EPOKSID OLIGOMERLARINI QOTIRISH Epoksid oligomerlari, zichligi 1150-1210 kg/m
3
, och sariqdan jigarrang
rangigacha bo„lgan, atseton, toluol, benzol, dioksan, etilatsetat va boshqa
erituvchilarda yaxshi eriydigan va qotirgich qo„shilmasa ancha vaqtgacha o„z
xususiyatlarini yaxshi saqlab turadigan, qovushqoq termoplastik suyuqliklardir.
Epoksid oligomerlarini xarakterlaydigan kattaliklardan biri, uni qotirgich bilan
aralashtirilganidan keyin qotish tezligidir. Bu kattalik esa o„z navbatida oligomerni
qotirgich bilan aralashtirilganidan so„ng suyuq-oquvchan holatda bo„lish vaqti, ya‟ni
oligomerni ishlatishga yaroqlilik vaqti (yashash umri) bilan belgilanadi. Epoksid
oligomerlarining yana bir asosiy texnologik ko„rsatkichi bo„lib, ularni epoksid
ekvivalenti - grammlarda ko„rsatilgan, bir gramm-ekvivalent moddaning massasi
hisoblanadi.
Masalan, epoksid oligomerlarining har bir chiziqsimon zanjiri oxirida bittadan
epoksid guruhi bo„lsa, unda epoksid ekvivalenti, oligomer o„rtacha molekula
massasining 1/2 ga teng bo„ladi.
Keyingi texnologik kattalik, epoksid soni bo„lib, bu kattalik 100 g oligomer
tarkibidagi epoksid guruhlari soni bilan belgilanadi.
Epoksid oligomerlari ham, boshqa oligomerlar kabi, faqatgina to„rsimon holga
o„tganlaridagina (qotganlaridagina), kerakli texnik xususiyatlariga (mexanik
mustaxkamlik, dielektriklik xususiyatlari, kimyoviy ta‟sirlarga chidamlilik va b.)
erishadilar.
Hozirgi vaqtda epoksid oligomerlarini qotishiga olib keladigan qotirgichlarni
ta‟sir etish mexanizmiga qarab 2 ta katta guruxga bo„lish mumkin.
1) Tikuvchi qotirgichlar- qotirgich bilan epoksid oligomerlarini funksional
gruxlarini kimyoviy ta‟siri natijasida epoksid polimerlarini qotishga olib keladilar;
2)
Qotirgichlar - bu qotirgichlar ta‟siri ostida epoksid oligomerlarini qotishi,
ularni epoksid gruxlarini ochilib polimerlanish reaksiyasida qatnashishlari hisobiga
sodir bo„ladi.
Tikuvchi qotirgichlar sifatida ikkita va undan ortiq amino, karboksil, angidrid,
izotsionat gruxlari saqlovchi moddalar ishlatiladi.