Ma’ruza 1-mavzu: Kurashchilarning texnik mahoratini oshirish yo‘llari


Texnik harakattarni amalga oshirishning umumiy asoslari



Yüklə 24,46 Kb.
səhifə2/4
tarix21.01.2023
ölçüsü24,46 Kb.
#79983
1   2   3   4
1-Mavzu Kurashchilarning texnik mahoratini oshirish yollari.

2. Texnik harakattarni amalga oshirishning umumiy asoslari.
Kurash texnikasi — bu musobaqa qoidalarida ruxsat etiladigan usullar, qarshi usullar va himoyalanishlar yig‘indisidir. Usullar — bu maqsadga yo‘naltirilgan hujum harakatlari bo‘lib, ular yordamida kurashchi raqibidan ustunlikka erishadi. Har bir usul ikki qismdan iborat. Birinchi qism — usul qo'llash uchun ushlab olish. Ushlab olishlar yuqoridan,pastdan, orqadan, oldindan, yon tomondan va boshqalarga ushlab olishlarga bo‘linadi. Ushlash usulni muvaffaqiyatli bajarishda katta ahamiyatga ega. Butun usullarni bajarish sifati ushlab olishning qay darajada oqilona amalga oshirilganligiga bog‘liq. Ikkinchi qismda turli xildagi harakatlar: tik turishda - o'tkazishlar, tashlashlar, ag'darishlar; parterda — o‘girishlar va parterda tashlashlar bo‘lishi mumkin.
Erkin kurash, sambo, dzyudo va kurashda usullami amalga oshirish paytida bir vaqtning o‘zida oyoqlar bilan turli harakatlar ham bajariladi, ya’ni bular — chalishlar, qoqishlar , otishlar,
orqadan ilib otishlar. Bu harakatlarning ko‘pchi!igi orqadan, oldindan, yondan, ichkaridan, tashqaridan bajarilishi mumkin.Bir xildagi ushlash bilan bir qator harakatlarni bajarish mumkin va, aksincha, bir xil harakatning o‘zi turli ushlashlar bilan bajarilishi mumkin. Masalan, qo‘ldan va gavdadan ushlab tashlashni, zarba bilan ag‘darishni amalga oshirish mumkin. Lekin raqibni egilib qo‘l, gavda, qo‘l va bo‘yindan ushlab tashlash ham mumkin.Kurashchi har qanday usulni hujum va qarshi hujum uchun qo'llashi mumkin. Usul uning bir qismini aldamchi harakat sifatida qo‘llab, kurashchi haqiqiy niyatidan raqib diqqatini chalg‘itish va boshqa usul bilan hujumni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni tayyorlashi mumkin.Oarshi usullar — bu raqib hujumiga javob tariqasida bajariladi- gan maqsadli harakatlar bo‘lib, ular yordamida kurashchi raqibi ustidan ustunlikka erishadi.Qarshi usullar murakkab texnik harakatlarga kiradi. qarshi hujum uyushtirayo`tgan kupashchi bir zumda to‘g‘ri qaror chiqarishi va raqibi usulni amalga oshirishga ulgurmasligi uchun o‘z harakat- larini hujum qilayo`tgan raqib harakatlari bilan aniq moslashtirishi lozim.Himovalanishlar — bu raqibning usullami (qarshi usullami) bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi maqsadli harakatlardir.Himoyalanishlar dastlabki va bevosita himoyalanishlarga ajratiladi. Dastlabki himoyalanish oldindan, ya’ni raqib usulni amalga oshirishdan awal bajariladi. Bevosita himoyalanish raqib hujumini to‘xtatishga qaratilgan. Bunday himoyalanish samaradorligi uning o‘z vaqtida bajarilishiga bog'liq. Bevosita himoyalanish usul boshida, usulni bajarish davomida yoki usulni bajarish oxirida amalga oshirilishi mumkin.Hamma texnik harakatlar kurashchilar tomonidan turli holatlardan turib bajariladi. Asosiy holatlar quyidagilar: tik turish, parter va ko‘prik.
Tik turish — bu kurashchining holati bo‘lib, unda u oyoqlarda tik turadi. 0‘ng, chap va yalpi tik turishlar ajratiladi. Ularning har biri, o‘z navbatida, baland, o‘rta va past bo‘lishi mumkin. Tik turishda kurashish yaqin, o‘rta va uzoq masofalarda olib borilishi mumkin.
Parter — bu kurashchining dastlabki holati bo‘lib, u tizzalarida turadi. Bunda tekis yozilgan qo‘llarning kaftlari bilan gilamga tayanib turiladi, qo'llar tizzalardan 20-25 sm. uzoqlikda joylashadi.Parterda baland holat va past holat farqlanadi. Baland holat - bu kurashchining parterdagi dastlabki holati, past holat esa — bu kurashchining tizzalarda turib, bilaklar bilan gilamga tayanish holatidir.Parterda kurashish paytida kurashchilardan biri pastda, ikkin- chisi yuqorida bo‘ladi Parterda yuqoridagi holatda turgan kurashchi kurash boshlanishidan oldin istagan dastlabki holatni egallashi mumkin. Faqatgina qo‘l kaftlari pastdagi kurashchining yelkasida turishi lozim.Ko‘prik — bu kurashchining quyidagi holati bo‘lib, ya’ni bunda u, orqaga egilib, oyoq kaftlari (ular taxminan yelka kengligida yozilgan) va bosh (istagan qismi) bilan gilamga tayanadi.Kurashchi ushbu holatga kuragini gilamga tekkizmaslik uchun o‘tadi.

Yüklə 24,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin