Jismoniy tarbiya prinsiplari xususida aytib o‘tilgan fikrlarni diqqat bilan ta’lil qilsak, ularning mazmuni bir-biri bilan shunday tutashgan biri-biriga singib ketgan va xatto o‘zaro moslashib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga ajablanmasaham bo‘ladi, chunki ularning barchasi bir jarayonni ayrim ajratilgan tomonlari va qonuniyatlarini ifodalaydi, mo’iyatiga ko‘ra ular alo’ida, lekin shartli ravishda alo’ida aspektdagi prinsiplardek ifodalanadi.
Onglilik va faollilik prinsipi jismoniy tarbiyaning boshqa barcha prinsiplarining amalga oshirilishi umumiy shartlari tarzida qabul qilinishi mumkin. CHunki, shug‘ulla-nuvchilarning ishga ongli va aktiv munosabati o‘quv materi-alini kuchiga yarashaliligiga, egallangan bilim, malaka va ko‘nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingilariga bog‘la-nishi vahokazolar bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shug‘ullanuvchilarning aktiv faoliyati orqali belgilangan maqsadga olib borishi, ko‘rgazmalilik, kuchiga yarashalilik, individuallashtirish, sistemalilik, talablarni asta-sekinlik bilan oshirish prinsiplaridan kelib chiqsa,haqiqatdanham ongli deb qabul qilinadi.
Kuchga yarashalilik va individuallashtirish prinsipla-rinihisobga olmasak, mashg‘ulotlarning ketma-ketligi va nagruzkaning oshirishning ratsional yo‘llarini tanlay olmay-miz. O‘z navbatida, kuchiga yarashalilik chegarasini belgilash sistemalilik va talablarni oshirish prinsipi asosida amalga oshiriladi bundan kelib chiqadiki, ko‘rsatilgan prinsiplar-ninghech biri boshqalarini inkor qilish bilan to‘laligicha amaliyotga tadbiq qilinmaydi. Ularning o‘zaro birligi asosidahar birining taosir doirasi tarbiya jarayoniga kutilgan samarani berishi mumkin.
9-Mavzu. JISMONIY TARBIYANING MAXSUS TAMOYILLARI.JISMONIY TARBIYA JARAYONINING UZLUKSIZLIGI TAMOYILI Ta'limning asosiy yo'nalishlaridan biri sog'lom, barkamol, ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishga qaratilgan jismoniy tarbiyadir. Bu vazifalar pedagogik tamoyillar tizimi yordamida amalga oshiriladi.