1.3. Fanda qabul qilingan asosiy faraz va cheklanishlar
«Materiallar qarshiligi» usullarida bajarilayotgan ҳisoblarda ko’rilayotgan jismlarning barcha xususiyatlarini nazarda tutib bo’lmaydi. Ҳisob usullari sodda va ҳisoblarda qo’llanilishi qulay bo’lishlari lozim. Ular etarli aniqlikda va tuzilmaga qo’yiladigan asosiy talablarni qanoatlantiridigan bo’lishlari zarur.
Shu maqsadlarda quyidagi asosiy umumiy farazlar nazarda tutiladi.
1 - faraz. Jism materialining tuzilishi uzluksiz. Bunda jismning atom tuzilishi ҳisobga olinmaydi, material jism ҳajmini bo’shliqlarsiz to’ldiradi deb qaraladi.
2 - faraz. Jism materiali bir jinsli va izotrop, ya’ni jismning xususiyatlari uning barcha nuqtalarida va yo’nalishlarida bir xil.
3 - faraz. Jismga tashqi kuch qo’yilgunga qadar uning tashkil qiluvchilari orasida o’zaro ta’sir kuchlari bo’lmaydi (zo’riqmaganlik).
4 - faraz. Kuchlar ta’sirining mustaqillik qoidasi (prinstipi). Bu farazga ko’ra kuchlar tizimining jismga ta’sirlarining umumiy natijasi ҳar qaysi kuchning aloҳida - aloҳida ta’sirlari natijalarining yigindisiga teng.
Dostları ilə paylaş: |