Ma’ruza №16 Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong‘in xavfi bо‘yicha toifasi. Elementlarining yonuvchanlik guruhi va olovga chidamlilik chegarasi bо’yicha bino va inshootlarning darajalarga bо‘linishi



Yüklə 38,5 Kb.
səhifə4/4
tarix02.06.2023
ölçüsü38,5 Kb.
#122799
1   2   3   4
Temirbeton qurilmalari o’zining olovda Yonmasligi va issiqlikni o’tkazuvchanlik koyfisenti uncha kata bo’lmaganligi sababli, Yong’inga etarli darajada qarshilik ko’rsataoladi, ammo bu qarshilik cheksiz davom etaverishi mumkin emas. Temirbeton qurilmalarining qalinligi uncha kata bo’lmaganligi tufayli, ularning o’tga chidamliligi ham chegaralangan bo’ladi, va u ko’pincha 1 soatdan oshmaydi. Agar beton qurilmaning namligi 3,5 % dan yuqori bo’lsa, qisqa muddatli Yong’inlarda beton sirtida mikro va makro Yoriqlar hatto portlashlar hosil bo’lib, qurilma tezda o’zining ustuvorlik xususiyatini yuqotaboshlaydi va o’tga chidamliligi keskin pasayib boradi.
To’siq vazifasini o’tovchi, temirbeton qurilmalarning Yong’inga teskari turgan tomonini 160oS ga qizdirilganda uning o’tga chidamliligi, namligiga, qalinligiga va betonni turiga bog’liq bo’ladi. Qalinligini oshishi va zichligini kamayishi, betonning o’tga chidamliligini oshishiga olib keladi.
Agar temirbeton tomYopg’ich plitalarning armatura ustidagi himoya qobig’i 10 mm bo’lib, armaturasi A-I, A-II sinfdagi po’latdan bo’lsa, o’tga chidamliligi 0,75 soatga, Yoki A- III bo’lganda esa 1,0 soatga teng bo’ladi.
Azbestdan tayYorlangan shiferlar 400oS da o’zining xususiyatini yuqota-boshlaydi va 600oS dan oshganda parchalanib otilib ketaboshlaydi.
Temirbeton ustunlarining o’tga chidamliligi ularga qoyiladigan yuklarning markaziy o’qidan qanchalik uzoq Yoki yaqinligiga ham bog’liq bo’ladi. Chunki ustunga qoyilgan yuk markazidan uzoq joylashgan bo’lsa, uning o’tga chidamlilik darajasi ustunning siqilishga ishlaydigan armaturasining himoya qobug’iga bog’liq bo’ladi, ya’ni issiqlik ta’sirida betonning mo’rtlashishi va bosib turgan yuk ta’sirida siqilishi natijasida armatura sirtidagi beton qobiqda mikro portlashlar sodir bo’ladi va sirti ochilgan armaturalar yuqori harorat ta’sirida tezda yumshab, o’zining mustahkamlik xususiyatini yuqotadi. Granit maydalaridan tayYorlangan betonda quyilgan ustunlarni o’tga chidamlilik darajasi ohaktosh maydalaridan tayYorlangan beton ustunnikiga nisbatan 20% kam ekanligi ilmiy asoslangan. Buni granitning tarkibiga kiruvchi kvarsning 573oS daYoq parchalanishi va ohaktoshni esa 800oS dan keyin emirilishi bilan izohlash mumkin.
Devorlarni o’tga chidamliligi ularning qalinligi va ularga qoyilgan yukning vazn miqdoriga bog’liq bo’ladi, ya’ni qalinligini kamayishi va yukning ko’payishi o’tga chidamlilik darajasini pasayishiga va aksincha bo’lganda ko’payishiga olib keladi. Bino va inshootlardagi qavatlar soni ko’paygan sari, ularning devorlariga tushadigan yukning miqdori ham ortib boradi. Shuning uchun ulardagi yuk ko’taruvchi ko’ndalang devorlarning o’tga chidamliligini minimal miqdorini ta’minlash maqsadida, devor qalinligini qavatlar soniga mos ravishda qabul qilinadi, ya’ni 5-9 qavatli jamoa va fuqaro binolarida -120 mm, 12 qavatli bo’lganda-140 mm, 16 qavatgacha bo’lsa -160 mm va qavatlar soni undan oshiq bo’lganda-180 mm.
Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin