Maruza-3 : Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi
fanining qisqacha tarixi. O'zbekistonning boshlangich
sinflarida tabiatshunoslikning o'qitilishi.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodtkasining tarixi shuni ko'rsatadiki,
muayyan darajadagi hal qilinadigan asosiy muammolar, ya'ni ta'limning
mazmuni, o'qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta'siri kabi masalaiar
o'qituvchilar va metodistlar tomonidan hal etiladi. Bu narsa ko'pincha ularning
ijodiy tashabbusiga bog'liq bo'ladi. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi ham o'z
tarixiga ega. Uni vujudga kelishiga ko'plab biolog olimlar, metodistlar va
o'qituvchilarning xizmatlari singgan.
Turli ijtimoiy sharoitlarda yaratilgan ko'plab metodik qo'llanmalar va
darsliklar shular jumlasidandir.
Boshlang'ich sinflarda tabiatshunoslikning o'qitilishi. O'zbek tilida
tabiatshunoslik bo'yicha birinchi tarjima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi.
Bular: «Boshlang'ich jug'rofiya» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi),
«Turkiston» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi) kabi asariar edi. T. N.
Qori Niyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi o'qituvchilar uchun yaratilgan
dastlabki qo'llanmalardan biri hisoblanadi.
1927—1929 yillarda birinchi bosqich maktab o'quvchilari uchun
o'lkashunoslik darsliklari «Kichik turkistonlik», «Bizning o'lka», «Tabiiyot
bo'yicha o'qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi.
1948- yildan boshlang'ich sinflarda tabiiyotni o'qitish tizimi o'zgardi. 1—3
sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o'qish orqali o'rganila boshlandi.
Tabiiyot o'quv predmeti sifatida 4-sinfga kiritildi va o'zbek tiliga tarjima qilingan
sobiq RSFSR dasturlari bo'yicha mahalliy materiallardan foydalanib o'rganildi.
1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, «Rus tilida o'qish olib
boriladigan O'zbekiston maktablarining 1—4- sinflari uchun dastur» — metodik
yo'1-yo'riqlar yaratdi, unda 1—3- sinf o'quvchilari bilan darslar va darsdan
tashqari vaqtlarda (o'qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o'tkazishga
alohida e'tibor berildi.
1960- yildan boshlab yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3— 4-sinflardagi
tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik fanini
o'qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili O'zbekistonning tabiiy sharoitlari,
o'simlik va hayvonot dunyosining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi
«Tabiatshunoslik» darsligi (Y.M.Belskaya va boshqalar) yaratildi.
1970- yillarda O'zbekiston maktablarida yangi o'quv rejasi va dasturlari
joriy etilishi munosabati bilan 2—3- sinflarda «Tabiatshunoslik» predmeti o'qitila
boshlandi, uni o'rganishga o'qish rus tilida olib boriladigan sinflarda 35 va 70
soatdan, o'qish o'zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 soatdan vaqt
ajratildi.
1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o'zbek tillarida 2-sinf uchun
«Tabiatshunoslik» darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang'ich
maktab dasturi bo'yicha o'qitildi. U ikkinchi sinf o'quvchilarining yosh
xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi, unda O'zbekiston o'simliklari va
hayvonot dunyosining tipik xususiyatlari o'z aksini topdi
1974- yili 3- sinf uchun «Tabiatshunoslik» darsligi chop etildi. Unda
«O'lkamizning tabiati» mavzusiga katta e'tiborberildi. Uni o'rganish 2- sinfda
o'tkazilgan kuzatishlarni umumlashtirish bilan boshlanar, tabiatdagi mavsumiy
o'zgarishlarni hisobga olgan holda olib borilar edi. Topshiriqlar O'zbekistonning
jonsiz tabiati obyektlari, o'simliklari va hayvonlarini kuzatishlardan mukammal
foydalanishni nazarda tutar edi.
O'qituvchilar uchun ham metodik qo'llanmalar nashr etilgan bo'Iib, ularda
tabiatshunoslik kursi metodikasi 2—3 sinflarda shu fanni o'rganish xususiyatlari
hisobga olingan holda bayon qilingan.
1986- yildan boshlab maktablarda to'rt yillik boshlang'ich ta'limga o'tish
munosabati bilan boshlang'ich sinf uchun atrofdagi olam bilan tanishtirish va
tabiatshunoslik bo'yicha dasturlar hamda «Atrof olam bilan tanishtirish” va
«Tabiatshunoslik» kurslari bo'yicha o'quv-metodik komplekslar (darsliklar,
metodik qo'llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli
bo'yicha o'quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojlantirilishi sinfdan-
sinfga o'tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib, kcngaytirib borish, tuzilishga yagona
yondashish, tuzilishning vorisligi bilan ta'minlandi. Ushbu dastur hamda
darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng uning dastlabki
yillariga qadar amalda bo'ldi.
Respublikamiz
mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiy
rivojlanishning o'ziga xos yo'liga ega bo'ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo'lgani
kabi ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ta'limning maqsadi,
vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Uzluksiz ta'lim
tizimida davlat ta'lim standardarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida»gi
1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan «Davlat ta'lim standarti
to'g'risidagi Nizom» tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta'lim 4 yillik deb qabul
qilindi va 1—2- sinflarda «Atrofimizdagi olam» va 3—4- sinflarda
«Tabiatshunoslik» fanlarining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi.
Respublikamiz miqyosida ushbu huijatlarga muvofiq va «Davlat ta'lim
standarti to'g'risidagi Nizom» ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib
borilmoqda.
Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasining qisqacha tarixi.
Tabiatshunoslik
o‘qitish metodikasi fani o‘zining II asrlik tarixigaega.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasining tuzilishi XVIII asrda “Rossiya
imperiyasi xalq bilim yurtlari Ustavi-Nizom” da tabiatshunoslik va geografiyani
o‘quv predmeti sifatida kiritilishi bilan bog‘liq.
Unda maktablar tuzilishi va о‘quv jarayonini mazmuni belgilab berildi.
Yekaterina II hukumati kapitalizm tuzumini jadal rivojlantirish uchun ilmli
kishilarga muhtoj edi. Shu bois o‘qituvchilar tayyorlash uchun xalq bilim yurtlari
hamda o‘qituvchilar seminariyasi tashkil qilindi.
Tabiatshunoslik o‘qitishning amaliy maqsadi - o‘qituvchilami tabiat bilan,
turli minerallar, tog‘ jinslari, o‘simlik, hayvonlar bilan tanishtirish maqsadida
ulaming inson ehtiyojlarini qondirishda foydalanishdan iborat. 1976-yilda
Nizomda barcha o‘simliklarni emas, balki odam tomonidan turli maqsadlarda
foydalaniladigan o‘simliklar haqida tabiat boyliklaridan foydalanish uchun
zamriy bilimlar tabiatshunoslikka kiritilishi ko‘rsatilgan.
Ushbu yo'nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754-
1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi,
o'qituvchilar seminariyasida leksiyalar o'qidi. 1786- yili V.F. Zuyev «Tabiiyot
tarixining ko'rgazmalari» nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiiyotni o'rganish
izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o'simliklar dunyosi (botanika),
hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko'rsatilgan. Bu darslik o'quv predmeti sifatida
tabiiyot faniga asos soldi.
V.F. Zuyev maktab o'quvchilarining tabiiy obyektlarni o'rganishlarini
yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o'simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar
orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o'quvchi o'z
o'lkasining tabiatini albatta o'rganishi kerakligini ko'rsatdi, bu kitob o'qitishning
hozirgi o'lkashunoslik tamoyiliga nios keladi. Biroq bu ilg'or g'oyalarning fanda
hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron bo'lgan sharoitda, o'quvchilardan
faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga
oshirilishi mumkin emas edi.
XIX asr o'rtalarida ilg'or pedagogik fikrlarning taraqqiyotiga Konstantin
Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870) o'zining munosib hissasini qo'shdi. U
kuzatish metodini tabiatni bilib olishning samarali metodi deb hisobladi, «Ona
tili» va «Bolalar dunyosi» nomli o'qish kitoblariga tabiatshunoslik materiallarini
bayon qilib, kuzatish va tajribalar o'tkazishni talab etuvchi tabiat to'g'risidagi
materiallarni kiritdi.
K.D.Ushinskiy bolalarni tabiat bilan tanishtirishni o'z joyi, o'z o'lkasini
o'rganishdan boshlashni taklif etdi, bunda kitobni o'qish yoki o'qituvchi
axborotidan olingan taassurotlarni bola kuzatishlar yordamida tekshira olsin.
Ushinskiyning ta'kidlashicha, o'z joyi tabiatini o'rganishning bosh metodlaridan
biri kuzatishdir, chunki kuzatish kuzatuvchanlikni vujudga keltirishga yordam
beradi.
«Bolalar dunyosi» kitobida muallif bolalarning nutqini rivojlantirish, ularni
oddiy mantiqiy ishlarga o'rgatish uchun tabiatni qanday kuzatish zarurligini
ko'rsatib berdi. Mustaqil qabul qilinganlargina o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt
saqlanib qolishini tasdiqlab, pedagogik jarayondagi kuzatish metodining rolini
ko'rsatib berdi.
Kuzatishlar, tajribalar va ekskursiyalar bilan bog'lab tabiiyot o'qitish
tizimini birinchi bo'lib Aleksandr Yakovlevich Gerd (1841-1888) taklif qildi. U
ko'rgazmali o'qitish bola idrokining bor (real) holatiga muvofiq bo'lishi
kerakligini ta'kidladi. Gerd bunyodga keltirgan tizimda tabiiyotni o'rganish jonsiz
tabiatdan boshlanadi, u boshlang'ich sinflarda jonsiz tabiat kursini o'qitish
metodikasini ishlab chiqdi. «Tabiiyot qisqa kursi» nomli darslik, shuningdek,
«Yer, havo, suv» nomli o'quv qo'llanma va ularni o'qitishga old «BoshIang'ich
maktabda predmetli darslar» nomli metodik qo'llanma (1883) yozdi. Bu kitob
uzoq vaqtlargacha jonsiz tabiat kursi bo'yicha asosiy qo'llanma bo'lib keldi.
XX asr boshlarida boshlang'ich maktabda tabiiyot o'qitilishida uch
yo'nalish belgilandi. Chunonchi, Dmitriy Ivanovich Tixomirov «Boshlang'ich
maktabda rus tili darslarida nimani va qanday o'qitish kerak» (1901) kitobida
tabiiyotni izohli o'qitishga kiritish o'rniga asosiy o'quv predmeti sifatida ajratishni
taklif qildi. Tabiiyotni izohli o'qitish o'quvchilarga tabiat to'g'risida bir butun
tasavvur bera olmagan, chunki ular tabiat to'g'risida tarqoq ma'lumotlar olar
edilar, xolos. Shuningdek, ular tabiat jismlari va hodisalari to'g'risida aniq
bilimlar olmas edilar, chunki tabiat jismlari va hodisalari bilan tanishtirish bir
tomonlama, kitob tilida — og'zaki metodlar bilan olib borilgan. Bu yo'nalishga
Vladimir Aleksandrovich Gerd (1870— 1926) o'zining «Boshlang'ich maktab
kursidagi tabiiyot alohida predmet sifatida» (1917) nomli kitobida jiddiy qarshi
chiqdi. U D.I. Tixomirov takliflarini tanqidiy tahlil qilib, tabiiyot darslarini izohli
o'qitish darslari bilan almashtirish mumkin emas, degan xulosaga keldi.
XX asr boshlarida tabiyot fanlari izohli o‘qish darslari tarkibida bo‘lganida
bu yo‘nalishga Vladimir Aleksandrovich Gerd qarshi chiqdi. U o‘zining
“Boshlang‘ich maktab kursidagi tabiyot alohida pred- met sifatida” nomli
kitobida asoslab berdi. Gerd boshlang‘ich maktabda tabiatni alohida predmet
sifatida ajratish zarurligini ta‘kidladi. Bu predmetni joriy qilinishi bilan xarakteri,
material, hajmi, o‘rganish izchilligini tuzish va o ‘quv soatlari ajratilishini ta
’minlashni talab qildi.
Sovet hokimiyati o‘matilishi bilan bu fanga - tabiyotga munosabat ham
o‘zgardi, ya’ni o‘rta maktablarda asosiy o‘quv predmeti sifatida o‘qitiladigan
bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida yangi dastur tuzishni talab qilardi. Shunga muvofiq,
1919-yilda maorif komissarligi tomonidan tabiyot bo‘ycha dastur tuzildi. Unga
sayohat va amaliy ishlarga qayta e’tibor berildi. 1923-yilda boshlang‘ich sinflar
uchun kompleks dasturlar joriy qilingan edi. Unda barcha o‘quv materallari o‘quv
yiliga qadar “Tabiat”, “Mehnat”, “Jamiyat” boTimlariga “0‘rmon”, “Kuz”,
“Qish”, “Bahor”, “Yoz” mavzulari bo‘yicha tasdiqlangan edi.
Mazkur dasturlari shunda ediki, tabiat bo‘yicha bilimlar hajmini
ko‘payishga bolalami tabiat (to‘g‘risida) bilan bo`ladigan muloqotini tartibga
solishga, tabiatdagi mehnatga ko‘proq e’tibor berishga imkon beradi. Ammo, ular
jiddiy kamchiliklarga ega edi: tabiatga doir mavzularni o‘rganishda arifmetika va
ona tili bo‘yicha ham ma’lumotlar berilgan edi, bu muntazam bilim egallashga
xalaqit berar edi. Tabiyot bo‘yicha darsliklar yo‘q edi. Topshiriqlar qisqa
tushuntimvchi matnlar tariqasida boTgan. 1931-yili komplekt dasturlar bekor
qilindi. Uning o‘miga predmetlar bo‘yicha dasturlar bekor qilindi. 1-4-sinflarda
tabiyot o‘qitish kiritilgan edi, ammo o‘qitishdi tartib yo‘q edi.
Bunda V.A.Gerd boshlang'ich maktabda tabiiyotni alohida predmet sifatida
ajratish zarurligini ishonchli ravishda isbot qildi. Uning fikricha, faqat shu
sharoitdagina dasrlarda shu predmetga xos metodlardan foydalanish va shu
asosda bolalarga bilim berish, tabiat to'g'risida yaxlit tasawur hamda tabiat
hodisalarining farqiga bora olish uquvini hosil qilish imkoniyati tug'iladi. Bu
predmetni joriy qilinishi bilim xarakteri, material hajmi hamda o'rganish
izchilligini tuzishni, shuningdek, o'quv soatlari ajratilishini va kursning umumiy
tizimida darslar vorisligini ta'minlashni talab qiladi.
Bu masalaga Vasiliy Prokofyevich Vaxterov birmuncha boshqacharoq
qaradi. U «O'qitishning predmetli metodi» nomli kitobida tabiiyotni og'zaki
o'qitishga qarshi chiqib, tabiatni kuzatishlar, tajribalar, tabiat jismlarini namoyon
qilishga tayanib o'rganishni, ya'ni predmetli o'qitishning muhimligini isbotladi.
Biroq boshlang'ich sinflarda tabiiyotni maxsus o'quv predmeti sifatida ajratishni
yoqlamagan holda «predmetli o'qitishga alohida o'quv predmeti sifatida qarash
mumkin emas», deb ta'kidladi. Bu uch yo'nalish: «Tixomirovcha» — boshlang'ich
sinflarda tabiiyotni o'rganishni izohli o'qitishga kiritish; «vaxterovcha» —
tabiiyot bo'yicha uni maxsus predmet sifatida ajratmasdan alohida predmet
darslari o'tkazish va «gerdcha» — tabiiyotni o'quv rejasida maxsus predmet
sifatida ajratish 1917- yilgacha qaror topdi.
1917- yilda V.A. Gerdning «Boshlang'ich maktab kursida alohida predmet
sifatida tabiiyot* nomli kitobi nashr etilgan edi, unda muallif tabiiyotni
boshlang'ich maktabda maxsus predmet sifatida o'qitish zarurligini isbotlab
bergan.
M.N. Skatkin tabiiyot metodikasi bo'yicha XX asrning 50-yillarida nashr
etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o'quvchilarning tabiatshunoslikka oid
bilimlarni o'zlashtirishlariga ta'sir ko'rsatuvchi boshqa metodlar biian bir qatorda
kuzatish metodiga alohida urg'u berdi, uning yordamida tabiat to'g'risida aniq
tasawur va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U o'quvchilarning o'qituvchi
rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita tabiatda
mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil
kuzatishlar o'tkazish oldidan o'qituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va
metodikasini tushuntirib berishi kerak.
M.N. Skatkin o'z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari
ishlar tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o'rganishga oid mashg'ulotlarda
bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi.
Tabiatda, o'quv tajriba maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar o'tkazish
zarurligi to'g'risida P.A.Zavitayevning «Boshlang'ich maktabda tabiiyot bo'yicha
kuzatish va tajribalar» nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi.
Unda o`rganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tassavvurlarni
kitoblardan material o`qish bilan to`ldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi
kuzatish va tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi.
Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar o`tkazish metodikasini
yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi
nashr qilindi, unda 1 – 4 sinflarda ob – havoni kuzatish tizimi taklif qilingan.
Kuzatish natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya, tabiiyot
darslarida, maktab o`quv tajriba maydonidagi amaliy mashg`ulotlar jarayonida
foydalanish uslublari keltirilgan.
1 – 4 sinf o`quvchilari uchun “Kuzatish kundaliklari” 1959 yildan nashr
qilina boshlandi, uning muallifi V.A.Valerianova kundaliklarga o`quvchilarning
ob – havoni o`simlik va hayvonlar hayotidagi o`zgarishlarni, qishloq xo`jaligida
odamlarning mehnat faoliyatini muntazam ravishda kuzatishlarini tahlil qilishda
o`quvchiga yordam beruvchi qo`shimcha material vazifasini qo`ydi.
Tabiiyot metodikasi rivojiga mashhur metodist S.A.Pavlovich (1884 –
1976) katta hissa qo`shdi. Uning ishlari boshlang`ich maktabda tabiiyot darslari
metodik jihatdan to`g`ri tashkil qilishga yordam berdi. S.A.Pavlovichning
“Boshlang`ich maktabda tabiiyot o`qitish amaliyoti” (1939), “Jonsiz tabiat
to`g`risidagi tushunchalarni qanday o`qitish kerak?” (1948), “Tabiatshunoslik
bo`yicha kitob. Tabiatning asoslari va metodikasi” (1969) nomli kitoblari ancha
mashhur. S.A.Pavlovichning tabiiyot va tabiatshunoslik darslarini o`quv qurollari
bilan jihozlash to`g`risidagi asari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgan
emas.
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy o`zining “Yuragimni bolalarga
beraman” nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning o`zida o`rgatishni,
ularda hissiyot va hayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U o`qituvchi bolalarning
ruhiy dunyosini bilishni, ularning aqliy rivojlanishini, biliom olishga qiziqishlari
har hijatdan yordam berishi kerak, deb hisobladi. U tafakkurni rivojlantiruvchi
birinchi darsni tabiat quchog`ida o`tkazishni tavsiya qildi.
Suxomlinskiy bolalarni maktabda olti yoshdan boshlab o`qitish tarafdori
edi. Uning bolalarni o`qitishga tayyorlashda oila bilan maktabning aloqasiga
moslab ishlab chiqqan tizimi hozirgi zamon pedagogikasining ham yutug`idir.
1969 yilda Tabiatshunoslik 2 – va 3 – sinflarda mustaqil predmet sifatida
o`qitish boshlanda va faqat 1 – sinfda tabiatshunoslik materialidan o`qish va
nutqni rivojlantirish darslarida foydalanildi.
Umumta`lim va hunar maktablarining isloh qilishning asosiy yo`nalishlari
munosobati bilan tabiatshunoslikni o`qitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986
yildan e`tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab o`qitish boshlandi, maktabda o`qitish
muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1 – 2 sinflarda “Atrof olam bilan
tanishtirish” nomli yangi o`quv predmetini o`qitish imkoniyatini berdi, u 3 – 4
sinflarda “Tabiatshunoslik” fani sifatida o`tila boshladi.
Kursni o`rganish ikki yo`nalishda olib boriladi. Birinchisi, bolalarni
odamlarning ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirishni, xulq – atvor
madaniyatini tarbiyalashni nazarda tutadi. Yo`nalishning ikkinchisida, tabiat
bilan bevosita muloqotda bo`lish, tanishtirish, tabiat ob`ektlari va hodisalari
to`g`risida tasavvurlarni shakllantirish, tabiatga ma`suliyat bilan munosobatda
bo`lish, tabiatdagi hulq – atvor madaniyatini tarbiyalash, tabiat muhofazasida
baholi qudrat faoliyat tashkil qilish nazarda tutiladi. Tabiat bilan tanishtirish
ekskursiyalarda, o`quv sayrlarida, amaliy ishlarda kuzatishlar o`tkazish asosida
amalga oshiriladi. Tabiatni, unda sodir bo`layotgan o`zgarishlarni kunda kuzatib
borishni tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy
foydali ishlar, mehnat, o`yin) jarayonida odam mehnatini o`rganish ikki
yo`nalishni bog`lovchi vositadir.
1 – va 2 – sinf kursining mazmuni “Bizning uy va jonajon tabiat”, “Bizning
maktab va jonajon tabiat”, “Jonajon mamlakat” mavzularida ochib beriladi. Bu
mavzular asta sekin yaqindan uzoqqa borish bilan atrofimizdagi olam
to`g`risidagi tasavvurlarni to`plash, boyitish va tizimlashtirishga imkon beradi.
«Atrof olam bilan tanishtirish» predmeti boshlang`ich maktabning boshqa
predmetlari bilan chambarchas bog`liqdir. Tabiat va jamiyat hayotini odamlar
mehnatini kuzatish ana tili, mehnat ta`limi, tasviriy faoliyat, matematika kabi
predmetlarning o`quv materialini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Bu
darslarda, atrof olam bilan tanishtirish bo`yicha mashg`ulotlarda tabiat to`g`risida
o`quvchilar oladigan tasavvurlar kengaytiriladi va boyitiladi.
«Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomi hisoblangan
«Tabiatshunoslik» o'z ichiga tabiat fanlarining turli sohalarini qamrab oladi. 3—4
sinflarda tabiatshunoslikni o'rganish jonsiz tabiat bilan jonli tabiat bir butunlikni
tashkil qilishi, shuning uchun ham ular o'zaro uzviy bog'liq ekanligi to'g'risidagi
tasawur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ushbu qabul qilingan dasturlar va islohotlar qayd etib o'tilganidek,
respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillargacha amalda bo'ldi.
Dostları ilə paylaş: |