18.6-rasm. Ko‘p pog‘onali, mavzum qaynash qatlamli adsorber.
1 - qobiq; 2 –
gaz taqsimlovchi teshikli panjara; 3 - quyilish patrubkasi; 4 – shlyuzli tamba.
Sanoatda qo‘llaniladigan nasadkalarning ba’zi bir turlari va ularni qurilmada
joylash usullari 18.7-rasmda keltirilgan. Bu nasadkalarning ichida eng keng
tarqalgan nasadka Rashig halqalaridir. Undan tashqari, keramik jism, koks,
maydalangan kvars, polimer halqa, metall to‘r va panjara, shar, propeller va
parrak, egarsimon element va boshqa jismlar ishlatiladi. 18.8-rasmda nasadka
gidravlik qarshilining kolonnadagi gaz tezligiga bog‘liqligi keltirilgan.
Rashig halqalarining o‘lchamlari kattalashishi bilan solishtirma yuzasi 300;
204; 87,5 m
2
/m
3
va bo‘sh hajmi 0,7; 0,74; 0,785 m
3
/m
3
miqdorlarga teng bo‘ladi.
Nasadkali absorberlarda taqsimlovchi moslama orqali purkalayotgan
suyuqlik, gazning kichik tezliklarida, nasadka ustida yupqa qatlam ko‘rinishida
oqadi. Nasadkaning ho‘llangan yuzasi fazalarga to‘qnashish yuza vazifasini
bajaradi. SHuning uchun, nasadkali absorberlarni yupqa qatlamli qurilmalar deb
qarash mumkin. Suyuq faza qurilmalar devori atrofida yig‘ilib qolmasligi uchun
nasadka bir necha seksiyaga yuklanadi. Suyuqlikni bir tekisda taqsimlash uchun
seksiyalar orasida qayta taqsimlash moslamalari o‘rnatiladi. Nasadkali
kolonnalarda gaz va suyuqlik qarama - qarshi harakat qiladi.
18.8-rasm. Nasadka gidravlik
qarshiligining
kolonnadagi
gaz tezligiga bog‘liqligi.
1 -
quruq nasadka; 2 - namlangan
nasadka.
18.7-rasm. Nasadka turlari.
a - yassi
parallel; b - keramik fasonli va ularni joylash usullari
(v-betartib; g-tartibli)
http://hozir.org