«Обычный» -rejimida hujjatning ko’rinishi «Разметка страницы» rejimida hujjatning ko’rinishi «Страничный» - rejimida hujatning korinishi Yacheykalarga berilganlarni kiritish Berilganlarni klaviatura orqali kiritishning ikki usuli mavjud:
To’g’ridan to’g’ri yacheykaga kiritish. Bunda avval ma’lumot kiritiladigan yacheykaga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib, uning chap tugmasini bir marta bosish orqali yacheyka aktiv holatga keltirilib olinadi va klaviaturadan ma’lumotni kiritish boshlanadi. Yacheykaga ma’lumot yozib bo’lingandan song “Enter” yoki “ Tab” tugmasi bosiladi yoki sichqoncha yordamida yoki kursorni yo’naltirish tugmalari yordamida keyingi yacheyka aktivlashtiriladi.
Formulalar satriga yozish orqali yacheykaga ma’lumot kiritish. Bunda ma’lumot kiritiladigan yacheyka aktivlashtirilib olinadi va sichqoncha yordamida kursor formulalar satriga qoyiladi. So’ng klaviaturadan kerakli ma’limot yoziladi va “Enter” yoki “ Tab” tugmasi bosiladi yoki sichqoncha yordamida keyingi yacheyka aktivlashtiriladi.
Yacheykalarga berilganlarni kiritishda hotolikga yol qo’yilsa uni “Backspace” tugmasi yordamida o’chirish mumkin. Bunda kursorni yo’naltirish tugmalaridan foydalaninsh mumkin emas. Yacheykalarga kiritilgan ma’lumotlarni taxrirlash uchun avval “F2” tugmasi bosiladi. Yacheykalrga ma’lumotlar bir qator qilib kiritiladi, agar uni ikki qator qilib kiritish kerak bo’lsa “Alt” + “Enter” tugmalari birgalikda bosiladi.
Yacheykadagi matnli ma’lumotlarni bir necha satrga joylashtirishni yacheykani format qilishda ham bajarsa bo’ladi. Yacheykaga kiritilayotgan ma’lumotlarni bekor qilish uchun “Esc” tugmasidan foydalaniladi. Bir yacheykada 32767 tagacha belgi joylashishi mumkin. Lekin bu formulalarga tegishli emas. Yacheykaga kiritiladigan formulalarning uzunligi ko’pi bilan 8192 ta belgidan iborat bo’lishi mumkin.
Bir xil ma’lumotlarni bir paytning o’zida bir varoqda joylashgan bir necha yacheykalarga yozish mumkin. Buning uchun bu yacheykalar belgilab olinadi. So’ng ma’lumot formulalar qatoriga yoziladi va “Ctrl” + “Enter” tugmalari birgalikda bosiladi.
Bir xil ma’lumotlarni bir paytning o’zida bir necha varoqdagi bir xil nomli yacheykalarga kiritish uchun avval varoq nomlari “Ctrl” tugmasini bosib turgan holda sichqoncha ko’rsatkichi bilan belgilab olinadi. So’ng kursor kerakli yacheykaga keltirilib ma’lumot kiritiladiva “Enter” tugmasi bosiladi.
Aktiv yacheykaga shu yacheykadan bitta yuqorida joylashgan yacheykadagi ma’lumotni kiritish uchun “Ctrl”+”D” tugmalari birgaliklda bosiladi. Aktiv yacheykaga unining chap tomonida joylashgan yacheykadagi ma’lumotni kiritish uchun “Ctrl +R” tugmalari birgalikda bosiladi.