III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot.– contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil bo‘lgan mulohazaning (xulosaning) sub’ekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning sub’ektiga mos bo‘ladi:
Bunda, xulosadagi S ning inkor shaklida bo‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, Ye-I ga, 0-I ga o‘zgaradi.
Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko‘rsatilgan:
Masalan:
1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar. Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlar musulmon emas. Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki, «Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak «Ba’zi S-P mas emas», ya’ni juz’iy inkor hukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
Induktiv xulosa chiqarishning mohiyati, tuzilishi va turlari Deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish bo‘lib, mantiq fanida ehtimoliy xulosa chiqarish ya’ni induktiv xulosa chiqarish ham o‘rganiladi.
Ehtimoliy xulosa chiqarish induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish shaklida sodir bo‘ladi.
Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy hukm tarzidagi fikr hosil qilinadi.
Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: to‘liq va to‘liqsiz induksiya.