Alisher Navoiy (1441-1501) – Nizomiddin Mir Alisher Navoiy o‘zbek adabiyotining asoschisi, mashhur shoir, olim, yirik mutafakkir, davlat arbobi, ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan siymo. A.Navoiy tasavvufning naqshbandiylik sulukiga e’tiqod qilib, undagi mehnatsevarlik, poklanish, halollik, imon-e’tiqodli bo‘lish kabi g‘oyalarni yanada rivojlantirdi. Navoiyning fikricha, inson uchun toj-davlat va h.k. emas, balki eng yaxshi fazilatlar ziynatdir. Eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir.
Altruizm'>Alisher Navoi
Alisher Navoi
Altruizm – (lot. alter, fran. altruisme – boshqa) atamasi falsafaga O.Kont tomonidan kiritilgan. Altruizm egoizmga qarama-qarshi axloqiy tamoyil bo‘lib, shaxsiy manfaatlaridan kechib, o‘zgalar manfaati, baxt-saodati yo‘lida beg‘araz xizmat qilish degan ma’noni anglatadi. Altruist – o‘zgalarga beg‘araz g‘amxo‘rlik qiluvchi va odamlar baxt-saodati yo‘lida o‘zini qurbon qilishdan voz kechmaydigan shaxs.
Altruizm
Altruism
Ambivalent (lot. ambi – ikki tomonlama +valentia – kuch) – ikkiyoqlama, qarama-qarshi sifatlarning bir vaqtda namoyon bo‘lishi.
Analogiya'>Ambivalentnost
ambivalent
Analogiya (yunon. analogia – o‘xshashlik, moslik) – ikki buyumning bir yoki bir necha belgilarining o‘xshashligi asosida boshqa belgilarning ham o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarish.