Ma’ruza №3.
Mavzu: Puxtalik xaqidagi asosiy ma`lumotlar
Reja:
2.3.Buyumlarning xususiyatlari.
2.4.Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlarning
birgalikdagi solishtirma operativ ish hajmi .
2.3.Buyumlarning xususiyatlari.
Buyumlar puxtaligi ular sifatining eng muhim ko’rsatkichidir,
chunki
ekspluatatsiya mobaynida qurilmalarning turib qolishi va ayrim detallarining
almashtirilishi katta sarf harajatlarga olib keladi.
Puxtalik (ishonchlilik) – buyumning talab qilingan
vaqt mobaynida ishchi
parametrlarini saqlagan holda berilgan funksiyalarni bajara olish xususiyati.
Ishlash vaqti (narabotka) - buyumning ish hajmi yoki davomiyligi,
soatlarda yoki boshqa o’lcham birliklarida o’lchanadi.
Ishdan chiqmaslik (bezotkaznost) – buyumning majburiy turib qolishlarsiz
ma’lum bir ishlash vaqti mobaynida ish qobiliyatini saqlash xusisuyati.
Uzoq ishlash (dolgovechnost) – buyumga kerakli ta’mir
xizmati
ko’rsatilganda chegaraviy holatga yetguncha o’z ish qobiliyatini saqlab qolish
xususiyati.
Chegaraviy holat – buyumning asosiy texnik
parametrlari ruxsat etilgan
chegaralardan chiqib ketgani tufayli ekspluatatsiyani to’xtatish holati.
Ta’mirlanuvchanlik (remontoprigodnost) - buyumning nosozliklarini
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash orqali aniqlash
va bartaraf qilishga
moslashganligi.
Saqlanuvchanlik
(soxranyayemost)
–
buyumning
saqlash
va
transportirovka qilish mobaynida doim o’zining sozligini va ishlash qobiliyatini
saqlab qolish xususiyati.
Puxtalik ko’rsatkichlarining oshirilishi ishga yaroqsizlik
oqibatida vujudga
kelishi mimkin bo’lgan moddiy zararni kamaytiradi, ekspluatatsiya davomida unga
texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning sarf-xarajatlarini kamaytiradi. Shu bilan
birga puxtalik ko’rsatgichlari –
ishdan chiqmaslik, uzoq ishlash,