3.8. Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari Muayyan harakatni tashkil etuvchi jismoniy mashq muvofiq navbatda taqsimlangan: faoliyat qaysi harakat bilan boshlanadi, qaysi biri bilan yakunlanadi. O‘rgatish va ilmiy maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Harakat tizimi
YUgurish-depsinish-uchish-erga tushish
Harakat fazalari
1
2
3
4
Harakat qismlari
Tayyorgarlik
Asosiy
YAkunlovchi
8-chizma. Harakat fazalari, uning qismlari.
Jismoniy mashqlarning davom etishi va shiddatiga qarab organizmdagi o‘zgarishlar jarayonini ko‘rsatuvchi fazalar.
SIQD- CHT - sport ish qobiliyati dinamikasi, charchash va uni tiklash.
FFD - organizmning ayrim tizimlarini funksional faollik dinamikasi.
BMS - bioenergetik moddalarning sarflash va tiklash dinamikasi.
SS - superkompensatsiya samaradorligi.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat. Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi yugurib borishdir.
Joydan sakrashda – itarilish oldidan qo‘llarni silkitib va oyoqlarni bukib depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat, uning yordami bilan harakatning asosiy vazifasi echiladi. Masalan, depsinish, joydan sakrash, uchish.
Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratilgan. Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli joyda, tegishli yo‘nalishda va zarur lahzada to‘g‘ri foydalanishdan iboratdir. Masalan, krol usuli bilan suzishda qo‘llarni vaqtidan ilgari faol harakatlantirish gavdani suvdan ko‘tarishga va to‘lqin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
So‘nggi fazada harakat tugallanadi, obrazli qilib aytganda, bu faza ishchi holatdan chiqishga imkon beradi. Sakrashlarda bu erga qo‘nish, yugurishda marradan keyin bir oz yugurish bo‘ladi
Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan, qolgan ikkita faza esa texnikaning detalini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan amalga oshiriladi.
MA’RUZA 8