Ma`ruza №2 Mavzu: Ruda va konsentratlarni kuydirish. Reja: 1


Konsentratsion stolda boyitish



Yüklə 67,71 Kb.
səhifə11/17
tarix12.02.2023
ölçüsü67,71 Kb.
#83937
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
2-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari

Konsentratsion stolda boyitish
Konsentratsion stolda boyitish - mayda donachali mahsulotni gravitatsion usulda boyitishning eng ko‘p tarqalgan usuli. Konsentratsion stollar qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshka rudalarni boyitishda keng qo‘llaniladi.
Konsentratsion stolda boyitish mineral zarrachalarning zichligi va o‘lchamidagi farqqa qarab qiya tekislik bo‘ylab harakatlanayotgan suv oqimi yordamida ajratishga asoslangan. Konsentratsion stolda samarali boyitishning eng asosiy sharti - rudani gidravlik klassifikatorlarda teng tushuvchi zarrachali sinflarga ajratishdir.
SKM - 1 A markali konsentratsion stol trapetsiya shaklidagi yassi yuzadan iborat - bu yuza deka deyiladi. Deka romb yoki parallelogramma shaklida ham bo‘lishi mumkin. Deka yog‘ochdan yoki alyuminiydan tayyorlanib, ustidan linoleum, rezina, poliuretan va x..q material bilan qoplanadi. Ular shuningdeq stekloplastdan ham tayyorlanadi. Dekaning yuzasida ingichka va uzun plankalar o‘rnatiladi. Bu plankalar yog‘och yoki rezinadan tayyorlanadi. Plankalarning uzunligi va balandligi mahsulot beriluvchi tomonga qarab kamayib boradi.
Konsentratsion stol unga ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab yoki romb va parallelogrammaning diogonali bo‘ylab qaytarma-ilgarilama yo‘nalishda harakat beruvchi uzatmaga ulanadi. Deka tirsakli richagga maxkamlangan g‘ildirakchali rolikka (konki) tayanadi. Mahsulot beriluvchi tarafda joylashgan uchta tirsakli richagni tyaga birlashtirib turadi.
Maxovich orqali stol yuzasiga uning harakatlanish yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda uncha katta bo‘lmagan qiyalik berilishi mumkin.
Stolning uzatmasi elektrodvigatel, tasmali uzatma, richagli-ekssentrik mexanizmdan iborat bo‘lib, stol dekasi bilan tyaga orqali ulanadi.
Dekaning mahsulot berilish tomonga yurish vaqtida (zadniy xod) dekaning tirgak va tayanchi orasida urnatilgan prujina siqiladi, buning teskarisida esa (peredniy xod) prujina yoziladi va dekani oldinga itaradi. Prujinaning sikdlish darajasi gayka bilan boshqariladi.
Stol ishlayotgan paytda deka notekis harakatlanadi. Deka oldinga harakatlanganda uning tezligi asta-sekin ortadi, yurishning oxirida maksimumga etadi, keyin esa 0 gacha keskin kamayadi.
Deka orqaga harakatlanayotganda uning tezligi maksimalgacha keskin ortadi, keyin esa sekin 0 gacha kamayadi.
Dastlabki mahsulot bo‘tana xdlida mahsulotni yuklash kutisiga beriladi. Suv esa yuqoridagi arikchaga berilib, aylanuvchi parrakchalar orqali dekaning yuzasida tarqaladi.
Mineral zarrachalar aralashmasining stol dekasida ajralishi quyidagicha sodir bo‘ladi. Mahsulotni yuklash qutisidan stol yuzasiga tushuvchi mineral zarrachalar ikkita kuch ta’siriga uchraydi: bo‘ylama oquvchi suvning yuvuvchi kuchi va dekaning ilgarilama-qaytarma harakati natijasida sodir bo‘luvchi stol bo‘ylab harakat qiluvchi inersiya kuchi.
Dekaning qaytariluvchi ilgarilama-qaytarma harakati natijasida ruda aralashmasi deka bo‘ylab harakatlanadi. Bunda turli zarrachalarning harakatlanish tezligi bir xil emas: katta inersiya kuchiga ega zichligi katta zarrachalarning deka bo‘ylab harakatlanish tezligi kichik zichlikka ega zarrachalarning oldinga harakatlanish tezligiga nisbatan katta bo‘ladi. Biroq kichik zichlikka ega zarrachalarga suvning yuvuvchi oqimi kuchliroq ta’sir qiladi, chunki segregatsiya natijasida ular zichligi katta zarrachalarning ustida joylashgan bo‘ladi. Inersiya kuchi va suv oqimining gidravlik kuchi ta’sirida kichik zichlikka ega zarrachalar dekaning ko‘ndalang yuzasi bo‘ylab zichligi katta zarrachalarga nisbatan tezroq harakatlanadi.
Plankalarning vazifasi - stol yuzasida mineral zarrachalar aralashmasini ushlab qolish va ularni suv tez bilan yuvilib ketishiga qarshilik qilish, chunki suvning yuvish kuchi zarrachalarning yuzaga ishqalanish kuchidan kattaroq. Plankalar orasida mineral zarrachalar aralashmasining qavatlanishi sodir bo‘ladi: pastki qavatda mayda og‘ir zarrachalar, keyin yirik og‘ir zarrachalar, mayda yengil va oxirida-yirik yengil zarrachalar joylashadi.

Yüklə 67,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin