Chin eritmalar kabi, kolloid eritmalarda ham osmotik bosim mavjud. U gaz bosimi kabi eritmalarning kolligativ xossasi hisoblanadi, ya`ni erkin harakatlanayotgan kolloid zarrachalarning sonigagina bog`liq.
Agar kolloid zarrachalarning hajmi va massasi quyi molekulyar moddalar molekulasining hajmi va massasidan birmuncha katta ekanligini hisobga olsak, unda bir xil konsentratsiyali kolloid va chin eritmaning ma`lum bir hajmida asl zarrachalar soni chin eritma zarrachalarining sonidan ancha kam bo`ladi. Shuning uchun ham chin eritmalarning osmotik bosimiga qaraganda kolloid eritmalarniki juda past bo`ladi.
Chin eritmalardagi kabi kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiq qilish mumkin. Kolloid eritmalar uchun Klapeyron-Mendeleev tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Chin eritmalardagi kabi kolloid eritmalarga ham gaz qonunlarini tatbiq qilish mumkin. Kolloid eritmalar uchun Klapeyron-Mendeleev tenglamasi quyidagicha yoziladi:
4. Donnanning membrana muvozanati
Odatda, chin eritmalarning osmotik bosimini o`lchashda devorlari yarim o`tkazuvchi pardadan iborat bo`lgan idishga eritma solinib, idish toza erituvchiga masalan, suvga solinadi.
Yarim o`tkazgich pardaning bir tomonida eritma, ikkinchi tomonida toza erituvchi bo`ladi, lekin kolloid eritmaning osmotik bosimini o`lchashni boshlagan vaqtda yarim o`tkazgich parda (membrana) ning bir tomonida bir yoki bir necha elektrolit eritmasi bo`ladi. Tajriba natijasida elektrolit membrananing ikkala tomoniga tarqala oladi. Shuning uchun kolloid eritmaning osmotik bosimi faqat kolloid zarrachalar konsentratsiyasigagina emas, balki elektrolitning yarim o`tkazgich pardaning ikki tomoniga qanday taqsimlanganligiga ham bog`liq. Agar elektrolit ikkala tomonga birdek taqsimlansa, kolloid eritmaning osmotik bosimi faqat kolloid zarrachalar konsentratsiyasiga bog`liq bo`ladi; bu holda elektrolit borligini nazarga olmaslik mumkin.