Wisdom
Dualizm (lot. dualis – ikkiyoqlama) – olamning asosiniikki: moddiy va ruhiy substansiya tashkil etishini e’tirof etuvchi falsafiy tamoyil.
|
Dualizm
|
Dualism
|
Dunyoqarash – insonning mohiyati, tarixiy kelib chiqishi, dunyodagi o‘rni, o‘zligini anglashga xizmat qiladigan, olam va odam haqidagi bir butun qarashlar, g‘oyalar, baholar, tamoyillar tizimi.
|
Mirovozzrenie
|
world view
|
Etarli asos qonuni (lot. lex rationis determinantis siue sufficientis) - formal mantiq qonunlaridan biri bo‘lib, unga ko‘ra har qanday chin fikr isbotlangan bo‘lishi , to‘g‘riligiisbotlangan boshqa bir fikrga asoslanishi kerak.
|
Zakon dostatochnogo osnovaniya
|
law of sufficient reason
|
Zaruriyat – narsa va hodisalarning mohiyatini belgilovchiichki, muhim, turg‘un bog‘lanishlarni; muayyan sharoitda ularning muqarrar ravishda kelib chiqishini aks ettiruvchi falsafiy kategoriya. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv qonunlar shaklida namoyon bo‘ladi. Zaruriyat tasodif kategoriyasi bilan uzviy bog‘liq. Narsa yoki hodisalarning mohiyatidan kelib chiqmaydigan, tashqi ta’sir va ikkinchi darajali omillar bilan bog‘liq bo‘lgan, ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo‘lgan hodisa tasodif deyiladi.
|
Neobxodimost
|
Necessity
|
Ibn Sino (980-1037)– sharq axloqshunosligining buyuk namoyandasi. Mutafakkir axloqni amaliy falsafa doirasiga kiruvchi nazariya sifatida tushungan. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari uning «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola»,«Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqidagi kitob» asarlarida bayon etilgan. Ibn Sino asarlarida adolat, shijoat, iffat, himmat, saxiylik, qanoat, sadoqat, hayo, kamtarlik kabi axloqiy fazilatlarga; shuningdek ularning muqobili bo‘lgan: o‘g‘rilik, aldamchilik, fisqu fasod, nafrat, rashk, adovat, bo‘hton, irodasizlik, takabburlik, nodonlik kabi axloqiy illatlarga ham ta’rif bergan. Mutafakkir inson taqdirini, baxtini uning qilmishlari belgilaydi degan g‘oyaniilgari surgan.
|
|
Dostları ilə paylaş: |