Ma’ruza – To‘plami (I-II kurslar uchun) Bilim sohasi


Muammo va uning tafakkur jarayonida tutgan o‘rni



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə40/122
tarix21.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#188297
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122
Falsafa I-II kurs Majmua

Muammo va uning tafakkur jarayonida tutgan o‘rni
Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilish, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan juda ko‘p muammolarni yechish uchun yangicha yondashish taqozo etiladi. Masalan, tabiatshunoslik fanida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida muammoli vaziyat vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslikning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonun va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun yetarli emasligida, deb bilmoq zarur.
Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati bunga misoldir.
Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlar yetarli darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.
Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqich va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning ob’ektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.
Muammoli vaziyatni tahlil qilish yangi muammoni yuzaga keltiradi.
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va yechish usuli noma’lum bo‘lgan savoldir.
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirib topishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surish va muhokama qilish xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin