Maruza: 5 tаshqi kuchlаr. Ichki kuch vа kuchlаnish, kеsimlаr usuli. Fanining asosiy tushunchalari. Reja


Muҳandislik tuzilmalari qismlarining ҳisob sxemalari



Yüklə 114,54 Kb.
səhifə3/9
tarix02.01.2022
ölçüsü114,54 Kb.
#44080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 (2)

1.2. Muҳandislik tuzilmalari qismlarining ҳisob sxemalari

Murakkab shaklli muҳandislik tuzilmalarining elementlarini sxemalashtirib, oddiy shaklli jismlar ko’rinishiga keltiriladi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

1. Brus - ko’ndalang kesimining ikki o’lchamlari uchinchi o’lchami (uzunligi) ga nisbatan ancha yuqori tartibda katta jism. Bruslar to’gri va egri o’qli bo’ladilar. Ko’ndalang kesimlar ogirlik markazlarining brus uzunligi bo’ylab geometrik o’rni brus o’qini tashkil qiladi. (1.1-shakl)

1.1 - shakl

Agar brus cho’zilish yoki siqilishga ishlasa - sterjen, buralishga ishlasa - val, egilishga ishlasa – balka to’sin deb yuritiladi.

2. Plastinka - ikkita tekis sirt bilan chegaralangan jism bo’lib, tekis sirtlar orasidagi masofa, ya’ni jism qalinligi, boshqa ikki o’lchamlariga nisbatan ko’p marta kichikdir.(1.2-shakl)



1.2 - shakl

3. Qobiq - ikkita egri sirt bilan chegaralangan jism bo’lib, uning qalinligi, ya’ni sirtlar orasidagi masofa qolgan ikki o’lchamiga nisbatan ko’p marta kichikdir. (1.3-shakl)

1.3 - shakl

4. Massiv (vazmin jism) - uchala o’lchami bir xil tartibda bo’lgan jism. (1.4-shakl)

1.4 - shakl

5. Sterjenlarni sharnirlar yordamida tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o’zgarmas sistema ferma deb yuritiladi. Fermani tashkil qiluvchi sterjenlar faqat cho’zilish - siqilishga ishlaydi.

6. Bruslarni bikr qilib tutashtirib tuzilgan shakli geometrik o’zgarmas sistema rama deyiladi.




Yüklə 114,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin