Maruza: 5 tаshqi kuchlаr. Ichki kuch vа kuchlаnish, kеsimlаr usuli. Fanining asosiy tushunchalari. Reja



Yüklə 114,54 Kb.
səhifə5/9
tarix02.01.2022
ölçüsü114,54 Kb.
#44080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 (2)

5-faraz.Sen-Venan qoidasi (prinstpi). Bu farazga ko’ra tashqi kuchlarning qo’yilish nuqtalaridan etarlicha uzoqlikda joylashgan nuqtalardagi ichki kuchlarning xarakteri bu kuchlarning ta’sir usuliga bogliq emas. Bu farazga asoslanib, kichik yuzalardagi taqsimlangan kuchlarni, ҳisoblarni soddalashtirish maqsadlarida, to’plangan kuch bilan almashtirish mumkin.

Ushbu asosiy umumiy farazlardan boshqa cheklanishlar fanning tegishli bo’limlarida ko’rsatiladi.



2.1. Tashqi kuchlar va ularning klassifikastiyasi

Muҳandislik tuzilmalarining qismlari ish jarayonida tashqi ta’sirni kuch ko’rinishida qabul qiladilar va ularni bir - birlariga uzatadilar. Tashqi kuchlar eng avvalo qo’yilish shartiga ko’ra ҳajmiy va sirtqi turlarga bo’linadi. Ҳajmiy kuchlar jismning barcha tashkil qiluvchi zarralariga ta’sir qiladi (jismning ogirlik kuchi, inerstiya kuchlari, magnit ta’siri).

Sirtqi kuchlar jismlarga qo’shni jismning tegib turgan sirti orqali uzatiladi. Sirtqi kuchlar to’plangan va taqsimlangan bo’lishlari mumkin. To’plangan kuch jismning juda kichik yuzasiga qo’yilib, ҳisoblarni engillashtirish maqsadida nuqta orqali ta’sir qiladi deb ҳisoblanadi.

Uzunlik yoki yuzaga uzluksiz qo’yilgan kuch taqsimlangan kuchdir. Ularning asosiy ta’rifi uning jadalligi (intensivligi) ҳisoblanadi Taqsimlangan kuchlar tekistaqsimlangan yoki tekistaqsimlanmagan bo’lishi mumkin.

Tashqi kuchlar vaqt bo’yicha o’zgarish tarziga ko’ra statik va dinamik kuchlarga bo’linadi.

Jismga asta - sekin qo’yiladigan, jismni tebratmagan ҳolda noldan eng yuqori qiymatigacha o’sib borib, keyin o’zgarmay qoladigan yoki sezilarsiz o’zgaradigan kuch statik kuchdir. Uning yorqin misoli sifatida tomga yoqqan qor ogirligini keltirish mumkin.

Vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan, jismning tezlanishlari va tebranishlariga sabab bo’ladigan kuchlar dinamik kuchlardir. Bunga zarb ta’sirni, bexosdan qo’yilgan kuchni misol qilib ko’rsatish mumkin. Umuman dinamik kuch statik kuchdan ma’lum tezlanishda qo’yilishi bilan farqlanadi. Bu esa o’z navbatida ancha katta qiymatlarda inerstiya kuchlarining ҳosil bo’lishiga sabab bo’ladi.

Tashqi kuchlar, bulardan tashqari doimiy (ko’prikning xususiy ogirligi) va vaqtinchalik (ko’prikdan o’tayotgan poezd ogirligi), shuningdek, stiklik (davriy o’zgaruvchi yoki takrorlanuvchi o’zgaruvchi) bo’lishi mumkin.




Yüklə 114,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin