Ma’ruza-5 Ochiq tizimlarning o’zaro birgalikda ishlash modeli osi. Interfeys va protokol tushunchalari. Reja


Interfeyslar ikki turga fizik va mantiqiy turlarga ajratiladi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#147073
1   2   3   4   5
5-маъруза (6)

Interfeyslar ikki turga fizik va mantiqiy turlarga ajratiladi. 
Fizik interfeys
 
(port deb nomlanuvchi) — elektrik aloqa va signallar
xarakteristikalarni to’plami bilan aniqlanadi. Odatda u har biri ma’lum vazifaga
ega kontaktlar yig’indisidan iborat, masalan ma’lumotlar uzatish uchun 
ajraladigan kontaktlar guruhi, ma’lumotlarni sinxronizatsiyalash kontakti va 
boshqalar. Juft ajraladiganlar har biri ma’lum kontaktlarni bog’lovchi simlar
to’plamidan iborat kabellar bilan bog’lanadi. Bunday vaziyatda kanallar yoki
liniyalarni yaratish, ikki uskuna orasidagi aloqa haqida gapiriladi. 
Mantiqiy interfeys
 
(shuningdek 
protokol 
deb yuritiladi

— ikki qurilma
yoki ikki dastur almashuvchi ma’lum formatdagi axborot xabarlari yig’indisi, 
shuningdek ushbu xabarlar almashish mantiqini aniqlab beruvchi qoidalar
yig’indisidir. 
Kompyuter-kompyuter interfeysi
 
ikki kompyuterga ma’lumot almashinish
imkonini beradi. Har bir tomondan u juft bo’lib amalga oshiriladi: 

tarmoq adapteri deb nomlanuvchi apparat moduli, yoki tarmoq interfeys
kartasi (Network Interface Card, NIC); 

tarmoq interfeys kartasi drayveri — tarmoq interfeys kartasi ishini
boshqaruvchi maxsus dastur. 
Tarmoq adapteri (Network Interface Card, NIC) – ona (materinskaya) plata 
slotlaridan birining tizim bloki ichiga o’rnatiluvchi maxsus plata. Asosiy
funktsiyasi – tarmoqda axborotlarni qabul qilish va uzatish. 8.1 –rasmda
tarmoq adapterining Internetga ulangandagi funktsiyasi, tarmoq adapterining 
xostning boshqa komponentlari bilan aloqasi va TCP/IP protokollari o’tish
funktsionalligi misolida keltirilgan.
5.4-rasm. Internetga ulanganda tarmoq adapteri funktsiyalari. 
Interfeys kompyuter-periferiya qurilmasi 
(masalan, interfeys kompyuter-
printer) kompyuterga periferiya qurilmasi ishini boshqarish imkonini beradi. Bu 
interfeys quyidagilarni amalga oshiradi: 

kompyuter tomonidan – interfeys kartasi va tarmoq interfeys kartasi va uning
drayverlariga xos periferiya qurilmasi drayveri(printer); 



periferiya qurilmasi tomonidan – periferiya qurilmasi tomonidan(printer), 
odatda
ma’lumotlar
sifatida kompyuterdan qabul qiluvchi apparat qurilma
ko’rinishida, masalan qog’ozda bosmadan chiqarish uchun axborot baytlari, 
shuningdek periferiya qurilmalari elektromexanik qismlarini boshqarib ishlab
chiquvchi 
komandalar, 
masalan printerdan qog’ozni itarib chiqarib yoki 
diskning magnit golovkasini o’rnini o’zgartirib.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin