Ishga tushishdagi ishdan chiqishlar.- mashina ishlashining boshlang‟ich
davrida yuzaga keladi, asosan uning ishlab chiqaruvchi korxanada etarli
tekshirilmaganligidan paydo bo‟ladi. U ekspluatatsiyaning birinchi-ikkinchi oyida
yuqori ko‟rsatkichga ega bo‟ladi va keyingi oylarda to‟liq yo‟qoladi.
Tasodifiy ishdan chiqishlar- har xil yashirin defektlar sababli yuzaga
keladi, bu defektlarni mavjud tekshirish metodlari bilan bartaraf qilina olinmaydi.
Bu ishdan chiqishlar butun ekspluatatsiya davri mobaynida kichik, lekin doimiy
intensivlikga ega boladi.
Yeyilish tufayli ishdan chiqishlar- odatda bir necha yil ekspluatatsiya
qilingandan so‟ng yuzaga kela boshlaydi. Ekspluatatsiya ohiriga kelib bu ishdan
chiqishlarning intensivligi birdaniga oshadi va tezda 100%ga etadi. Bu xil ishdan
chiqishlarning yuzaga kelishi har xil sovitish mashinalari uchun turlichadir: 2-3
yildan to 15-20 yilgacha.
4.2.Tasodifiy kattaliklarning taqsimlanishi
Muhandislik topshiriqlarini yechishda, masalan, mashina va jixozlar
vositalari detallari, agregatlarini almashtirishga bo„lgan talabni aniqlashda yoki
ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni rejalashtirishda buyumlarning o„rtacha ishlash
muddatini (resursini) va ushbu o„rtacha miqdor atrofida ayrim resurslarning
qanday guruhlanishini bilish zarur. Shu sababli tasodifiy kattaliklarning
taqsimlanish qonunlarini bilish katta ahamiyatga ega
(4.1.)
bu yerda: p – nisbiy buzilishlar ulushi;
m – oraliqdagi buzilishlar soni;
N – kuzatuvdagi buyumlar soni.
N
m
p
Tasofidiy kattaliklarning taqsimlanish qonunlari buzilishlarning kelib
chiqish sabablariga bog„liq.
4.3.Ishdan chiqishlar intensivligi
Ishdan chiqishlar intensivligi - t-vaqt intervalidagi ishdan chiqishlar
sonining interval boshlangunicha soz holda qolgan buyumlar N(t) ga nisbatiga
teng.
(4.2)
Bu yerda
(4.3)
ishlash vaqtidagi ishdan chiqishlar sonining yig‟indisi.
chegarada xaqiqiy yoki ehtimoliy ishdan chiqishlar intensivligini
topamiz. Ishdan chiqishlar intensivligi ham, ishdan chiqishlar chastotasi kabi
vaqtning funksiyasidir.
(4.4)
Kichik sovitish mashinalari uchun hisobiy xizmat muddati 10-15 yilni
tashkil etadi. Puxtalikning o‟lcham birligi qilib bir yilda 100ta mashinaga to‟g‟ri
keladigan ishdan chiqishlar soni olingan λ%/yil.
i
i
i
i
i
t
t
m
N
m
t
t
N
m
)
(
)
(
t
i
i
t
m
t
m
1
0
)
(
0
i
t
dt
dm
t
m
N
t
)
(
1
)
(
|