Bino qurilmalarining o’tga chidamliligi.
Bino va undagi qurilmalarning o’tga chidamliligi deb, Yong’in sodir bo’lganda ularning yuqori harorat ta’siriga bardosh beraolishi va yuk ko’tarish xususiyatlarini uzoqroq muddatga saqlab qolish qobiliyatiga aytiladi. Bino va inshootlarlarning Yong’in xavfsizligi ko’pchilik hollarda ulardagi qurilma-larni olovda Yonmasligi va o’tga chidamliligi bilan ta’minlanadi. Inshoot qurilmalarining o’tga chidamliligi, ularning eng asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi, bu ko’rsatkich maxsus meyorlardan biri KMK 2.01.02-85 bilan meyorlanadi.
Bu meyorga binoan bino, inshootlar va ulardagi Yong’inga qarshi devorlar bilan o’ralgan qismlari, 5 xildagi (I, II, III, IV i V) o’tga chidamlilik darajalarga bo’lingan. Binolarni o’tga chidamlilik darajasi ularning quyidagi qurilmalari boyicha aniqlanadi: ya’ni devorlar (yuk ko’taruvchi ichki va tashqi, zinaxona va evakuatsiya Yo’llarini o’rab olgan devorlar); ustunlar; zinaxona elementlari; tomYopg’ich plitalar va barcha yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lgan boshqa qurilmalar. I darajali o’tga chidamlibinolarga, yuk ko’taruvchi devorlari temirbeton, beton, tabiiy va sun’iy toshlardan va boshqa, olovda Yonmaydigan ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi.
II darajali o’tga chidamli inshootlarga ham birinchi toifadagi bino va inshootlar kiradi, faqat farqi Shundaki, bularning tomini Yopishda himoyalanmagan metal qurilmalar ishlatilishi ruxsat etiladi.
III darajali o’tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari temirbeton, beton, tabiiy va sun’iy tosh ashyolardan qurilgan inshootlar kiradi. Bularda tomYopg’ich qurilmalarini qiyin Yonadigan ashyolardan Shuvoq, metal tunukalar Yoki azbest plitkalar bilan himoyalash ruxsat etiladi.
IV darajali o’tga chidamli inshootlarga yuk ko’taruvchi devorlari va tomYopg’ich qurilmalari yaxlit Yoki kleylangan Yog’ochlardan va Yonadigan Yoki Yonmaydigan ashyolardan qurilib, Shuvoq Yoki azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi.