Epoksid polimerlarini xossalari va ishlatilishi
Epoksid oligomerlari sanoatning ko„p sohalarida keng miqyosda ishlatiladi.
CHunki, epoksid polimerlari Yuqori fizik-mexanik, dielektrikli, issiq bardoshlik,
xususiyatlariga ega bo„lib turli materiallarga adgeziyasi yaxshi. Undan tashqari,
qotirilgan epoksid polimerlari nisbatan kam kirishish va agressiv muxitlarga
chidamliligi bilan ham ajralib turadi.
SHuning uchun ham epoksid polimerlari Yuqori mustahkamlikka ega bo„lgan
konstruksion material sifatida raketa va kosmik apparatlar yaratish texnikasida,
aviatsiyada, mashinasozlikda ko„plab ishlatiladi. Radioelektronika, elektrotexnika,
asbobsozlikda, elektr izolyasiyasi hamda germetiklar olishda ham epoksid polimerlari
ko„plab ishlatiladi. Epoksid kompozitsiyalarini izolyasiya va antifriksion qoplama,
polimerbetonlarni bog„lovchisi sifatida ishlatish katta samara beradi.
SHisha, keramika, yog„och, plastmassalar, metallar va boshqa materiallarga
adgeziyasi yaxshi bo„lganidan, epoksid oligomerlaridan turli xil elimlar lok va
buyoqlar ishlab chiqariladi.
Epoksid polimerlarini pardalari, Yuqori mexanik mustahkamlikka, atmosfera
va kimyoviy ta‟sirlarga chidamlilikka ega.
Epoksid oligomerlari shishaplasttiklar olishda ko„plab ishlatiladi. CHunki bu
oligomerlarni shisha Yuzasini ho„llash xususiyati ham yaxshi.
QAYTARISH UCHUN SAVOLLAR
1.
Epoksid oligomerlari qanday usullarda olinishi mumkin?
2.
Epoksid oligomerlarini xosil bo„lish reaksiyalari.
3.
Epoksid oligomerlarini ishlab chiqarishni uzlukli texnologik jarayoni.
4.
Epoksid oligomerlarini ishlab chiqarishni uzluksiz texnologik jarayoni.
5.
Epoksid oligomerlarini sovuqda qotirish va qotiruvchi qotirgichlari.
6.
Sovuqda qotirish reaksiyalarini yozib tushuntiring.
7.
Epoksid oligomerlarini issiqda qotirish qotirgichlari.
8.
Epoksid oligomerlarini issiqda qotish reaksiyalarini yozib tushuntiring.
9.
Epoksid oligomerlarining xossalari va ishlatilishi.
10.
Epoksid oligomerlaridan olinadigan shisha plastiklar va ularning xossalari.
Dostları ilə paylaş: |