Uzulishlar kontrolleri tizimli magistralning apparat uzulishlarini protsessorni apparat uzulishiga o‘zgartirib beradi va uzulish vektorining manzilini beradi. Uzulish kontrollerining barcha vazifalarini bajarish ish tartiblarini protsessor tomonidan ish boshlanishidan oldin dasturiy beriladi.
Xotiraga bevosita ega bo‘lish (XBEB) kotrolleriXBEB so‘rovlarini tizimli magistraldan qabul qiladi, uni protsessorga uzatadi, so‘ng protsessor tomonidan magistral berilgach xotira bilan kiritish/chiqarish qurilmasi o‘rtasida axborot jo‘natish amalga oshiriladi. XBEB kontrollerining barcha vazifalarini bajarish ish tartiblarini protsessor tomonidan ish boshlanishidan oldin dasturiy beriladi. Kompyuterlarda joylashtirilgan uzulish va XBEB kontrollerlarini ishlatilishi kengaytirish platasida qo‘llaniladigan apparatlarni jiddiy soddalashtirishga imkon beradi.
Qayta tiklash kontrollerishina orqali maxsus qayta tiklash sikllarni o‘tkazish yo‘li bilan davriy ravishda dinamik operativ xotiradagi axborotni yangilab turadi. Qayta tiklash sikli vaqtida u shinaning xo‘jayini (beruvchi) bo‘lib qoladi.
Qayta tiklash kontrolleri shina orqali maxsus qayta tiklash sikllarni o‘tkazish yo‘li bilan davriy ravishda dinamik operativ xotiradagi axborotni yangilab turadi. Qayta tiklash sikli vaqtida u shinaning xo‘jayini (beruvchi) bo‘lib qoladi.
Axborot baytlarini joyini o‘zgartiruvchi16-razryadli va 8-razryadli qurilmalar o‘rtasida axborot almashuviga xamda butun so‘zlarni yoki aloxida baytlarni jo‘natishga yordam beradi.
Real vaqt soati va taymer sanoq qurilma – bu qurilma vaqt va kunlarni ichki nazorat qilish uchun va shuningdek vaqt oraliqlarni dasturiy taminlab turishga, chastotani dasturiy berishga va xokazolarga xizmat qiladi.
Kiritish – chiqarishning tizimli qurilmalari - bu shundek qurilmalarki, ular kompyuterning ishlashi va parallel xamda ketma-ket interfeyslar orqali standart tashqi qurilmalar bilan muloqat qilishga uchun zarurdir. Ular ona platada joylashtirilgan bo‘lishi mumkun va shuningdek kengaytirish platasida xam joylashtirilgan bo‘lishi mumkun.