13 – mavzu. Milliy dinlar. (2 soat) Qadimgi Misr, Bobil va Assuriya dinlari. Antik davrda ko’pxudolik dinlari. Hinduiylik. Vedalar va upanishadlar - hinduiylikning muqaddas kitoblari. Braxmanlik ta’limotida kastalar. Konfutsiylik. Konfutsiylikda ijtimoiy-axloqiy masalalar. Daosizm - falsafiy ta’limot. Iudaizm - yahudiy milliy dini. Yahudiylik ta’limoti. Yapon milliy dini - sintoizm, uning asosiy aqidalari va marosimlari.
14 – mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar. (2 soat) Buddizmning vujudga kelishi, ta’limoti – to’rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm axloqiy ta’limoti - “pancha-shila”. Buddizmdagi oqimlar: maxayana, xinayana, lamaizm va h.k. O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi: Ota-xudo, O’g’il-xudo, Muqaddas ruh. Xristianlikdagi asosiy oqimlar - ortodoks (pravoslavie), katolitsizm, protestantizm. Xristianlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi.
15 – mavzu. Islom dini va ta’limoti. (2 soat) Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg’ambar(a.s.) hayoti va faoliyati. Vahiyning nozil bo’la boshlashi. Madinaga hijrat. Makkaning fath etilishi. Xalifalik. Islomda mazhablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar. Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’on - islom dinining muqaddas kitobi. Hadislar - Qur’ondan keyingi mo’tabar manba. Hadislarda ma’naviyat, axloq-odob, mehr-oqibat masalalari. Islom ta’limotida oila muqaddasligi. Islomda ayollarga munosabat. Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari. Kalom falsafasi Imom Moturidiy ta’limoti. Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Abu Homid G’azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta’limotlari. Tasavvuf (sufizm) ta’limoti va tariqatlari. Farididdin Attor va Jaloliddin Rumiy, Hakim Termiziy va Sufi Olloyor asarlarida tasavvuf g’oyalari. O’zbekiston hududida shakllangan mashhur tariqatlar. O’zbekiston allomalarining islom ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari. Burhoniddin Marg’inoniy va uning “Hidoya” asari - islom huquqi bo’yicha eng mo’tabar manba. O’zbekiston ulamolarining tafsir va hadis ilmiga qo’shgan hissalari haqidagi fikrlar bayon etiladi, ilmiy tahlil qilinadi.