Ma’ruza №15 Mavzu: ms excel 2010 elektron jadvali dasturi haqida boshlang’ich ma’lumotlar



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə4/8
tarix24.05.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#59325
1   2   3   4   5   6   7   8
Elektron jadval muharrirlari. (MS Excel dasturi)

Yacheykalarni formatlash
Excel elektron jadvalida yacheykalarni formatlash deganda yacheykaga kiritiladigan ma’lumotlar turlarini belgilash, ma’lumotlarni yacheykalarda joylashuvini aniqlash, ma’lumotlar shrifti turini, olchamini, rangini va ko’rinishini tanlash, yacheykalar chegara chiziqlarini o’rnatish, yacheykalar rangini tanlsh va yacheykalarni himoyalash kabi qator amallarning bajarilishi tushiniladi.
Yacheykalarni formatlash yacheykalarga ma’lumotlar kiritilmasdan avval bajariliadi.
Yacheykalrni formatlash asosan «Формат ячеек» buyrug’I yordamida ochiladigan «Формат ячеек» nomli muloqat oyna yordamida amalga oshiriladi.
Yacheykalar formatlashdan avval ular belgilab olinadi. Belgilash sichqoncha yordamida yoki Shift va kursorni yo’naltiruvchi tugmalar kombinatsiyasi orqali amalga oshirish mumkin. Bunda asosan bir qator bir biriga qo’shni yacheykalr belgilanadi. O’zaro qo’shni bo’lmagan yacheykalarni belgilash uchun “Ctrl” tugmasini bosib turgan holda sichqoncha orqali belgilanadi.
«Формат ячеек» muloqat oynasi «Число», «Выравнивание» «Шрифт», «Рамка», «Вид» ва «Защита» nomli bandlardan iborat. Bu bo’limlar faollashtirilganda ularga doir tanlanma muloqat oynalar ochiladi.
  • “Число” bandi tanlanganda yacheykaga kiritiladigan quymatlar turlarini ko’rasatuvchi tanlash maydoni ochiladi. Excelda yacheykalarga quyidagi turli ma’lumotlarni kiritish mumkin: Umumiy (Общий), Sonli (Числовой), pul birligi bilan aniqlanadigan (Денежный), moliyaviy (Финансовый), sana (Дата), vaqt (Время), foiz (Процентый), matnli (Текстовый)va boshqalar. Bu tanlanmalarni tanlash bilan ajratilgan yacheykalar shu formatga ega bo’lib qoladi.
  • «Выравнивание» bandi ma’lumotlarni yacheykada joylashish o`rnini belgilaydi. Uning oynasida yacheykadagi ma’lumotlarni gorizontal va vertikal joylashtiruvchi, yacheykaga sig’magan so`zlarni ni keyingi qatorga avtomatik ko`chirish, yacheykalarni birlashtirish, yozuv yo`nalishini belgilash kabi bir qancha parametrlar mavjud. Bu parametrlarni o’rnatish orqali elektron jadval ma’lumotlarini jadvalda joylashuvi format qilinadi.
  • «Шрифт» bo`limi yordamida yacheykadagi ma’lumotlar shrift turi, o’lchami, ko’rinishi, rangi va boshqa parametrlarini o`zgartirish mumkin.
  • «Рамка» bo`limi yacheykalarni ramkaga olish uchun xizmat qiladi. Bu oynada ikkita ichki maydon mavjud bo`lib, ular ramkaga olish turlarini va ramkaga olish chiziqlarining qalinligini belgilaydi.
  • «Вид» bo`limi ajratilgan yacheykalarni foni rangini o`zgartirish uchun xizmat qiladi.
  • «Защита» bo`limi yordamida ajratilgan yacheykadagè yozuvlarni o`zgarishdan qimoyalab qo`yish mumkin. Bu amalni bajarishdan oldin joriy listni qimoyalash zarur, buning uchun “Рецензирование” lentasida joylashgan «Защитить листь» buyrug’ini berish va kerakli parolni kiritish kerak bo`ladi.


Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin