Ma’ruza №16 Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong‘in xavfi bо‘yicha toifasi. Elementlarining yonuvchanlik guruhi va olovga chidamlilik chegarasi bо’yicha bino va inshootlarning darajalarga bо‘linishi



Yüklə 38,5 Kb.
səhifə1/4
tarix02.06.2023
ölçüsü38,5 Kb.
#122799
  1   2   3   4

MA’RUZA № 16
Ishlab chiqarish binolarining portlash va yong‘in xavfi bо‘yicha toifasi. Elementlarining yonuvchanlik guruhi va olovga chidamlilik chegarasi bо’yicha bino va inshootlarning darajalarga bо‘linishi.


Reja
1. Bino va inshootlarni yong’in va portlash
2. Xavfi boyicha guruxlanishi.


Tayanch so’z va iboralar: Bino va inshoot, toifalanish, yong’in va portlash, xavf, texnologik, guruhlanishi, moyilligi, engil yonuvchi gazsimon, engil alangalanuvchi suyuqlik, xavfli bosim, chang va gazlar, bug’, issqlik

Bino va inshootlarni yonish va portlashga moyillik darajasini aniqlashdan maqsad ularda sodir bulajak yong’in va portlashlar oqibatida yuzaga keluvchi buzilishlarni va odamlarga xavfli va dahshatli ta’sirini oldini olishdan iborat. Bino va inshootlarni Yonish va portlashga moyilligi, ularning qanday ashyolardan qurilganligiga va ularda mavjud ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan Yoki saqlanadigan xomashyolarning Yonuvchanlik xususiyatlari bilan belgilanadi.


Umumittifoq texnologik loyihalash meyori (ONTP 24-86. 1.2.3) va qurilish qoidalari va meyorlari (KMK 2. 01.02-85) ga binoan sanoat korxonalari va omborlari Yonish va portlash xavfi boyicha 5-ta toifalarga bo’linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari Yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo’lsa faqat Yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifasida esa na Yonish va na portlash xavfi mavjud emas.
Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan Yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug’lari havo bilan aralashganda, portlovchi xavfli bosimi hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan.
A–toifaga Yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan, chaqnab Yonish harorati 28oS dan past bo’lgan, Yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari havodagi kislorod bilan Yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo’lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo’ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimYo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
B-toifaga ham Yonish va portlash xavfi bo’lgan, chaqnab Yonish harorati 28oS dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, Yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo’shilganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo’lib, ular Yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo’ladi. Bunga ammiak ishlab chiqarish sanoatini misol qilib ko’rsatish mumkin.
V-toifaga faqat Yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab Yonish harorati 120oS dan yuqori bo’lgan, Yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda harxil Yoqilg’i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, Yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, kardon, to’l qog’oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin.
G-toifaga, Yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan Yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug’xonalar misol bo’laoladilar.
D–toifaga, Yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va sement zavodlari Shular jumlasidandir.
Bino va inshootlarni Yong’in va portlash xavfi boyicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning Yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so’ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo’lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo’lmasa Yoki sathi 200 m2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa Yoki sathi 200 m2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B toifaga mansub bo’ladi.

Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin