Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə37/122
tarix21.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#188297
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122
Falsafa I-II kurs Majmua

To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub har bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi.
To‘liq induksiya predmetlarning kichik sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish yo‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo‘lib, xulosasi aniq bo‘lishi bilan ajralib turadi.Masalan, guruhda taxsil oluvchi talabalarning davomatini aniqlash to‘liq induksiyaga misol bo‘ladi.
Analogiya va uning turlari
Analogiya (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish ob’ektiv reallikning cheksiz ko‘rinishlari hamda unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, tarkibidagi o‘xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, qadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo‘lish uchun o‘zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi.
Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol, uchadi.
Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir.
Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e’tibor beriladi. Shu jihatdan analogiyani qat’iy (aniq), qat’iy bo‘lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz. Qat’iy analogiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ko‘chirilayotgan va o‘xshatilayotgan belgilar o‘rtasidagi aloqa zaruriy bo‘ladi. Aniq fanlardagi modellashtirishda fikr qat’iy analogiya shaklida yuritiladi.
Qat’iy bo‘lmagan analogiyada o‘xshash bo‘lgan va ko‘chirilayotgan belgi o‘rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqealarni o‘rganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qat’iy bo‘lmagan analogiya tarzida bo‘ladi. Masalan, nemis olimi Shpenglerning ta’kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to‘rtta rivojlanish bosqichini bosib o‘tadi. Bular: paydo bo‘lish, rivojlanish, yetuklik davri va yemirilish davri.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin