Ma’ruza №1 Mavzu: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari reja



Yüklə 116,4 Kb.
səhifə33/52
tarix21.10.2023
ölçüsü116,4 Kb.
#159206
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52
JMN maruza matni 2-kurs

Ikkinchidan – nagruzka bilan dam olishni ratsional almashtirish muammosinihal etishda tiklanish jarayoni fazali ekanliginihisobga olishimiz, navbatdagi nagruzka tiklanish-ning qaysi fazasiga to‘g‘ri kelayotganligini, chunki o‘sha nagruzkaning samarasi qaysi fazaga tushganligiga qarab turlicha bo‘lishini unutmasligimiz kerak. Agar nagruzkalar orasidagi interval cho‘zilib ketsa «tiklanish» fazasiga to‘g‘ri kelmasa, amalda funksional imkoniyatlar oshmaydi. Agar navbatdagi nagruzka qayta tiklanib ulgurmagan fazaga to‘g‘ri kelsa, pirovard natijasi funksional imkoniyatlarning pasayishigahamda oxir-oqibat charchashga olib keladi. Lekin nagruzka “yuqori tiklanish” fazasiga mos kelib qolsa, uninghajmi va intensivligini oshirish uchun imkoniyat yaratiladi va shu tariqa ish qobiliyati doimiy ortib boradi. SHunga eotibor berish kerakki nagruzka bilan dam olishni o‘rin almashti-rilishihar bir mashg‘ulot davomida olib borilmasligi kerak degan tushuncha paydo bo‘lmasligi kerak.
Qator mashqlarni, ayniqsa, chidamlilikni rivojlanti-rishga yo‘naltirilganini qisman qayta tiklanib ulgurmagan fonda bajarishga ruxsat etiladi, xatto uni maqsadga muvofiq deyishham to‘g‘ri bo‘ladi, chunki ish qobiliyatining oshishi charchash orqali amalga oshiriladi. Bu fikrni alo’ida turkum mashg‘ulotlar uchunham aytish mumkin. Organizm to‘la tiklan-magan sharoitda qator mashg‘ulotlar o‘tkazib, biz ularning effektini to‘plagandek (yiqqandek) bo‘lamiz va bu bilan organizmga nisbatan qattiq talablar qo‘yamiz, navbatdagi dam olish davridagi kuchli tiklanish uchun etarli stimul yaratamiz. Dam olishning intervali bu turkumdagi mashg‘ulotlar uchun, albatta, ish qobiliyatining umumiy tiklanishi “yuqori tikla-nishi” uchun etarli darajada katta bo‘lishi lozim.
Qayta tiklana olmaganlik fonida a’amiyatli darajadagi yuklamadan shug‘ullanuvchilarning muvofiq ravishdagi dastlabki tayyorgarligidan so‘ng foydalaniladi. Turkumli qayta tiklana olmaganlik fonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning effekti yi-g‘indisiga nisbatan e’tiyotkorlik zarur. Bu tizimdagi nagruz-kalar asosan sport trenirovkalari uchun xarakterlidir.
YAna bitta aniqlik kiritaylik. Amaliyotda nisbatan abstrakt va soddalashtirilgan tiklanish va bir xil tipdagi nagruzka jarayonining grafigiga duch kelamiz.hayotda, jismoniy tarbiya praktikasida nagruzka doimo xarakteriga ko‘ra (kuch, tezlik, chidamlilik vah.k.) intensivligihajmiga ko‘ra navbat-lashadi. Tiklanish jarayoni turlicha bo‘lgan organ va sistema-larda bir xilda va bir vaqtning o‘zida bormasligi eotibori-mizda (geteraxron tarzida) bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, xatto bir turdagi funksional tuzum chegarasidaham turli funksional xususiyatlar tiklanishidaham geteroxronlik kuzatiladi, giteroxronlik bilan bog‘liq bioximik jarayonlar-dagi tiklanishham teng amalga oshmaydi. Masalan, muskulni energiya potensialining tiklanishida avvaliga ATFning miq-dori normallashadi, so‘ngra kreotinfosfat va ni’oyat, glikogen o‘z normasiga qaytadi, buharakat apparati ish qobiliyati tiklanishining bir vaqtning o‘zida, ayniqsa, turli xarakter-dagi ishni bajargandan so‘ng ro‘y bermasligini ko‘rsatadi.
Mashg‘ulotlar ketma-ketligi va ularning mazmunini turli tomonlarining o‘zaro bog‘liqligi, mashg‘ulotlarning optimal ketma-ketligi muammosi, kuchiga yarashalilik muammosi bilan uzviy bog‘liq.haqiqatdanham jismoniy tarbiya jarayonida bir yo‘lni tanlash bilan biz shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlari va ularning rivojlanish qonuniyatlari bilanhisoblashishga maj-burmiz, yaoni shu etap uchun nimani uddalay olamiz-kuchimizga yarasha, keyingisida nimadan iborat bo‘lishi lozimligini belgilab olamiz. SHunday qilib, kuchiga yarashalilik ketma-ketlikni shart qilib oladi. Ketma-ketlilik muammosi kuchiga yarashalilik muammosiga borib taqalmaydi. Ularning qay yo‘sinda borishi, jismoniy tarbiyaning qaysi etapida qanday yo‘l tutish lozimligini aniqlash, nima uchun kuchiga yarashalilik tanlandi, ularni qaysinisini yo‘lidan borish maqsadga oson olib boradi? Mana shu savollarga beriladigan javob orqali optimal ketma-ketlilik muammosihal qilinadi.
Avval aytib o‘tilgandek, taolim va tarbiya jarayoni yo‘lini tanlashda rioya qilinadigan qoidalar – maolumdan nomaolumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo‘lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz komponentlari ekanligini ifodalaydi va shuning uchun unga kiritilishi lozim bo‘lgan qo‘shimchalar konkretlashtirilishi zarurligi ko‘rsatilib o‘tilgan.
Agar jismoniy tarbiya jarayoni to‘laligicha nazarda tutilsa, umumiy materialning asta-sekinligi, biologik yosh rivojlanishi qonuniyatlari va keng umumiy jismoniy maolu-motdan, nisbatan chuqurlashtirilgan, ixtisoslash-tirilgan Mashg‘ulotlarga o‘tish, keyinchalik umumiy tayyorgarlik bilan birga-likda qo‘shib olib borish mantiqan to‘g‘rihisoblanadi.
Maolumki, jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish uchun biologik fundament birdaniga vujudga kelmaydi.hammadan avvalharakat koordinatsiyasi va tezkor-likni belgilovchi funksiyalarhal qilinadi, so‘ngra maksimal kuch sifatlari va undan keyinroq chidamlilik namoyon qila olishning chegaralari vujudga keladi (V.S. Fafelp, N.V. Zimkin, I. Nekker va boshqalar).
SHunga muvofiq, jismoniy tarbiyaning dastlabki etapla-rida koordinatsiya talab qiluvchi mashqlar, tezkorlik qobiliyati uchun, so‘ngra kuch talab qiluvchi mashqlarning miqdori vahajmi oshiriladi va oxirida chidamlilikni rivojlantirishga yuqori talab qo‘yuvchi mashqlarni bajarish uchun mashqlar tavsiya etiladi. Albatta, bundan jismoniy sifatlar navbatma-navbat tarbiyalanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismo-niy tarbiya jarayonihar doimhar tomonlama bo‘lishi zarur, gap shug‘ullanuvchi yoshining rivojlanishi qonuniyatlarini qo‘llab, aksentini ketma-ket shu jarayonning turli tomonlariga qara-tish xaqida bormoqda.
Umumiy keng jismoniy bilimlar beradiganlardan ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlarga o‘tish qonuniydir. Dastlab keragicha asosan amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi turli-tumanharakatlar (eng sodda gimnastikaharakatlari, mashqlari, asosiyhayotiy zaruriyharakatlar yurish, yugurish, sakrashlar, to‘siqlardan oshishlar, uloqtirish vah.k.lar) o‘zlashtiriladi. SHu asnoda sport yoki professional faoliyat turi bo‘yicha ixtisoslik tanlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida materi-alni ketma-ketligi ko‘pincha, konkret shart-sharoitlarga bog‘liq. Nazarda tutilganharakat faoliyatlari turlari orasidagi oboektiv bog‘liqlikning mavjudligi, ulardan biri-biriga uzatiladigan, o‘tadigan elementlarning borligi va mos kelishi, o‘zlashtirilishi, musta’kamlash, takomillashtirishni osonlash-tiradi.har qanday konkretholatda materialni o‘qitish tartibi tizimini shunday tanlash kerakki, ular faoliyatlarning o‘zaro optimal aloqasini tiklashga va ularning ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotdaharakat malakasini va jismoniy sifatlarni “ko‘chishi” deb atalishi qonuniyatidan foydalanish-ning a’amiyati ortadi, qaysiki u taolim va tarbiya jarayonidaham ijobiy,ham salbiy bo‘lishi mumkin.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlar-ning tizimini tuzayotib,harakat malakasi va jismoniy sifatlar-ning “ijobiy ko‘chishi”ni maksimal darajada bo‘lishini va imkoniyati boricha, “salbiy ko‘chish”ni tormozlovchi taosirini yo‘qotish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy effekt beruvchi “ko‘chishdan” umuman yuz o‘girish kerak degan xulosaga kelmasli-gimiz zarur. Jismoniy tarbiyaning mazmunihayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi belgilaydi,hayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undanham turlicha bo‘lganharakat malakalarini egallagan bo‘lishligimiz, shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko‘rsatuvchilargaham ega bo‘lmog‘imiz lozim.harakat malakala-rining musta’kamlanishi, bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarniham osonlikcha enga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi, bu o‘z navbatida, umumiy o‘sishni, rivojla-nishni boshqachasiga progressning vujudga kela boshlanayotgan-ligidir. Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtincha-lik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bu o‘z navbatida u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi boshqacha aytganda, jismoniy sifatning rivoj-lanishi, takomillashishi organizmning funksional imkoniyat-lari oshishining umumiy foni sodir bo‘ladi.
YUqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy ko‘chishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy faktorga aylantirish muammosihaqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat ko‘rsatayotgan mashqlarni vaqti-vaqti bilan (ularninghajmini, vaznini vah.k.larini)hamda muvofiq mashqlarni, ularning navbatlashuvini jismo-niy tarbiya jarayonining turli etaplarida, oz bo‘lsada, yaqin-lashtirish, o‘xshash tomonlarini topish bilanhal qilinadi. Mashqlarni navbati (birin-ketinligi) ularning tuzilishi va qiyinligiga muvofiq belgilanadi. Nisbatan murakkab bo‘lma-gan va murakkab mashqlar, qoidadagidek nisbatan ancha qiyin va birmuncha qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo‘lagini (qismini) vujudga keltirib qo‘yilgan maqsadhal qilinishi amaliyotda isbotlangan.
Optimal ketma-ketlikdagi mashg‘ulotlar va mashqlarnihar bir mashg‘ulot chegarasi aynan shu mashg‘ulot uchun tanlash xarakteriga ko‘ra turli nagruzkalarning natijasi (taosiri)nihisobga olishning a’amiyati juda kattadir. Tajribada (S.P. Letunov, N.N. YAkovlev va boshqalar) isbotlashganki, tezkorlik xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab qiluvchi nagruzka-larga qulay fiziologik fonni vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki (albatta, nagruzka a’amiyatli darajada bo‘lgan bo‘lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy taosir ko‘rsatishi mumkin. Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi, bu o‘z navbatida ijobiy natijaga olib keladi (N.N. YAkovlev, V.M. Dg‘yachkov va boshqalar), ijobiy natija ol-din kuch talab qiladigan mashqlardan, so‘ng, tezkorlik talab qi-ladigan mashqlar ketma-ketligida bajarilsa sodir bo‘lishi isbotlangan.
YUqorida taokidlanganidek, nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo‘nalishiga qarab: kuch, tezkorlik-chidamli-likka yoki tezkorlik, kuch-chidamlilik deb belgilanishi lozim. Bu alo’ida mashg‘ulotlar ichidagi mashqlar ketma-ketligi uchunham,haftalik mashg‘ulotlarning yo‘nalishini yoki uzunligiga ko‘ra yaqin bo‘lgan sikllarda mashqlarni, mashg‘ulotlarning tartibini o‘zgartirish uchunham to‘g‘ri keladi. Bunda, chidamli-likni rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlardan so‘ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakteridagi mashqlarga ularning zarur bo‘lmagan taosirlari bo‘lmasligi kerak.
Ko‘rsatilgan tartib ko‘phollarda o‘zini oqlagan, lekin u albatta yagona va maqsadga muvofiq emas. CHunki, mashg‘ulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda shug‘ullanuvchilar kontingentining xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashg‘ulotlarning umumiy yo‘nalishi, qo‘llanilayotgan nagruzkalarning kattaligi va ularning dinamikasi xususiyatlari va shu kabilarga bog‘liqdir. Bunday shart-sharoitlarnihisobga olib, ularni qo‘llash uchun maqsadga muvofiq yo‘lni tanlash albatta, oson emas.hozircha bu muammoni barcha detallari bilanhal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so‘zsiz ravishda alo’ida mashg‘ulotning o‘zini yoki mashg‘ulotlar tizimini to‘laligicha programmalash-tirish imkoniga ega bo‘lamiz. Albatta, so’a bo‘yicha katta shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyatini yaratish va qo‘llash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.



Yüklə 116,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin