V darajali o’tga chidamli inshootlarga devorlari va boshqa qurilmalariga o’tga chidamlilik boyicha talablar qoyilmaydigan barcha inshootlar kiradi.
Qurilmalarni Yong’in sharoitida issiqlik ta’siridan yuk ko’tarish Yoki to’sib turish qobiliyatini yuqolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzulishgacha bo’lgan vaqt oralig’iga, ularni o’tga chidamlilik chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o’lchanib, qurilmalarni sinov boshlangan daqiqadan to quyidagi buzilish belgilarining birortasini paydo bo’lganiga qadar o’tgan vaqt oralig’i bilan ifodalanadi:
-qurilmada alanga Yoki tutun o’taoladigan teshikni paydo bo’lishi;
-qurilmani Yonmay turgan sirtida harorati 160oS ga ko’tarilsa, Yoki uning boshqa ixtiYoriy nuqtasidagi harorat 220oS dan oshib ketsa;
-qurilmaning biror qismi qulab tushishi natijasida yuk ko’tarish qobiliyati kamayib qolganda va h.o.
Qurilmalarni o’tga chidamlilik chegarasi tajriba usuli bilan Yoki analitik xisoblash Yo’li bilan aniqlanadi. Bu usullarning asosiy shart va qoidalari Xalqaro mezonlashtirish tashkilotining tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78 «Yong’inga qarshi qurilishni loyihalashtirish meyorlari» da aks ettirilgan.
Tajriba usulga binoan qurilmalarni haqiqiy o’lchamda namunasi tayYorlanib, maxsus pechlarda oldin isitiladi, keyin ularni ishlatilish joyidagi meyoriy yuklar yig’indisiga mos keladigan holatda yuklantiriladi va sinov boshlani-shidan to uning sirtida o’tga chidamlilik chegarasini anglatuvchi belgilaridan birortasi paydo bo’lganiga qadar vaqt oralig’i aniqlanadi.
Tosh va g’isht qurilmalarining o’tga chidamliligi ularning qaysi ashyodan va qanday qalinlikda tayYorlanganligiga hamda ularni issiqlikka qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Bunday qurilmalarning o’ziga xos o’tda Yonmaslik xususiyati va qalinligi tufayli, ular Yong’in sharoitida olovning ta’siriga uzoq qarshilik ko’rsata oladi.
G’isht va tabiiy-marmar toshdan terilgan devorlar yuqori darajadagi o’tga chidamlilik qobiliyatga ega. Bunday qurilmalar Yong’in sharoitida 900-1000oS harorat ta’siriga chidaYoladi va ularning o’tga chidamlilik chegarasi 1,25-1,5 soatni tashkil etadi. Shu boisdan g’isht va toshdan qurilgan devorlar Yong’in paytida alanga va haroratni Yo’liga yaxshi to’siq bo’laoladi.