Ma’ruza №2 Kompyuterlarni tashkil etilishi tamoillari va klassifikatsiyasi



Yüklə 17,46 Kb.
səhifə5/7
tarix02.02.2023
ölçüsü17,46 Kb.
#82375
1   2   3   4   5   6   7
Ma’ruza №2 Kompyuterlarni tashkil etilishi tamoillari va klassif-fayllar.org

Analog xisoblash mashinalari, yoki uzuliksiz xisoblash mashinalari, ular uzuluksiz shakldagi axborotlar bilan ishlaydilar, yani qandaydir fizik kattalikdagi uzuluksiz qatorga ega bo‘lgan qiymatlar ko‘rinishidagi (ko‘pincha elektr kuchlanishi). AXM juda sodda va foydalanishga qulay; bu mashinada ishlashda masalalarni dasturlash uchun odatda ko‘p mexnat ta’lab etilmaydi. Masalani yechish tezligi operatorning xoxishi bo‘yicha o‘zgarishi mumkun va xoxlagancha yuqori tezlikda amalga oshirish mumkun (RXM qaraganda yuqori), ammo masalani yechish aniqligi esa juda past (nisbiy xatoligi 2 – 5 % gachan). AXM murakkab mantiq ta’lab etilmaydigan va tarkibida differensial tenglama bo‘lgan matematik masalalar samarali yechiladi.

    DXM (duragay (gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida AXM va RXM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    DXM (duragay (gibrid) xisoblash mashinasi), yoki kombinatsiyalashtirilgan xisoblash mashinasi, raqamli va uzuluksiz shaklda ifodalangan axborotlar bilan ishlaydi. Ular o‘zida AXM va RXM afzalliklarini mujassamlashtirgan bo‘ladi. DXM ni murakkab tez ishlovchi texnik majmualarni boshqarish masalalarini xal qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

    Iqtisodda va shuningdek ilim xamda texnikada eng ko‘p foydalaniladigan va tarqalgan turi bu RXM, odatda ularni raqamli xususiyatini eslatmasdan oddiy kompyuter deb ataladi.

    Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:

    Yaratilish bosqichi va element asosi bo‘yicha kompyuterlarni shartli ravishda avlodlarga bo‘linadi:


  • 1-avlod, 1950 yillar: elektron vakuumli lampalardagi EXM;

  • 2-avlod, 1960 yillar; diskret yarimo‘tkazgichli asboblardagi EXM (tranzistorlardagi);

  • 3-avlod, 1970 yillar; yarimo‘tkazgichli kichik va o‘rta integral sxemalardagi kompyuterlar (bitta g‘ilof ichida yuzlab – minglab tranzistorlar joylashtirilgan). Integral sxema – maxsus vazifalar uchun mo‘ljallangan elektron sxema, u yaxlit yarimo‘tkazgichli kristal sifatida bajarilgan bo‘lib, o‘zida katta sondagi aktiv elementlarni (diod va tranzistorlarni) birlashtiradi;

  • 4-avlod, 1980-90 yillar; katta va juda katta integral sxemalardagi kompyuterlar, ularning asosiysi – mikroprotsessorlar (bitta kristalda o‘n mingta’lab – millionlab aktiv elementlar mavjut). Katta integral sxemalarda aktiv elemantlar shunchalik zich joylashtirilganki, 1-avlod kompyuterining barcha elektron qurilmalari 100 – 150 m2 maydonni egallagan bo‘lsa, xozir 1,5 – 2 sm2 maydonni egallovchi bitta mikroprotsessorga joylashtirilgan. Juda katta integral sxemalardagi aktiv elementlar o‘rtasidagi masofa 0,032 – 0,11 mikronni tashkil etadi (solishtirish uchun, odamning soch tolasining qalinligi bir necha o‘n mikronga teng).

  • 5-avlod, xozirgi vaqt (2015...); bir necha o‘nlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlardan tashkil topgan kompyuterlar, ular yordamida bilimlarga ishlov berishning samarali tizimlarini qurishga imkoniyat mavjut; parallel tarkibli juda murakkab mikroprotsessorlarda bajarilgan kompyuterlar bir vaqtning o‘zida dasturning o‘nlab ketma-ket ko‘rsatmalarini bajara oladilar.

  • 6-avlod va keyingilari: yalpisiga parallellashtirilgan va neyron tarkibdagi optoelektron kompyuterlar, ularda ko‘p sonli murakkab bo‘lmagan mikroprotsessorlarning taqsimlangan tarmoqli bo‘lib, neyronli biologik tizimning modeli kabidir.

    Yüklə 17,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin