Maruza: 5 tаshqi kuchlаr. Ichki kuch vа kuchlаnish, kеsimlаr usuli. Fanining asosiy tushunchalari. Reja



Yüklə 114,54 Kb.
səhifə2/9
tarix02.01.2022
ölçüsü114,54 Kb.
#44080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 (2)

1.1. « Amaliy » fani haqida asosiy

tushunchalar
« Amaliy mexanika» fani umummuҳandislik fani ҳisoblanib, konstrukstiyalar (tuzilmalar), inshootlar, mashina va mexanizmlar qismlarini mustaҳkamlikka, bikrlikka va ustvorlikka ҳisoblash usullarini o’rgatadi.

Mustaҳkamlik - yuqoridagilarning tashqi kuchlar ta’sirida emirilishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.

Ma’lumki, tabiatda absolyut qattiq, ya’ni deformastiyalanmaydigan va emirilmaydigan jismlar mavjud emas. Masalan, ogirligi 75 kg bo’lgan kishi oddiy qurilish gishtini bossa, uning balandligi 1/20.000 sm ga kamayadi. Bunda gishtning ikki qo’shni atomi bir - biriga taxminan 1/500000 Å (angstrem) ga yaqinlashadi (210-14 sm). Ma’lumki, 1 A=1/10000 mikron=110-8 sm.

Shotlandiyadagi Fort ko’rfazidagi uzunligi 3 km bo’lgan osma ko’prikni tutib turuvchi po’lat arqonlarning doimiy deformastiyasi taxminan 0,1 prostentni, ya’ni 3 m ni tashkil qiladi. Yuklanmagan ҳolda po’lat atomlari orasidagi masofa deyarli 2Å ni tashkil qilsa, bunda ular taxminan 2/1000 Å ga uzoqlashadilar.

Muҳandislik tuzilmalarining me’yoriy ishlashlarini ta’minlash uchun ularning qismlarining deformastiyasini, ya’ni tashqi kuchlar ta’sirida shakl va o’lchamlarining o’zgarishini, chegaralash zarur bo’ladi.



Bikrlik - muҳandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida deformastiyalanishga qarshilik ko’rsatish qobiliyatidir.

Muҳandislik tuzilmalari qismlarining tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining dastlabki muvozanat ҳolatlarini saqlash qobiliyatlari ustivorlik deyiladi. Tuzilma qismining tashqi kuchlar ta’sirida o’zining dastlabki muvozanat shaklini va deformastiyalanish tarzini sifatan o’zgartirmasligi uning me’yoriy ishlashida niҳoyatda muҳimdir.

Muҳandislik tuzilmalariga qo’yiladigan mustaҳkamlik, bikrlik va ustvorlik talablari iqtisodiy talablar bilan ziddiyatli echimlarga ega. Chunki, birinchi uchta talablarni qondirish uchun materialni ko’proq sarflash talab qilinsa, iqtisodiy talablar xarajatlarni kamaytirish uchun material sarfini kamaytirishni nazarda tutadi. «Materiallar qarshiligi» ҳisob usullari yordamida bu ziddiyatli talablar kesishuvli echimlarga keltiriladi.

«Materiallar qarshiligi» faniga oid dastlabki ishlarni tarixda 1638 yildagi G. Galiley (Italiyaning Padue shaҳridagi o’quv yurtining matematika professori) ishlari bilan boglashadi. Ba’zi manbalarda italyan olimi Leonardo Da Vinchi (1452-1519) ҳam ba’zi ҳisoblarni bajarganligi ko’rsatiladi. Fanning vujudga kelishi va rivojlanishiga R. Guk, E. Mariott, Dyugamelp, Sh. Kulon, Ya. Bernulli, T. Yung, O. Koshi, A. Sen-Venan, O. Mor, L. Eyler, D.Juravskiy, F. Yasinskiy, S. Timoshenko, A. Belyaev, S. Ponomarev, V. Feodospev, o’zbek olimlaridan M. O’razboev, X. Raxmatullin, K. Mansurov, T. Rashidov, Q. Abdurashidov va boshqalarning tadqiqotlari va yaratgan adabiyotlari katta aҳamiyatli bo’ldi.

Materiallar qarshiligidan dastlabki kitob Franstiyada 1826 yilda nashr qilindi.

Ayni paytda ҳam ushbu fanning ҳal qilishi zarur bo’lgan masalalarining etarliligini ta’kidlash lozim.

Bu fan o’z masalalarini boshqa fanlarga asoslanib, ular bilan uzviy aloqada ҳal qiladi. Materiallar qarshiligi fani, ayniqsa, nazariy mexanika fani bilan bogliq. Shu bilan birga ular orasida ba’zi masalalarga turlicha yondoshish ҳam mavjud. Masalan, nazariy mexanika jismlarni absolyut qattiq deb ҳisoblasa, materiallar qarshiligi fanida ularning deformastiyalanishlari ҳam nazarda tutiladi. Ushbu asosiy ziddiyat oqibatida nazariy mexanikaning to’plangan kuchni ta’sir chizigi bo’yicha, juft kuchni o’z ta’sir tekisligida ko’chirish qoidalarini deformastiyalanuvchi jismlar mexanikasida qo’llab bo’lmaydi.


Yüklə 114,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin