adsorbent qatlamidagi o‘rtacha konsentratsiyaga mos keladigan muvozanat
holidagi konsentratsiyadan kam bo‘lgan adsorbtivning konsentratsiyasiga erishish
ancha murakkab.
Bir pog‘onali adsorber kamchiliklari ko‘p pog‘onali, qarma-qarshi yo‘nalishli
qurilmalarda bartaraf qilingan.
18.5-rasm. Uzluksiz ishlaydigan, birpog‘onali mavhum qaynash qatlamli adsorber.
1 - qobiq; 2 - gaz taqsimlagich; 3 – chang yig‘gich.
Ko‘p pog‘onali, mavhum qaynash qatlamli adsorber
18.6-rasmda
tasvirlangan. Bu qurilma kolonna tipida bo‘lib, ichida
quyilish patrubkali gaz
taqsimlovchi tegishli panjaralar joylashtirilgan. Quyilish patrubkalari bir vaqtning
o‘zida tamba vazifasini o‘taydi, ya’ni gaz oqimini o‘zidan o‘tkazmaydi. Adsorbent
qurilmaning tepasidagi shtutserdan eng yuqori tarelkaga uzatiladi va undan so‘ng
pastda o‘rnatilgan tarelkalarga quyilish patrubkasi orqali birin-ketin o‘tadi. Eng
pastdagi tarelkadan shlyuzli tamba orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Boshlang‘ich bug‘-gaz aralashma esa adsorberning pastki qismidagi
shtutserdan kiritiladi va tepadagidan chiqariladi.
Bu turdagi qurilmalarda bug‘-gaz aralashma ko‘ndalang kesim bo‘ylab bir
tekisda taqsimlanadi va fazalar o‘rtasida intensiv massa almashinish yuz beradi.
Natijada, adsorbentning to‘yinishi bir xil va eng katta
yutish qobiliyatiga ega
bo‘ladi.
Bir pog‘onali adsorberlardan farqli, ko‘p pog‘onali qurilmalar ideal siqib
chikarish sxemasida ishlaydi. Bu hol adsorbsiya jarayonini
fazalar qarama-qarshi
yo‘nalishida olib borish imkonini yaratadi.