O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Jismoniy tarbiya tizimi, maqsad, vazifasi, deganda nimani tushunasiz?
2. Jismoniy tarbiya tizimining me’yoriy asoslari nimalardan iborat?
3. Jismoniy barkamollik deganda nimalarni tushunasiz?.
4. Jismoniy tarbiya tizimining xalqchilligi deganda nimalarni tushunasiz?
5. Jismoniy tarbiya tizimining ilmiyligi nimaga yo‘naltirilgan?
6. Mehnat va xrbiy amaliyot bilan bog‘liqlik tamoyili aytib bering.
7. Shahsni xar tomonlama kamol toptirish tamoyili haqida nimalarni bilasiz.
8.Sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan tamoyili xaqida nimalarni bilasiz?.
3-Mavzu. JISMONIY TARBIYA TIZIMINING G’OYAVIY NEGIZI, MAQSADI VA UMUMIY TAMOYILLARI
Reja.
Jismoniy tarbiya tizimining tamoyillari. Jismoniy tarbiyada umumiy ijtimoiy tamoyillarni.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili
Shaxsni har tomonlama rivojlantirish tamoyili
Jismoniy tarbiyani sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish tamoyili
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy tamoyillari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining tamoyillari deb ataladigan tamoyillarga tayanadi: Bulardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko‘rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o‘t o‘chiruvchilar trenirovkasi vahokazo) tamoyillari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, tamoyillarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy tamoyillari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat vaharbiy amaliyot bilan bog‘liqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirishga yo‘naltirish tamoyili deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan
bog‘liqligi tamoyili
Bu tamoyil kishilarni harakat faoliyatiga yoki mehnatga tayyorlashda jismoniy tarbiya jarayoning asosiy sotsial qonuniyatini va uning xizmat funksiyasini ifodalaydi. Barcha tizimlarda bu qonuniyat o‘zining maxsus ifodasini topadi. Ayrim olimlar guruhi fizkultura va sportning xizmat funksiyasiga hozirgi davr turmushidagi hayotidagi zichlikni, taranglikni yumshatishdan iborat deb qaraydilar. Ular hozirgi zamon ishlab chiqarishi mexanikasi, avtomatikasi, industriyasi vujudga keltirgan psixik va jismoniy muvozanatni saqlash uchun sportni asosiy vosita qilib olmoqchilar.
Fizkultura va sport jismoniy tarbiya jarayonida hayot uchun kerak bo‘lgan harakat malakalarini tarbiyalash va rivojlantirishdagina hayotiy ahamiyat kasb etish bilan cheklanmay ijtimoiy hayotda ham foydalanadilar. Aslida esa u yoki bu jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish orqali hosil qilingan malaka to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat faoliyati jarayoniga ko‘chsagina, u hayotiydir.
Dostları ilə paylaş: |