Ma`ruza №5 cho‘zish. Tekis va chopqich bolg‘ALARDA cho‘zish cho‘zishdagi yordamchi jarayonlar. Bo‘lim jarayonlari. Rejasi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/3
tarix27.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#90313
1   2   3
5-маъруза

CHo’zishning asosiy qoidalari.
1.CHo’zish zagatovka uzunligi bo’yicha ,,odatda ,uning o’rtasidan boshlab asta-sekin olib boriladi.kalta zagatovkalarni cho’zish uchidan boshlanadi.Quymani cho’zishda bolg’alash o’rtasidan boshlanadi,bunda zagatovkagi nuqsonlar quymani kesib tashlanadigan yuqori va eng pastki qismiga siqib chiqariladi.
2. Zagatovkaning bir tomoniga bir necha marta urilgandan so’ng u 900ga aylantirilib,usha tomondan bolg’alanadi,shundan keyin zagatovka yana birinchi holatga keltiriladi va xk.
3.Bolg’a ostida bolg’alanganda zagatovka quyi sirtlarga tegib turganligi bois yuqori tomoniga nisbatan tezroq soviydi,chunki, metallning yuqori qismi bolg’a faqa urilganda tegadi,past qismi esa bolg’alashning butun davomida metallag tegib turadi.
4.Zagatovkaning pastki va yuqoriga qismi bir meyorda sovimasligi bir tomolnga qiyshayishiga olib kelishi mumkin.SHuning uchun zagatovkani muvozanatini buzmagan xolda 900 ga aylantirish mumkin emas.Bunday xollarda zagatovka 1800 ga aylantiriladi.,ya’ni ikkinchi qarama-qarshi tomoni bilan quyiladi va cho’zish davom etiriladi.,bunday qilinganda zagatovka to’g’rilanadi,shundan keyign zagatovka 900 ga aylantirilib ,bolg’0a bilan uning yon tomoniga uriladi..
5.Metallni to’la cho’zish uchun uni butun uzunligi bo’yicha bolg’alash temperaturasigacha qizirish kerak. . Yirik detallarni bolg’alashda to’la cho’zish qismlarga bo’lib o’tkaziladi.Uning qismlarini qizdirish navbatma-navbat o’tkaziladi,avvlo uning bir uchi,keyin esa ikkinchi uchi qizdirib cho’ziladi va xakozo.Agar metallning bir yerini cho’zish kerak bo’lsa,uning o’sha yeri qizdiriladi.
6.Bilyutirovkani yoriqlar xosil bo’lishini oldini olish maqsadida boshlang’ich xolda 20...60 mm o’lchamda qisiladi.Qisishda hosil bo’lgan bolg’a ostidagi defektlar kattalashishi mumkin.
Legirlangan po’latlar va qotishmalar uchun deformatsiyalanish darajasini xolat diagrammadan olinadi.
7.Pakovkaning qisiluvchi qismida kichik va birlamchi donlarni olish uchun deformatsiyalanish darajasi zagatovka balandligiga nisbatan 15...20 % dan katta bo’lishi lozim. Metallni zarb bilan urib cho’zish kerak.bunday qilinganda urish kuchi metallning ichiga kirib boradi ,uning donlari butun kesim bo’yicha maydalanadi.Sekin urishda metallning faqat uski qatlamigina deformatsiyalanadi,ichki qatlami esa yetarli darajada cho’zilmaydi.Buning natijasida metallning ichki qatlami bilan tashqi qatlami o’rtasida kuchlanish xosil bo’lishi mumkin ,bu esa yorilishga sabab bo’ladi.
8.Nisbiy surish ko’rsatkichi qabul qilinadi.Ko’ndalang egilishdan qochish maqsadida zagatovka balandligi va kengligi orasidagi bog’lanish(o’tishlar koefitsienti φ)2...2.5 oraliqdan ko’paymasligi kerak.
9.Yirik bo’lgan zagatovkaldarni cho’zishda zagatovka ishchi tomoniga nisbatan tortiladi.Engil va kichik o’lchamli zagatovkalar uchun o’zigatortish maqsadga muvofiq.
10.Uzun tsilindrik pakovkalarni bolg’alash uchun mexnat unumdoligini 20..40% ga oshirish maqsadida keksuvchi balkalardan foydalaniladi.
NAZORAT SAVILLARI:
1. Metallarni cho’zish usullari.
2. Yassi balkalarda cho’zishda shakl o’zgarishi turlari.
3. Kesishgan balkalarda cho’zish usullari va dastgohlari.
4. CHo’zishning asosiy qoidalariga nimalar kiradi.
Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin