3. TA’LIM TEXNOLOGIYASINING MOHIYATLI BELGI VA
XUSUSIYATLARI
Konseptuallik
Ta’lim texnologiyasi falsafiy, psixologik, didaktik va ta’limiy
maqsadning ijtimoiy-pedagogik asoslangan aniq ilmiy g’oyalariga
asoslanadi.
Tizimlilik
Samaradorlik
Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilariga ega, ya’ni:
yaxlitlik, tuzilmaviylik, barcha tashkil etuvchilarning o’zaro
bog’liqligi va ularning bir-biriga bo’ysunishi, tizim va muhitning
o’zaro bog’liqligi.
(1
)
TT mohiyati- ishlarni aniq bajarilishida, ya’ni: butun
tugallangan ta’lim jarayonini aniq pedagogik g’oya ostida
dastlabki bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirishida
ko’rish mumkin. (2) Ta’lim berish jarayoni aniq
tuzilmaga
keltirilgan:
pedagogik va o’quv harakatlari, boshqaruvchilik,
axborotli va muloqotli ishlar ifodalangan ketma-ketlik –
bosqichma-bosqich, maqsadli yo’l bilan, ya’ni ta’limiy
maqsadlar alohida shaklda ifodalangan: pedagogik vazifalar va
aniq belgilangan kutilayotgan natijalar bilan muvofiqlikda
tuziladi.
(3)
Texnologik
jarayon
tabaqalashtirilgan
va
individuallashtirish, ikki kishilik va ko’pchilikli suhbat (dialog,
polilog) tamoyillari hisobga olingan shartnoma asosidagi, ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchilarning o’zaro bog’liq faoliyatini
nazarda tutadi. (4)
Qaytar aloqani
tizimli tezkor ravishda
ishlatilishi ta’lim jarayonining joriy natijalarini uzluksiz
kuzatishni, tashhislashni va tezkor baholashni, tahlil va maqbul
boshqaruv xulosasini qabul qilishni ta’minlaydi. (5)
Tashhisiy
ishlar
faoliyat natijalarini aniq bir ma’nodagi mezon va
ko’rsatkichlarini, shuningdek uni o’lchash vositalarini o’z
ichiga oladi. (6)
O’zgartirish jarayoni
ta’lim oluvchini
xatoliklariga emas, balki ta’lim jarayonini shu ta’lim oluvchiga
nisbatan unga belgilangan maqsadga erishishni ta’minlash bilan
tashkillashtirish yo’lini o’zgartirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: