11 – mavzu. Estetika – nafosat falsafasi (2 soat) Estetik anglash tushunchasi va uning individual xarakteri. Insoniyat tarixida estetik anglash, munosabat va faoliyatning talqini. Estetik bilish va estetik qadriyatlar mutanosibligi. Estetik anglashning asosiy elementlari: estetik ehtiyoj, estetik munosabat, estetik tuyg’u, estetik did, estetik baho, estetik ideal, estetik qarashlar, estetik nazariyalar. Shaxs estetik ehtiyoji. “Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati. Falsafa tarixida estetika kategoriyalari haqidagi tasavvurlarning xilma-xilligi.
Pedagogik faoliyat estetik didni shakllantirishning muhim omili. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni insoniylashtirish va go’zallashtirishning estetik muammolari. Voqelikka estetik munosabatning milliy va umumbashariy ahamiyati. Estetik qadriyatlar- barqarorlikni ta’minlovchi omil. “Dunyoni go’zallik qutqaradi” shiorining global ahamiyati. Olamni estetik anglashda jamiyat axborotlashuvining roli.
12 – mavzu. Dinning mohiyati, tuzilishi, funktsiyalari. Urug‘-qabila dinlari. Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari bayon qilingan. Dinshunoslik fanini o’rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag’rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish (regulyatorlik), birlashtirish (integratorlik), tasalli berish (kompensatorlik), aloqa o’rnatish (kommunikativ) va h.k. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi hamda dinshunoslik fanining vujudga kelishi va tadrijiy taraqqiyoti bayon etiladi.
Insoniyatning dastlabki madaniyat o’choqlari va ulardagi diniy tasavvurlarning xilma-xilligi. Ilk tabu (ta’qiq), totemizm, animizm, fetishizm, shomonlik, magiya (sehrgarlik).