SONET tizimining arxitekturasi: signallar, qurilmalar va ulanishlar
Signallar: SONET(SDH) STS (Synchronous Transport Signals - elektrik signallar) deb ataladigan darajalar ierarxiyasini belgilaydi. Tegishli ravishda optik signallar OC (Optik tashuvchilar) deb ataladi
Qurilmalar: STS Multiplexer/Demultiplexer, Regenerator, Qo‘shish/O’chirish(Add/Drop) multiplekser va terminallar
Ulanishlar: SONET qurilmalari bo‘limlar, chiziqlar va yo‘llar yordamida ulanadi.
PDH ierarxiyasining tezligi xozirda jihatdan juda past xisoblanadi. Optik-tolali kabellar bitta tolali orqali bir soniyada bir necha gigabit soniya tezlik bilan ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydi, bu bir kabeldagi o`n minglab foydalanuvchilar kanallarini birlashtirilishini ta’minlaydi, ammo bu xususiyat PDH tomonidan amalga oshirilmaydi - uning tezligi iearxiyasi 139 Mb/s bilan tugaydi.
Sinxron Digital Hierarchy, SDH sinxron raqamli ierarxiya deb ataladi va birlamchi raqamli tarmoqlarning kamchiliklar bartaraf etiladi texnologiyalardan biridir.
SDH iearxiyasi.
SDH darajasi tarmoq inshootini va guruh signallarining uzatish tezligini tarmoq tugun interfeysi (TTI) orqali aniqlaydi. Hozirgi vaqtda SDH sinxronlashtirilgan STM-N transport modullariga mos keladigan transmissiya stavkalari bilan oltita darajaga ega.