Yacheykalarga formulalar kiritish Excel jadvali yacheykalariga sonlar va matnlarni kiritishdan tashqari, unga hisoblash formulalarini ham kiritish mumkin. Hisoblash formulalarini kiritishda yacheykaning birinchi pozitsiyasiga tenglik (=) belgisini kiritish lozim. Faqat shunda Excel dasturi bu yacheykaga formula kiritilganligini biladi va u hisoblashni amalga oshiradi. Natijada bu yacheykada hisoblangan formula qiymati paydo bо‘ladi. Formula о‘zi esa shu yacheyka ostida yashiringan holda saqlanami. Kursor shu yacheykada bо‘lganda formula formulalar satri qatorida aks etadi. Formulani shu yacheykada kо‘rish uchun esa yacheykani ikki marta tez-tez bosish kerak bо‘ladi. Yacheykaga hisoblash formulalarini kiritganda formulada qatnashayotgan о‘zgaruvchilarning о‘zini emas, uning qiymatlarining adreslari kо‘rsatilishi lozim. Masalan, Y=4x+9 formulada x ning biror qiymati uchun Y ning mos qiymatini hisoblash kerak bо‘lsin. Agar x qiymatini A1 yacheykaga kiritgan bо‘lsak A2 yacheykaga Y qiymatini chiqarish kerak bо‘lsa, u hoda A2 yacheykaga Y=4x+9 emas =4*A1+9 formulani kiritish lozim bо‘ladi. Hisoblash formulalarida quyidagi arifmetik amallar ishlatiladi. (–) ayirish; (+) qо‘shish; (/) bо‘lish; (*) kо‘paytirish; (^) daraja. Guruhlashda о‘rta qavs ishlatiladi. Agar formulada qо‘shiluvchilar yoki ayiriluvchitlar kelsa ular albatta qavs ichiga olinishi kerak. Masalan, formulani hisoblash uchun A2 yacheykaga quyidagi formulani kiritish kerak bо‘ladi: =(4+A1^2)/(1-A1^3).
Funksiya –bu biror bir qiymat hosil qiluvchi oldindan aniqlangan formuladir. Funksiya strukturasi quyidagicha bo’ladi: funksiya nomi, ochilgan qavs, argumentlarning nuqta-vergul bilan ajratilgan ro’yhati va yopiluvchi qavsdan iborat bo’ladi. Funksiya argumenti sifatida son, matn, mantiqiy qiymat, yacheykalrga murojatlar bo’lishi mumkin.
Yacheykalrga murojat bir yacheykaga yoki yacheykalar to’plamiga bo’lishi mumkin. Yacheykalar to’plami ikki nuqta bilan ajratilgan holda beriladi. Masalan A5:C7 – A5 dan C7 gacha bo’lagn yacheylar to’plamini bildiradi.
Arifmaetik amal belgilari va munosabat belgilari
& - ampersand amali bir necha matnli berilganlarni birlashtirish da ishlatiladi. Masalan: “1-kurs” & “2-Pediatriya”&”guruhi talabalari”