Kapital ta’mir deb, buyum sozligini va resursini to’liq tiklash uchun uning
qismlarini tiklash va almashtirish yordamida bajariladigan ta’mirga aytiladi.
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlarning birgalikdagi solishtirma
operativ ish hajmi – ta’mir siklidagi barcha ta’mirlash va texnik xizmat
ko’rsatishlarning ish hajmi yig’indisining kapital ta’mirgacha bo’lgan resursga
nisbati bilan aniqlanadi.
Mashina va jihozlarninng puxtaligini quyidagi konstruktiv va texnologik
usullar bilan oshiriladi: detallarning boshlang’ich optimal zazorlarini (tirqish)
ta’minlovchi o’lchamlari va formalari tanlanadi, moylarning xususiyatlari
yaxshilangan turlari ishlatiladi, ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli materiallar
tanlanadi, mashinalarning titrashini kamaytiriladi, issiqlik almashinish apparatlari
kompressorlarining ichki ishchi yuzalarining kerakli darajadagi tozaligi va
quruqligini ta’minlanadi, detallar yuzalarining yeyilishga chidamliligini termik va
kimyoviy-termik usullarda ishlov berib oshiriladi, issiqlik almashinish
apparatlarining korroziyaga chidamliligini oshiriladi va h.k.
Ekspluatatsiya davomida qurilmarning puxtaligini quyidagi usullar bilan
ta’minlanadi:
Texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirning an’anaviy tizimlarini qo’llaniladi,
qurilmalarni texnik hujjatlarda ko’rsatilmagan ish rejimlarida qo’llanilishiga yo’l
qoyilmaydi, qurilmalarni o’z vaqtida modernizatsiya qilinadi, doimo ishchi va
xizmatchilarning kvalifikatsiyasi oshirib boriladi va h.k.
Nazorat savollari.
1.Puxtalik qanday gruppalarga bо‘linadi?
2.Puxtalik nazariyasining asosiy tushunchalari va ta’riflarini tushuntirib
bering?
3.Texnologik mashina va jihozlarning qanday puxtalik kо‘rsatkichlari bor?
4.Ta’mir turlari haqida tushuncha bering?
Dostları ilə paylaş: |