Ma’ruza №1 Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari reja


-Mavzu: Uslubiy tamoyillar va ularni jismoniy tarbiya jarayoniga kiritish yo’llari jismoniy tarbiyaning metodik va maxsus tamoyillar. Umumiy metodologik tamoyillar



Yüklə 116,4 Kb.
səhifə28/52
tarix21.10.2023
ölçüsü116,4 Kb.
#159206
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52
JMN maruza matni 2-kurs

8-Mavzu: Uslubiy tamoyillar va ularni jismoniy tarbiya jarayoniga kiritish yo’llari jismoniy tarbiyaning metodik va maxsus tamoyillar. Umumiy metodologik tamoyillar
Reja:
1. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy prinsipi
2. Munatazamlilik uslubiy prinsipi, Takroriylik va variatsiyalash, Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish prinsipi
3. Uslubiy prinsiplarning o‘zaro aloqasi


Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish
uslubiy prinsipi
Individning imkoniyati, qobiliyati, xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi vahokazolar bu prinsip mazmunining omillari bo‘lib, taolim jarayonini boyitadi. Taolimga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoen bo‘lishi, tanlangan faoliyatning ijrosida ko‘rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va individning xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq va ko‘zlangan maqsadga tez erishish uchun vositadir.
Kuchiga yarashalilikning tub maonosi organizmninghayotiy faoliyatining maolum ishdagi funksional xususiyati va qobiliyatinihisobga olish demakdir. Bu prinsip qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo‘yadi. Demak, taolim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashqi taosirinihisobga olishni, shug‘ullanuvchi uchun meoyor tanlay bilishni taqazo etadi. Meoyor bo‘lib turli xil yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan normalar xizmat qilishi lozim. Sobiq Ittifoq jismoniy tarbiya tizimida “Me’natga va Vatan mudofaasiga tayyor” fizkulptura kompleksi jamiyat aozolari-ning, barcha yoshdagilarning (6 dan 60 yoshgacha) jismoniy tarbiyasining dasturi va jismoniy tayyorgarligi normalarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, kuchiga yarashalilik prinsipi talablari chegarasidan chiqmagan. Mamlakatimizda esa bu vazifani Respublika a’olisining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» testi talablari va normalari bajaradi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida meoyorni aniqlash tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimning birgalikdagi tizimli izlanishlar orqali amalga oshiriladi. Mashq qilish uchun organizmga kuchiga yarasha bo‘lmagan mashq meoyoriga mashqni organizmni zo‘riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlarihamhozirgi kundaham ilmiy,ham amaliy ji’atdan isbotlangan. Maolum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan sport tayyorgarligi bor shug‘ullannuvchining organizmi uchun meoyorhisoblanganhajmdagi jismoniy mashqlar yangi, shug‘ullanishni endigina boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo‘lishi mumkin, lekin uni meoyor qilib olish noto‘g‘ri bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada kuchiga yarashalilik o‘zgaruvchandir. SHug‘ullanishning maolum davrida tanlangan meoyorga chidash uchun katta jismoniy, ru’iy zo‘riqish talablari qo‘yilsa, bir muncha vaqtdan so‘ng u kuchiga yarasha bo‘lib, meoyorga aylanadi-buni tarbiya natijasining ijobiy tomonga o‘zgarishi deb qaraladi.
Maolumki, yangiharakat vujudga kelganharakatlarning eskilarini bazasida shakllanadi. SHunga ko‘ra jismoniy tarbiya jarayonidagi asosiyhal qiluvchi rolni mashqni o‘zlashtirish egallaydi. Materialni shunday o‘rgatish lozimki, uning mazmuni, organizmga taosirining kuchi, o‘qitishning navbatdagi etapi uchun yangi pog‘ona rolini o‘ynasin. Amaliyotda bu fikr “maolumdan nomaolumga”, “o‘zlashtirilmagandan o‘zlashtiril-ganga”, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda esa “kuchiga yarasha emasdan kuchiga yarashalikka” deb formulirovka qili-nadi.
Bundan tashqari, vazifalarni mashg‘ulotdan-mashg‘ulotga, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirishham taolim jarayonning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. Bular albatta taolim jarayonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi.

Yüklə 116,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin