va qanot shakli irsiylanishi o`rganildi. Bu xizmlari uchun Nobel mukofotiga zasovor bo`ldi. 
Morgan drozofila pashshalarini chatishtirishdan olgan natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi. 
1 . Agar ikki juft genlar, ya`ni 4 ta gen 4 ta xromosomada joylashgan bo`lsa, jinsiy hujayralarning hosil 
bo`lishida bu genlarning har biri alohida-alohida gametalarga tushadi va mustaqil holda nasldan-naslga
o`tadi. 
2.
Agar ikki juft allel genlar gomologik xromosomalarda, ya`ni 2 ta gen bitta xromosomada joylashgan
bo`lsa, bu genlar keyingi avlodga birgalikda, ya`ni bir-biriga birikkan holda o`tadi. 
Bunga
 genlarning to`liq birikkanligi deyiladi. 
Shunday qilib
genlarning keyingi avlodlarda mustaqil taqsim-lanishini faqat genlar har xil 
xromosomalarda joylashganda kuzatish mumkin ekan, Mendel no`xatda o`tkazgan o`z tajribalarida
genlarning birikkan holda o`tishini kuzatmadi, chunk! u tajribada o`rgangan belgilarni har xil 
xromosomalarda joylashgan genlar yuzaga chiqargan. chalkashuvi va genlarning birikish hodisalari 
asosida genlar orasidagi masofani aniqlash usullarini topdi. Xromosomalarni o'rganish shuni 
ko'rsatadiki, ular o'rtasida bo'ladigan chalkashuv xromosomalarning har xil qismlarida bo'lishi mumkin 
ekan. Morgan chalkashuv birligi qilib bir foyizga teng qiymatni oldi va bu qiymatni 
morganida 
deb 
atadi. Bir foyiz chalkashuv bitta morganidaga teng. Masalan, kulrang tanali uzun qanotli urg'ochi 
(BBW), qora tanali kalta qanotli erkak pashshalarni (BB W) o'zaro chatishtirilganda urg'ochi pashshalar 
xromosomasida sodir bo'ladigan chalkashuv genlarning yangi to'plamini yuzaga chiqaradi (Bv va bV) va 
natijada duragaylarning 17% (8,5% dan ikki guruhda) ota-onasiga o'xshamagan yangi belgi paydo 
bo'ladi. Demak, B va V genlari orasidagi masofa 17 morganidaga teng ekan. Odatda genlar o'rtasidagi 
masofani aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin